Tayanch iboralar
Arxivlarni komplektlash – arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish
Arxivlarni yangi hujjatlar
bilan to’ldirish – davlat arxivlari fondlariga muntazam ravishda yangi hujjatlarni qabul qilish
Arxivlarni to’ldirish
manbalari – davlar arxivlariga yangi hujjatlar yuboradigan idoraviy arxivlar, shaxsiy arxivlar, muzey va kutubxonalarning qo’lyozmalar fondlari
Markaziy (respublika)
ahamiyatiga molik
fondlar – markaziy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hujjatlari saqlanadigan arxiv fondlari
Mahalliy ahamiyatga
molik fondlar – viloyat, shahar, tuman va qishloqlar miqyosida faoliyat olib borgan tashkilot va muassasalar hujjatlari saqlanadigan fondlar
Arxiv hujjatlarini
depozitar saqlash – ularni hujjat egasi bilan arxiv, muzey, kutubxona o’rtasidagi kelishuv (shartnoma) bo’yicha belgilangan shartlar asosida mulkdorning arxiv hujjatlariga nisbatan mulk huquqini saqlab qolgan holda arxivda, muzeyda, kutubxonada saqlash.
Nazorat savollari
«Arxivlarni komplektlash» degan tushunchani izohlab bering.
Davlat va idoraviy arxivlar qanday yo’l bilan to’ldirib boriladi?
Qaysi arxivlarda hujjatlar vaqtincha saqlanadi?
Davlat arxivlarini komplektlashdan asosiy maqsad nima?
DAF hujjatlari qanday yo’llar bilan markaziy va viloyat arxiv-lariga taqsimlanadi?
Qanday hujjatlar (fondlar) markaziy ahamiyatga, qaysilari esa mahalliy ahamiyatga molik hujjatlar hisoblanadi?
Davlat arxivlarini to’ldiruvchi asosiy manbalarni sanab o’ting.
Istiqlolchilik harakatining atoqli arboblaridan biri Shermuhammadbek xorijga o’zi bilan bir qancha hujjatlarni olib ketganligi ehtimoldan holi emas. Hozirgi kunda bu hujjatlar uning xorijdagi farzandlari yoki boshqa qarindoshlarining shaxsiy arxivlarida saqlanishi mumkin. Tasavvur qiling, O’zbekiston hukumati Sizga bu hujjatlarni respublikaga qaytarish vazifasini topshirdi. Siz vazifani bajarish uchun nima qilasiz?
Davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan to’ldirish ishlariga qaysi mutasaddi tashkilotlar rahbarlik qiladi?
Fuqarolarning shaxsiy arxivlarida saqlanayotgan hujjatlar qanday tartibda davlat arxiviga olinishi mumkin?
Manbalar va adabiyotlar
Alimov I va b. Arxivshunoslik. O’quv qo’lanma. Toshkent, 1997.
Teoriya i praktika arxivnogo dela v SSSR. Moskva, 1980.
Arxivlar to’g’risida: O’zbekiston Respublikasining 1999 yil 15 aprelp Qonuni // O’zbekistonning yangi qonunlari. 21-son. –Toshkent, 1999.
Do'stlaringiz bilan baham: |