Arxiv hujjatlarini nashr etishga tayyorlashArxiv hujjati e’lon qilish uchun tanlab olingandan keyin komppyuterda uning nusxasi tayyorlanadi. Uni chop etishga tayyorlash jarayonida arxiv hujjatida mavjud bo’lgan imlo xatolari to’g’rilanadi, qisqartirib yozilgan so’zlar kvadrat qavs ichida to’la yoziladi. Bu ishdagi asosiy talab arxiv hujjati mazmunining o’zgarmasligidir. Hujjatlarda rezolyusiya va har xil belgilar bo’lsa, ular tushirib qoldirilmaydi, hujjatning asosiy matnidan keyin beriladi.
Hujjatning oxirida imzo bo’ladi. Imzoni o’qib, uning egasi ism-sharifini aniqlab yozib qo’yish lozim. Mabodo uni o’qishning iloji bo’lmasa, «imzo» so’zi yozilib, imzoning egasi ism-sharifini o’qib bo’lmaganligi haqida izox berib o’tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |