3- Mavzu: Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida Turkistonda arxiv ishi
Reja:
Mustamlaka Turkiston idoraviy arxivlarining vujudga kelish
Chorizm hukmronligi davrida Turkistondagi arxivlarning ahvoli
Mustamlaka Turkistonda idoraviy arxivlarning vujudga kelishiXIX asrning ikkinchi yarmida chor Rossiyasi O’rta Osiyoni bosib oldi va uni o’z mustamlakasiga aylantirdi. O’lkada Rossiya boshqaruv tizimi joriy qilindi. Yangi bosib olingan hududlarda Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. Turkiston o’lkasi qo’shinlari qo’mondoni va general-gubernator etib K. P. Kaufman tayinlandi. Viloyatlarni harbiy gubernatorlar boshqarardi. Uyezdlarda esa ularga bo’ysungan boshliqlar tayinlanardi. Mahalliy boshqaruv volostp boshqaruvchisi, qozilar, mingboshilar, oqsoqollar qo’lida edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |