Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti arxiv ishini o‘rganuvchi fan sifatida Reja: Kirish. Arxiv tushunchasi


O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi boshqaruvini takomillashtirish to‘g‘risida”



Download 0,58 Mb.
bet7/7
Sana06.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#749656
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti arxiv ishini o

O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi boshqaruvini takomillashtirish to‘g‘risida” O‘zR VM 2004-yil 3-fevraldagi 49-son qarorida O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarish tizimiga oid o‘zgarishlar aks etgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi “Respublika davlat boshqaruvi tizimini takomillashtiri to‘g‘risida”gi № PQ-3358-son Qaroriga muvofiq arxiv ishini boshqarish sohasini yanada takomillashtirish, arxivlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Arxivlar bosh boshqarmasi (O‘zbosharxiv) O‘zR VM huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi sifatida qayta tashkil qilinishi to‘g‘risida 49-son qarorning 1-bandida qayd etilgan. Mazkur qarorning 2-bandida agentlikning asosiy vazifalari belgilab berilgan. “O‘zarxiv” agentligi bosh direktori va besh a’zodan iborat kollegiyasi haqida mazkur qarorning 5-bandida yozilgan. 49-son qarorning 1-ilovasida agentlikning tashkiliy tarkibi xususida ko‘rsatmalar berilgan. Qarorning 4-ilovasida “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berilgan. Jumladan, ushbu ilovada “O‘zarxiv” agentligi to‘g‘risida Nizom keltirilgan bo‘lib, u to‘rt qism, o‘n etti banddan iborat. Birinchi qismda Umumiy qoidalar keltirilgan bo‘lib, Agentlikning maqomi, vazifalari, vakolatlari, tashkiliy asoslari, tarkibi, faoliyati aniqlab berilgan. Nizomga ko‘ra “O‘zarxiv” agentligi tarkibiga arxiv ishi bo‘yicha respublikadagi hududiy boshqarmalar, davlat arxivlari va ularning filiallari kiradi; u respublikada arxiv sohasini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanib, bevosita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi; arxiv ishiga oid xalqaro tashkilotlarda respublika nomidan qatnashadi. Ikkinchi qismda Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari sanab o‘tilgan. Asosiy vazifalar jumlasiga arxiv ishi va arxivlarda ish yuritilishini amaliy tashkillashtirish hamda nazoratga olish, Miliiy arxiv fondi hujjatlarini saqlash, ro‘yxatga olish hamda ulardan foydalanish jarayonlarni tashkillashtirish, davlat arxivlarini boshqarish, arxivlarda ilmiy va uslubiy ishlarni yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirish, arxiv sohasida erishilgan yutuqlarni faoliyatga tadbiq etish, xorijda arxiv sohasiga oid tajribadan samarali foydalanishni tashkil qilish kiritilgan. “O‘zarxiv” agentligining faoliyati bilan bog‘liq asosiy funksiyalari qatorida quyidagilar belgilangan: arxiv ishini rivojlantiri va arxivlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va tadbiq etish, Milliy arxiv fondi hujjatlarini butlash, qayd qilish, saqlash va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha huquqiy-me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish, arxiv sohasini boshqarish bo‘yicha faoliyat yuritish, arxiv ishida yuridik hamda jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarni muvofiqlashtirish, arxiv hujjatlari qimmatliligi ekspertizasini tashkil etish, arxiv tashkilotlariga guvohnomalar berish, arxivlarda ko‘rsatiladigan bepul va pullik xizmatlariga doir ko‘rsatmalar ishlab chiqish, idoraviy arxivlar tizimini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni qatnashish, nodavlat arxivlarini hujjatlarini butlash, saqlash ishlariga yordam ko‘rsatish, arxiv sohasi mutaxassislarining malakasini oshirishni tashkil qilish, o‘rta va oliy o‘quv yurtlariga arxiv ishi hamda ish yuritish sohalari mutaxassislarni ta’minlashda ko‘maklashish, elektron hujjatlar bilan ishlashni jarayonlarini takomillashtirish. Uchinchi qismda “O‘zarxiv” agentligining huquqlari va javobgarligi belgilab berilgan. Xususan, Agentlik o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tarzda huquqiy-me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish va tasdiqlash, arxiv hujjatlarining holati to‘g‘risidagi hisobotlarni qabul qilish, Milliy arxiv fondi davlat katalogini tuzish uchun zarur ma’lumotlarni qo‘lga kiritish, yangi tashkil topgan yoki tugatilgan tashkilotlar to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘lish, arxiv ishi va yuritilishi masalalari bo‘yicha komissiyalar tashkil qilish, xalqaro tashkilotlar bilan arxiv sohasida aloqalar o‘rnatish, joylardagi arxivlarga tashrif buyurish huquqiga ega. Nizomning 10-bandiga ko‘ra Agentlik quyidagi majburiyatlar uchun javobgar va mas’ul hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondini shakllantirish, Miliy arxiv fondi davlat katalogini yuritish, reespublika davlat arxivlarida saqlanadigan hujjatlarning saqlanishini ta’minlash, arxiv hujjatlaridan davlat, jamiyat, fuqarolar manfaatlari uchun foydalanishni yo‘lga qo‘yish, arxiv ishi bo‘yicha hududiy boshqarmalar faoliyatini tashkillashtirish. To‘rtinchi qismda Agentlik faoliyatini tashkil etilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar yozilgan bo‘lib, direktor va uning o‘rinbosari, hududiy boshqarmalari boshliqlari, kollegiya va uning vakolatlari, ilmiy kengashga doir qoidalari, Agentlik va uning hududiy boshqarmalarini moliyalashtirish masalalari, uni tashkil qilish va tugatish to‘g‘risida ma’lumotlar o‘rin olgan. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2004-yil 3-fevralda qabul qilingan 49-son qarori arxiv sohasi boshqaruviga bevosita taalluqli bo‘lib, yangi tashkil qilingan boshqaruv organi – “O‘zarxiv” agentligi faoliyatiga doir zarur ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan, ayni vaqtda u respublika arxiv sohasi tizimini tashkillashtirish, boshqarish, tartibga solish va rivojlantirish bo‘yicha muhim huquqiy-me’yoriy hujjat hisoblanadi.

Hulosa
Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish