Topshiriqning mazmuni va tarkibi
Qurilish uchastkasi (maydoni): MK uchastkasini qizil chiziqqa tegishli bo’lgan ko’chalardan kamida 25m masofada 2 ta yuzaga ega bo’lgan maydonni, eng yaxshisi yashash mikrorayoni yoki yashash massivi ichida o’quvchilarning piyoda qatnashini hisobga olgan holda 1000 m li radiusga ega bo’lgan maydonni qabul qilish tavsiya etiladi. Tanlangan yer uchastkasining 25% ni egallaydigan MK binosidan tashqari uchastka umumiy maydoniga quyidagi rejaviy zonalarning: o’quv – tajriba zonasi – 20%, sport zonasi – 30%, dam olish zonasi – 15%, xo’jalik zonasining – 10% da kiritilishi ko’zda tutilmog’i lozim. Uchastkada boshlang’ich sinf (I – IV sinflar) larning har biri uchun 100m2 dan va yuqori sinf (V – IX) larning har biri uchun 25m2 dan to’g’ri keladigan harakatlanadigan o’yinlar uchun maydonchalarning joylashtirilishi talab etiladi. Xo’jalik zonasi oshxona ovqatlanish blokining texnologik yuklanish tomoni lokalli kirishga ega bo’lgan holda joylashtirilishi talab etiladi. 90x140m li o’lchamlarga ega bo’lgan sport yadrosi sportzal atrofiga joylashtirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. MK siga bosh kirish joyi tomonidan avan – maydonni tashkil etish bilan maktab binosi atrofida eni 3,0m bo’lgan aylanma yurish yo’lini ko’zda tutish lozim. Qolgan hudud ko’kalamzorlashtiriladi va suv oqimini aylanma harakatlanishi bilan yanada ko’rkamlashtiriladi. Uchastka bo’yicha texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlar quyidagi maydonlarning jami maydonga nisbatan bo’lgan ulushlari m2 da va foizlarda balans jadvali ko’rinishida ifodalanadi: a) qurilish maydoni; b) xo’jalik hovlisi va asfaltbetonli yo’llarning egallagan maydoni; v) ochiq havo ostida joylashgan tuproq – qumli o’yin va dam olish maydonchalarining egallagan maydoni; g) sport yadrosiga ajratilgan maydon; d) yashil va ko’kalamzorlashtirilgan maydon.
Binoning turi (tipi) va undagi qavatlar soni: MK tipologiya bo’yicha atrofdagi yashash binolaridan piyoda yurish bilan yetib boradigan zonadagi seliteb hududda joylashishi bilan aholiga kundalik xizmat ko’rsatish binolariga tegishlidir. MK ning ko’p funksiyali xarakterda bo’lganligi va boshlang’ich hamda o’rta ta’lim maktabida bepul ta’lim berilishining konstutision majburiyligiga asosan boshlang’ich sinflar (I – IV) uchun yerning ustki qismida ikki qavatli, yuqori sinflar uchun uch qavatli maktab binosi qurilishiga tavsiya beriladi, bunda binoning hajmiy – fazoviy markazlashgan (sentrik) yoki blokli kompozisiyasi tasviriy xarakterda bo’lishi va uning tanlanishi, sinf xonalarining va kabinetlarning Sharq (Sh), Janubiy Sharq (JSh), Janubga (J) qaratib optimal oriyentasiya qilinishi va tabiiy yorug’lik asosiy oqimiga e’tibor qaratish talaba oldida turgan bosh vazifalar deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |