chuchuk suvlar (1-litrida 1 grammgacha erigan tuzlar); sho’r suvlar (1-litrida 1 g dan 50 g gacha erigan tuzlar); o’ta sho’r suvlar (1-litrida 50 g dan ko’p erigan tuzlar); ko’pgina yer osti suvlarining tarkibida inson sog’lig’i uchun foydali ba’zi tuzlar, gazlar va organic birikmalar ham uchraydi. Bunday suvlar shifobaxsh suvlardir. Masalan, vodorod sulfidli, karbonat angidridli, yod bromli, radonli va boshqa xil suvlar shunday shifobaxsh xususiyatga ega. Xulosa Yer osti suvlaridan foydalanish va chuchuk suv zahirasi kamligi sababli yer osti suvlaridan paydo bo’lish turli xil sabab va omillarni o’rgandik. Chuchuk suv zahirasi sovuq qutb o’lkalarida joylashgan. Suvning kimyoviy holati uning aylanishini mukammal darajada o’rgandik. Yer osti suvlarining joylashishiga qarab gurunt suvlari, tuproq suvi, qatlamlar orasidagi mineral suvlar va ularning turlarini o’rgandik va yanda bilimlarimizni oshirdik. Grunt suvlari - Yer yuzasidan birinchi suv o’tkazmaydigan qatlam ustida joylashgan suvlar grunt suvlar deyiladi. Grunt suvlar yuzaki suvlardan katta maydonlarda tarqalgan suv o’tkazmaydigan qatlami bilan farq qiladi. Lekin ular xam yuzaki suvlari singari atmosfera yog’inlari va yer ustki suvlaridan tuyinadi. Grunt suvlarining tuyinish maydoni tarqalish maydoniga mos keladi. Tabiiy sharoitlarda grunt suvlari yuzaki suvlardan farqli o’laroq, uzoq vaqt mavjud bo’ladi.
Qatlamlararo (artezan) suvlar - Suv o’tkazmaydigan ikki qatlam orasiga joylashgan suv o’tkazadigan qatlamda suv to’planishidan qatlamlararo yer osti suvlari hosil bo’ladi. Bunday suvlar bosimsiz va bosimli bo’lishi mumkin.
Artezian suvlarning otilib chiqishi
Mineral suvlar - tarkibida ba`zi bir kimyoviy elementlar va birikmalar, shuningdek, gazlar bo`lgan suvlar. Tarkibidagi erigan minerallarning umumiy miqdori 1 g/l gacha bo`lgan suvlar chuchuk hisoblanadi. Ba`zi dengiz va ko`l suvlari ham M.s. ga kiradi. M.s.ning ma`lum shifobaxsh xususiyatiga va iqtisodiy jihatdan uzoq muddat foydalanish uchun yetarli miqdorga ega bo`lganlari mineral suv manbalari deb ataladi.
Yoriqlarda joylashgan yoki karst suvlar - Granit, diorit, qumtosh, oxaktosh va shular singari mustaxkam tog’ jinslari yoriqlari orasida xarakat qiladigan suvlar yoriqlarda joylashgan suvlar deb ataladi. Yoriqlarning bir-biri bilan qo’shilishi va bog’lanishi sababli bulardagi suv, grun suvlaridan farqli o’laroq, xar tarafga oqishi, pastga oqishi yoki yuqoriga ko’tarilishi mumkin.
Yer ostida hosil bo’lgan bo’shliq - karstlardagi suvlar karst suvlari deyiladi. Bu suvlar tog’ jinslarida gorizontal va vertikal yunalishda xarakat qilib, tutash oqimlar hosil qiladi. Karst suvlari yuzaki suvlar bilan o’ziga xos aloqasi bilan ajralib turadi. Ko’p xollarda yuzaki suvlar o’z xarakati davomida karst rivojlangan maydonlarga kelib, yer ostiga singib ketadi, so’ngra tog’-yonbag’irliklaridan, daryo qirg’oqlaridan mo’l suvli buloqlar tarzida yer yuzasiga chiqadi. - Yer ostida hosil bo’lgan bo’shliq - karstlardagi suvlar karst suvlari deyiladi. Bu suvlar tog’ jinslarida gorizontal va vertikal yunalishda xarakat qilib, tutash oqimlar hosil qiladi. Karst suvlari yuzaki suvlar bilan o’ziga xos aloqasi bilan ajralib turadi. Ko’p xollarda yuzaki suvlar o’z xarakati davomida karst rivojlangan maydonlarga kelib, yer ostiga singib ketadi, so’ngra tog’-yonbag’irliklaridan, daryo qirg’oqlaridan mo’l suvli buloqlar tarzida yer yuzasiga chiqadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: - L. P. SHubayev. “UMUMIY YER BILIMI” Toshkent – 1975 y.
- “Gidrologiya fanidan ma’ruzalar matni” Abdunazarova H.
- Internet tarmoqlari.
THANKS @A’ZAM
Do'stlaringiz bilan baham: |