Xususiylashtirish – fuqorolarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki ob’ektlarini yoki davlat aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olish.
Chet el investitsiyalari – foyda, divident yoki boshqa shakllardagi daromadlarni olish maqsadida milliy iqtisodiyotga chet ellik sarmoyadorlarning kiritgan mablag‘lari.
Tadbirkorlik faoliyati – shakli, turi va sohasidan qat’iy nazar , foyda olish va uni ko‘paytirish maqsadida amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyat.
Fermer xo‘jaligi – ijaraga berilgan er uchastkalaridan foydalangan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ekt.
Biznes – o‘zining mulkiy javobgarligi ostida xususiy yoki qarz mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan, assosiy maqsadi foyda olish va o‘z ishini rivojlantirish nuqtai nazaridan yuritiluvchi iqtisodiy faoliyat.
Aksiyadorlik jamiyati – kapitali qimmatli qog‘oz shaklida rasmiylashtirilgan turli omonatchilarning pul mablag‘laridan tarkib topuvchi korxona.
Aksiya – uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum hissasini qo‘shganiga va uning foydasidan divident shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz.
Infratuzilma – asosiy tarmoq yoki sohaga xizmat ko‘rsatuvchi, uning to‘la qonli xizmati uchun shart-sharoit yaratib beruvchi soha. Yo‘nalishiga ko‘ra , ishlab chiqarish, ijtimoiy, bozor va boshqa infratuzilmani ajratib ko‘rsatish mumkin.
Investitsiya – iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag‘lari, banklarga qo‘yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar, asbob-uskunalar, pul mablag‘lar, litsenziyalar va samara beradigan har qanday boylik.
Investor – investitsiyalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy harakatlarni, investitsion faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs.
Ma’naviyat (arabcha – ma’nolar majmui) – kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui. Ma’naviyat insonning butun umri davomida uning kuchiga kuch qo‘shishga aql, idrok va zakovatini kengaytirib, mustahkamlashiga xizmat qiladi. Ma’naviyat va ma’naviy boyliklar, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbaidir. I.A.Karimov “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban uyg‘onishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning qarashlarining mezonidir”,-deb takidlaydi.
Mafkura (arabcha – fikrlar majmui) – muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlat manfaatlari, orzu-istak va maqsad-muddaolari ifodalangan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan kuch va qatlamlarning o‘tmishi, bugungi kuni va istiqboli o‘z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |