Turli din vakillariga munosabat. Ilmiy manbalar o‘lkamizda qadim zamonlardanoq zardushtiylik, buddaviylik, yahudiylik, nasroniylik kabimurakkab ideologik tizimga ega dinlar tinch-totuv faoliyat olib borganliklaridan dalolat beradi. Bunday holatni hozirgi O‘zbekistondagi islom,
xristian, yahudiy dinlari va boshqa konfessiyalarning o‘zaro munosabatlari
misolida ham ko‘rish mumkin.
Umuman, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan noislomik konfessiyalari turli e’tiqodda bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida totuvlik va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda muayyan mavqega ega.Ayni paytda O‘zbekistonda islom dini
bilan bir qatorda pravoslavlar, baptistlar, yahudiylar, adventistlar, katoliklar, lyuteranlar, krishnaitlar, buddistlar, pyatidesyatniklar, Iegova xudosi shohidlari, yangi havvoriylar, xristian-nresvitorianlar singari bir qancha din va mazhablar mavjud. Ulardan har birining o‘ziga xos mafkurasi, talab va ehtiyojlari mavjud.
O‘rta Osiyodagi musulmon va boshqakonfessiyalarga mansublar o‘rtasidagi munosabatlar ham siyosiy, ham maishiy darajada ikki asosiy xususiyatga asoslangan, bular o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikdir. Bu munosabat har xil dinlar
vakillarining murakkab tarixiy jarayonlar sinovlarini mardonavor yengib o‘tishlari natijasida shakllangan.
Respublikada diniy bag‘rikenglik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda konfessiyalarning ham muayyan o‘rni bor. Birinchidan, ular o‘z faoliyatlari davomida aholida diniy bag‘rikenglik madaniyatini kamol toptirish yo‘lida ma’naviy-ma’rifi y tadbirlar tashkil etib keladilar. Ikkinchidan, mamlakatda dinlararo totuvlikni qo‘llab-quvvatlash hamda turli nizo va murakkabliklarni keltirib chiqaruvchi missionerlik kabi xatti-harakatlarga qarshi amalga oshirilayotgan tadbirlarda faol qatnashadilar. Islom dini va diniy ta’limga e’tibor. Bugun respublikada 16 ta diniy konfessiyaga mansub 2241 ta diniy tashkilot – Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta maxsus islom bilim yurti, pravoslav va protestant seminariyalari faoliyat olib bormoqda. Ularda talabalar diniy ilmlar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlarni olish imkoniyatiga ham ega.
Toshkentda 2013-yil qurilishi boshlangan Minor masjidi 2014-yilning 1-oktabrida, katta Qurbon hayiti bayramida ochildi. Masjid binosi anʼanaviy sharq va oʻzbek uslubida qurilgan ikki minorasi va osmon rang bir gumbaz bor. Masjid 2 400 dan ortiq odamlar uchun moʻljallangan. 1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Toshkent islom universitetiga asos solindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyo va butun
dunyoda hamjihatlikka erishish, dinlararo totuvlik, tinchlikni saqlash yo‘lida muhim dasturilamal bo‘layotganini, bu jihatlar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham o‘z aksini topganini e’tirof etdi.
Prezidentning 2017-yil 27-martdagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofi q Samarqandda ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi. Uning tarkibida hadisshunoslik oliy maktabi, hadis, kalom va qiroat ilmini o‘rganishga mo‘ljallangan xonalar, qo‘lyozmalar kutubxonasi, muzey tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida Toshkentda Islom madaniyati markazi hamda Prezidentning 2017-yil 15-dekabrdagi farmoni asosida O‘zbekiston Islom akademiyasi tashkil etildi.
Millatlararo hamda dinlararo bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning uzviy qismi ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bu borada bugungi kunga qadar bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Oxirgi uch yillikda davlatimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 maydagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5046-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 noyabrdagi “Millatlararo munosabatlar sohasida o‘zbekiston respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5876-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 dekabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi huzuridagi jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 1018-son qarori hamda boshqa da bir qator huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi katta ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoni jamiyatda barqarorlik, tinchlik va totuvlikni ta’minlash, fuqarolar ongida katta, ko‘p millatli yagona oilaga mansublik tuyg‘usini mustahkamlash, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Millatlararo munosabatlar sohasida o‘zbekiston respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5876-son Farmoni bilan millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berilib, Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi, 2019 — 2021 yillarda Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” va Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha Komissiya tarkibi tasdiqlangan. Mazkur Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 1 yanvarga qadar millatlararo munosabatlar sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar kompleksini, 2020 yil 1 fevralga qadar millatlararo munosabatlar sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaroli vaziyatlar va ixtiloflarning barvaqt oldini olish va ularni profilaktika qilish maqsadida mazkur soha holatini monitoring qilish tizimini tashkil etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlashi belgilab qo‘yildi. Xulosa qilib aytganda, qayd qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning hayotga tatbiq etilishi mamlakatda millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha yaxlit tizimni rivojlantirish, milliy madaniy markazlar uchun yanada qulay va keng imkoniyatlar yaratish, ularning bunyodkorlik tashabbuslari va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalarini yanada rivojlantirish, “xalq diplomatiyasi” vositasida chet eldagi vatandoshlar bilan munosabatlarni kengaytirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |