Tayanch iboralar: geosiyosat, geoiqtisod, Xavfsizlik masalasi, SHHT, MDH, strategik sherikchilik, tinchlik, barqarorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, o‘zaro manfaatli tashqi siyosat, Harakatlar strategiyasi, ustuvor yo‘nalishlar.
1.O‘zbekistonning geosiyosiy va geoiqtisodiy o‘rni. O‘zbekistonning mintaqda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi olib borgan siyosati. Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari.
O‘zbekiston xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish nuqtai nazaridan va o‘z taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulay jug‘rofiy-strategik imkoniyatlarga ega.
- Qadim zamonlarda SHarq va G‘arbni bog‘lab turgan Buyuk ipak yo‘li O‘zbekiston hududi orqali o‘tgan. Bu erda savdo yo‘llari tutashgan, tashqi aloqalar hamda turli madaniyatlar tutashib bir-biri boyitgan. Bugungi kunda ham Evropa va Osiyoni bog‘laydigan yo‘llar Markaziy Osiyodan, uning o‘rtasida joylashgan O‘zbekistondan o‘tmoqda.
- Markaziy Osiyo jug‘rofiy-siyosiy jihatdan markaziy o‘rin tutgan O‘zbekiston ushbu mintaqada kuchlar nisbati va muozanatini saqlash, barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlariga ega.
- Markaziy Osiyo transport, energitika, suv tizimi markazida joylashgan.
- Aholi soni, ilmiy texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqada etakchi o‘rin tutadi.
- Tabiiy iqlim sharoiti qulay, ulkan meniral xomashyo zaxiralari va strategik materiallarga ega, dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o‘zini ta’minlashga qodir.
-O‘zbekiston sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoqlariga ega, o‘zini neft, gaz, rangli metallar bilan ta’minlabgina qolmay, ularni ekspert qilish imkoniyatiga ega.
-YUrtimizning jahonga mashhur boy madaniy merosi bor, shu tufayli insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o‘rin egallab dunyoning ma’naviy va siyosiy jarayonlariga ta’sir o‘tkazish salohiyatiga ega.
Jug‘rofiy-siyosiy jihatdan O‘zbekistonda qqiyinchiliklar tug‘diruvchi omillar ham mavjud. Jumladan:
O‘zbekiston o‘zining jug‘rofiy-siyosiy jihatidan kollektiv xavfsizlik tizimi izchil yo‘lga qo‘yilmagan mintaqada joylashgan. O‘zbekiston fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasining neft va gazga juda boy konlari joylashgan yarim xalqaning strategik markazida joylashgan. SHu boisdan bu hududda butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko‘pgina yirik davlatlar va bizga qo‘shni davlatlarning geografik manfaatlari bir-biri bilan kelishmasligi mumkin.
YAna bir noqulaylik shundan iboratki, O‘zbekistonni etnik, demografik, iqtisodiy va boshqa muammolar yuki ostida qolgan mamlakatlar qurshab turibdi. Buning ustiga, yurtimiz mintaqadagi diniy ekstremizm, etnik murosasizlik, narkobezis va boshqa har xil tashqi kuchlar tomonidan rag‘batlantirilib kelinayotgan, ichki mojaro avj olgan Afg‘oniston kabi beqarorlik uchog‘i bilan tutash.
Sovetlar davrida Markaziy Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda kommunikatsiyalar nomaqul ravshda shakllantirilgan. Janubiy yo‘nalishda transport kommunikatsiyalari amalda rivoj topmagan. O‘zbekiston bevosita dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga dengiz bandargohlaridan eng uzoq joylashgan mamlakat. Bu bir necha davlatlar hududidan o‘tadigan olis yo‘l bo‘lib, O‘zbekistonning iqtisodiy aloqalarini chegaralaydi, yuk tashishni qimmatlashtirib, maxsulotlarning raqobatga bardosh berishiga salbiy ta’sir etadi.
Suv resurslarining cheklanganligi, ekalogik muammolar, Orol fojiasi ham mamlakatimiz uchun noqulay omildir.
XXI asr busag‘asida Markaziy Osiyoning xalqaro hayotning mustaqil sub’ekti sifatida qayta tiklanishi, shubhasiz, olamshumul, o‘zida muhim jarayonlarni ham ifodalovchi, ham aks ettiruvchi hodisa bo‘ladi.
Bu, Evrosiyodagi giyosiyosiy vaziyatni tubdan o‘zgarishiga olib kelgan, jahon miqyosida avj olayotgan chuqur, tektonik siljishlar hosilasi bo‘ldi. Markaziy Osiyoning jahon siyosati va iqtisodiyoti mustaqil sub’ekti sifatida tiklanishi, o‘z navbatida, dunyo miqyosida ro‘y berayotgan jarayonlarga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omilga aylandi. YUzlab yillar davomida unitilgan, e’tibordan chetda qolgan ulka bo‘lib kelgan Markaziy Osiyo jahon hamjamiyati tomonidan qayta kashf etildi.
Yodda tuting: Italiyalik olimlar J.Karlo va P.Savona geoiqtisodiѐtning hozirgi xarakteristikasini hamda geosiѐsat va geoiqtisodiѐt o‘rtasidagi asosiy tafovutlarni quyidagicha izohlaganlar. Asosiy vazifasi davlatning makon ustidan ta’siri va nazoratini, makonni himoya etish va kengaytirishni o‘rganishdan iborat bo‘lgan 249 geosiѐsatdan farqli o‘laroq, geoiqtisodiѐt faqat davlat emas, balki xususiy mulk egalari, transmilliy shirkatlar, xalqaro va mahalliy aktorlarning iqtisodiy manfaatlarini ta’minlashni nazarda tutadi. Bundan tashqari, agar geosiѐsatda davlat o‘z imkoniyatlarini to‘la nazorat etsa, ularning kuchli va zaif tomonlarini bilsa, geoiqtisodiѐtda davlat nazorati to‘la va ochiq shaklda emas, balki turli-tuman bavosita yo‘llar bilan amalga oshiriladi. Bu o‘rinda ta’sir ko‘rsatish va qaror qabul qilish ko‘p markazli xarakterga ega bo‘ladi va ba’zan davlat manfaatlari boshqa sub’ektlarning (masalan, transmilliy korporatsiyalarning) manfaatlariga nisbatan bir necha barobar ozroq ta’minlanadi. Boshqa tomondan, siѐsiy-strategik raqobatga asoslanuvchi geosiѐsiy vazifalardan farqli o‘laroq, geoiqtisodiѐt davlatdan milliy iqtisodiѐtning xalqaro maydonda raqobatbardosh bo‘lishini, uning taraqqiѐt omili bo‘lgan ta’lim, ilm-fan, infrastruktura rivojini rag‘batlarntirishini talab qiladi . Siѐsiy makon va chegaralar: Geosiѐsatda quyidagi kategoriyalar eng muhim hisoblanadi: - siѐsiy makon: davlatning asosiy belgilaridan biri bo‘lib, uning tashqi olamdan chegaralar bilan ajratilgan, suverenitetini hech qanday cheklovlarsiz amalga oshiradigan hududini anglatadi. - chegaralar: bu soha asosan siѐsiy geografiyaning tadqiqot ob’ekti bo‘lsa-da, ayni chog‘da geosiѐsiy kategoriya hisoblanadi. Geosiѐsiy kategoriya sifatida chegaralar mazkur siѐsiy makonning ijtimoiy va harbiy xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi, tashqi dunѐ bilan makon munosabatlari chegaralarini aniqlab beradi va hududni chet el xurujlaridan himoya qiladi. CHegarlarning asosiy geosiѐsiy funksiyalari quyidagilardir: - milliy suverenitetning ta’sir doirasini ajratish; - davlat mudofaasi va xavfsizligining oldingi marralarini himoya qilish; - chegaradosh davlatlar ѐki boshqa chet mamlakatlardan bo‘ladigan noqonuniy migratsiyaning oldini olish, nomatlub shaxslarning kirib-chiqishiga mone bo‘lish; - jinoyatchilarni qo‘lga olish; kiritilaѐtgan ѐki chiqarilaѐtgan mollardan soliq undirish; - kiritilaѐtgan mollarni nazorat qilish; valyuta aylanmasi va uchishlar ustidan nazoratni amalga oshirish, sanitariya xavfsizligi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |