Arxitektura qurilish instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki



Download 2,14 Mb.
bet41/235
Sana31.12.2021
Hajmi2,14 Mb.
#256492
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   235
Bog'liq
O'zbekistonning eng yangi tarixi 2020-2021 (1)

O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki.

Fuqarolik jamiyatining asosiy institute bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) dastlab jamiyatni o‘zini o‘zi boshqarishi asosida, ya’ni fuqarolik jamiyatining mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta’minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo‘ldi. XX asrga kelib nodavlat notijorat tashkilotlar fuqarolik jamiyatining muhim va asosiy institutlaridan biriga aylandi. Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish uchun, avvalo, manfaatlar, shuningdek, ijtimoiy va siyosiy manfaatlar tushunchalariga aniqlik kiritishga ehtiyoj seziladi. Mustaqillik davrida O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalarining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rni oshib bormoqda. O‘zbekistonda turli jamoat tashkilotlari ham faoliyat ko‘rsatmoqda. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIII bobi jamoat birlashmalari faoliyatining konstitutsiyaviy asoslariga bag’ishlangan bo’lib, unda jamoat tashkilotlarining turlari, faoliyat ko’rsatish tartibi, ularning davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslariga nisbatan mustaqil ekanligi kabi printsiplar mustahkamlab qo’yilgan. Konstitutsiyaning 56- moddasida belgilanganidek, “O’zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin- qizlar , faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi”.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34-moddasidagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar» kabi fuqarolarning jamiyat institutlarida ishtirok etishini ta’minlab beradigan huquqiy asoslarning e’tirof etilishi respublikada jamiyat taraqqiyoti insoniyat hayotining bir necha asrlar mobaynidagi tajribalari va sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan erkinlik jamiyati – fuqarolik jamiyati sari intilayotganligini anglatadi.

Jamoat birlashmalari haqidagi qonun-qoidalar “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi (1991 yil 15 fevral) Qonunda ham belgilab berilgan. Jumladan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari turli kasb egalari bo‘lgan xodimlarni jinsi, diniy e’tiqodlari, irqiy va milliy munosabatlaridan qat’i nazar ixtiyoriy birlashtiruvchi mustaqil ommaviy jamoat tashkiloti sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi Qonuni (1999 yil 14 aprel) nodavlat notijorat tashkilotlarning serqirra faoliyatini hartomonlama muvofiqlashtirish va huquqiy jihatlardan ta’minlashga qaratildi.Qonunning 1-moddasida nodavlat notijorat tashkiloti tuzishning umumiy maqsadi ijtimoiy foydali manfaatlarning qondirilishi ekanligi e’tirof etilib, bu bilan nodavlat tashkiloti o‘z faoliyatida xalqchillik prinsipiga amal qilishi shart ekanligi belgilab qo‘yildi. Mazkur Qonunning 2-moddasida «Nodavlat notijorat tashkiloti tushunchasi»ning ta’rifi demokratik qadriyatlar asosida talqin qilinadi: «Nodavlat notijorat tashkiloti – jismoniy va (yoki) yuridik shaxsla rtomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini-o‘zi boshqarish tashkilotidir. Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nom oddiy ehtiѐjlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi». Ushbu qonunda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan davlatning hamkorligi shunday o‘zi fodasini topganki, davlat organi, ya’ni parlament qonun qabul qiladi, bu qonunga binoan «uchinchisektor» a’zolari va jamiyat manfaatlari uchun xizmat qiladi.

Mamlakatda nodavlat notijorat tashkilotlar mustaqilligini ta’minlash, shuningdek, ularning fuqarolik jamiyatining muhim institutiga aylanishini ta’minlash maqsadida davlatning «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatisari» konseptual siyosiy dasturi qabul qilindi va u mamlakatda jamiyatni rivojlantirishning asosiy tamoyiliga aylandi.

Mustaqillik sharoitida ayollarni, ko‘p bolali onalarni har tomonlama muhofaza qilishni yanada ko‘chaytirish, mehnatkash va ijodkor ayollarni bozor iqtisodiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etishga keng safarbar etish, ilm-fan sohasida ayollarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 1 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi to‘g‘risidagi farmoyishi bilan Xotin-qizlar qo‘mitasi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasining asosiy maqsadi jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning ma’naviy va madaniy talablarini qondirish, ayollarga ijtimoiy–iqtisodiy, huquqiy va psixologik yordam berish, oilani, onalik va bolalikni himoya qilish, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun ayollarning ishtirok etishlarini ta’minlashdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat xotin-kizlar qo‘mitalari, Toshkent shahar xotin-qizlar qo‘mitasi, 38 shahar, 170 tuman, 14 mingdan ortiq mexnat jamoalari va turar joylarda tashkil etilgan xotin-qizlar qo‘mitalari faoliyat yuritmoqdalar. Qo‘mita qoshida xotin-qizlar toifalariga qarab tuzilgan turli-tuman professional, ijodiy va boshqa uyushmalar ishlamoqda. 1996 yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Farmoni bilan Faxriylar kengashi “Nuroniy” jamg‘armasiga aylantirildi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda aholining keng qatlamlarini birlashtiruvchi 300 dan ortiq jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlari shakllandi va faoliyat ko‘rsatmoqda. Shular jumlasiga “Sog‘lom avlod uchun” va “Ekosan” xalqaro jamg‘armalari, “Mahalla”,“Navro‘z”,“Ulug‘bek”, “Iste’dod”, “Mehr–shafqat va salomatlik”, “Bolalar”, “Amir Temur”, “Alisher Navoiy”, “Abdulla Qodiriy” jamg‘armalari va boshqalar kiradi. Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida O‘zbekiston fuqarolik jamiyati asoslari shakllan-tirildi. Bugungi kunda fuqarolik jamiyatining negizini tashkil etuvchi nodavlat va jamoat tashkilotlarining o‘rni va ahamiyatini kuchaytirish ustuvor vazifa bo‘lib turibdi.

Mustaqillik yillarida Respublikamizda jamoat tashkilotlarining saflari oshib, imkoniyatlari kengaydi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra 2000 yilda respublika va xalqaro ahamiyatga molik, davlat ro‘yxatidan o‘tgan jamoat birlashmalari soni 1500 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2005 yilda esa ularning soni 5277 tani tashkil etgan. Shulardan 60 tasi xalqaro va 336 tasi Respublika ahamiyatidagi jamoat tashkilotlari edi.

Mamlakatimizda 1991 yili jamoat birlashmalarining soni 200 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2000 yilda ularning soni 2300 taga, 2010 yilda – 5100 taga yetdi. 2015 yilda jamiyat hayotining turli sohalarida 8 ming 100 dan ziyod nodavla tnotijorat tashkiloti faoliyat ko‘rsatdi. Bu degani 2010 yilga nisbatan 1,6 marta ko‘p demakdir[3]. Mamlakatda milliy mustaqillikning dastlabki davrlarida O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamg‘armasi tashkil topdi. O‘tgan davr ichida «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro nohukumat xayriya jamg‘armasi, «Ekosan» xalqaro ekologiya va salomatlik jamg‘armasi, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi, Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi, Xalqaro Imom Buxoriy jamg‘armasi, «Oltinmeros» jamg‘armasi, respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi, «Xalq birligi» harakati, O‘zbekiston faxriylarini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkor larPalatasi, Milliy matbuot markazi, Baynalmilal madaniy markaz, respublika «Iste’dod» jamg‘armasi kabi nodavlat tashkilotlar tuzildi. O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi esa demokratik prinsiplar asosida butunlay qaytadan tashkil etildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston «Tadbirkor ayol», O‘zbekiston Bolalar jamg‘armasi, «Ayol va salomatlik», «Mehr», «Ayollar resurs markazi», «Ayol va jamiyat» institute kabi xotin-qizlar muammolarini hal etishga qaratilgan va ular manfaatlarini ifodalaydigan nodavlat tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Keyingi o‘n yilliklarga kelib O‘zbekiston ijtimoiy hayoti uchun butunlay yangi bo‘lgan nodavlat tashkilotlar tuzila boshlandi.

2010 yil 12 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusidagi ma’ruzasidamamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining«Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qo‘shma qarori ham alohida ahamiyatga ega bo‘lganligini ta’kidladi. O‘z navbatida, Oliy Majlis huzurida Jamoat fondi hamda tarkibiga nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat tashkilotlarining vakolatli vakillari bilan birga deputatlar, moliyaviy tuzilmalarning mas’ul xodimlari kirgan Parlament komissiyasining tashkil qilinishi ham e’tiborga sazovordir.Mazkur komissiyaning faoliyati «uchinchi sektor» deb nom olgan fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashga davlat byudjetidan ajratilgan moliyaviy mablag‘larni yanada ochiq, oshkora, aniq yo‘naltirilgan va eng muhimi, demokratik asosda taqsimlashni ta’minlash imkonini bermoqda. Bu esa nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining tashkiliy-texnikaviy va iqtisodiy negizini mustahkamlashga samarali ta’sir ko‘rsatmoqda.

“Hozirgi kunda yurtimizda 9 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti mavjud, 29 ta xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilotlarining filial va vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. 2017 yilda “Nuroniy” jamg‘armasi, Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Savdo-sanoat palatasi, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi kabi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan alohida farmon va qarorlar qabul qilindi. Ammo anashunday muhim sa’y-harakatlarga qaramasdan, aholining muammolarini tizimli o‘rganish, ularni aniq hal etish, ayniqsa, ijtimoiy sharoiti og‘ir ayollarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida huquq buzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularni ish bilan ta’minlash masalalarida bu tashkilotlarning ishtiroki yetarli darajada sezilmayapti. Ular faqat nomiga yig‘ilishlar o‘tkazish bilan mashg‘ul bo‘lib qolmoqda”.




Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish