Iqtisodiyotni liberallashtirish – ho‘jalik hayotidagi barcha to‘siq va cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish – O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan bog‘liq jarayonlarni ifodalovchi tushuncha. Iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bu vazifa, eng avvalo, davlatning nazoratchilik va boshqaruvchilik funksiyalarini qisqartirish, uning korxonalar xo‘jalik faoliyatiga, birinchi galda, xususiy biznes faoliyatiga behuda aralashuvini cheklashdan iborat.
Xususiy mulk – ayrim sohibkorlarga qarashli bo‘lib, yollanma mehnatga asoslangan xolda foydalniladigan mulk.
Xususiy mulkdor – yakka shaxs yoki bir necha shaxslar guruhidan iborat bo‘lgan xususiy mulk egasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |