To‘xtaev Azamat Ramziddinovich (1946.25.04) - me’mor. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi (1997). O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan me’mor (1991). Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent politexnika institutini tugatgan (1970). Toshkentdagi loyihalash ilmiy tadqiqot institutida loyixalovchi, katta me’mor, loyiha bosh me’mori, guruh rahbari, direktor (1963-1993). O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi “O‘zinterqurilish” firmasida bosh direktor (1993-1995), O‘zbekiston me’morlar uyushmasi boshqaruvi raisi (1998-2000), O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi (2000-2008), o‘rinbosari (2008 yildan). Toshkentdagi bir qancha loyihalari muallifi. “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan (1999).
O‘zbekiston me’morlar uyushmasi respublika me’morlarini birlashtirgan ijodiy jamoat tashkiloti. 1934 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. O‘zbekiston me’morlar uyushmasining asosiy vazifalari: me’morlikni rivojlantirish, me’morlar malakasini oshirish, yosh iste’dodlarni qo‘llabquvvatlash, faxriy me’morlar bilan ishlash, tanlovlar (shahar markazlari, yirik jamoat binolari, monumental haykal va monumentlar, eng yaxshi loyiha va qurilishlar, nashr etilgan kitob va albomlar bo‘yicha), ko‘rgazmalar (yosh me’mor va talabalar ijodiga bag‘ishlangan, tarixiy shaharlar yubileyi va turli tarixiy sanalar munosabati bilan tanlovlar o‘tkazish va boshqalarga oid) uyushtirish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish va boshqalar Uyushmada 1000 ta a’zo bor (2005); uning qoshida ijodiy loyiha ustaxonalari, ko‘rgazma zali mavjud. Uyushmaga malakali, oliy ma’lumotli, e’tiborga sazovor. loyihalari, qurilgan binolari, nashr etilgan ilmiy asarlari bilan tanilgan me’morlar a’zolikka qabul qilinadi. Oliy rahbar organi — Qurultoy; ular orasida Qurultoy tomonidan har 5 yilda saylanadigan Plenum (rais, rais o‘rinbosari va Plenum a’zolari) boshqaradi. O‘zbekiston me’morlar uyushmasi u,ning Qoraqalpog‘iston, Toshkent va barcha viloyatlarda bo‘limlari mavjud bo‘lib, ular shaharlarni qayta qurish, tarixiy me’moriy yodgorliyutarni ta’mirlash sohasida ilmiy tekshirish va loyihalash ishlari olib boradi.
O‘zbekiston me’morlar uyushmasiga turli davrlarda G. M. Svarichevskiy, L. N. Voronin, V. O. Jahongirov, A. T. Shaxov, M. S. Bulatov, F. YU. Tursunov. T. F. Qodirova, F. M. Ashrafiylar rahbarlik qilgan; 1998 yildan raisi A. R. To‘xtaev.
1998-yil 16-iyun “O‘zbekiston arxitektorlar uyushmasining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasi tuzilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasiga o‘z kuch-g‘ayratlarini arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirishning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini ro‘yobga chiqarishga qaratish tavsiya etilsin:
arxitektura va shaharsozlik faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslarini takomillashtirishda qatnashish, shaharlar va boshqa aholi yashaydigan joylarni obod qilishning arxitektura-rejalashtirish, badiiy sifatini rivojlantirish va yaxshilash;
loyihalashtirish, shuningdek, milliy an’analar va xorijiy me’morchilikning ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda, arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirish jarayonlarini boshqarishning zamonaviy usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish;
me’morchilikning milliy madaniy merosini o‘rganish va saqlash, uning yutuqlarini anjumanlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar va eng yaxshi loyihalar uchun tanlovlar o‘tkazish yo‘li bilan targ‘ib qilish;
respublika arxitektorlarining ijodiy faolligini rivojlantirish, ularning kasb-hunar darajalarini oshirish, o‘ziga qarashli arxitektura jamg‘armasining ishlab chiqarish quvvatlaridan kengroq foydalanish, arxitekturaning malakali kadrlarini tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |