11-Mavzu: Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi
REJA:
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida
amalga oshirilgan islohotlar.
Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar.
Ma’naviy-madaniy sohadagi yangilanishlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim
tizimi va undagi islohotlar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi. Ekologik holatni
yaxshilash borasidagi davlat siyosati.
1.Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar.
Tarixiy manbalarda hozirgi Qoraqalpog’iston hududida odamlar neolit davridayoq yashaganligi qayd etiladi. XII asr rus yilnomalarida "Черные клобуки", mo’g’illar tarixida "qora malaqayli", sharq manbalarida esa "qora bo’rkli" deb atalgan qavm haqida ma’lumotlar bor. Bu nomlar qoraqalpoqlarga tegishlidir. "Qoraqalpoq" so’zi qoraqalpoqlilar so’zidan kelilb chiqqan. Oltin O’rda zaiflashgach, uning tarkibidan qator mustaqil davlatlar ajralib chiqqan. Bu davlatlarning biri-XIV asr oxirida tashkil topgan No’g’ay (Mang’it) xonligi edi. Uning chegarasi Volga daryosidan Irtish daryosigacha, Kaspiy va Orol dengizi bo’ylaridan Kama daryosigacha bo’lgan hududlarni o’z ichiga olgan. Binobarin, qoraqalpoqlar ko’chib borib joylashgan hududlar XV-XVI asrlarda No’g’ay xonligi hududiga kirgan. No’g’ay va qoraqalpoq xalqlari o’zaro siyosiy hamkorlikda, birlashmada yashaganlar. No’g’ay tili tarkibi, fonetikasi va grammatik qurilishi jihatidan qoraqalpoq tiliga juda yaqin. Shu tariqa XVI asrga kelib bir necha urug’lardan iborat qoraqalpoq xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgan. Bu xalq olti qabila (xitoy, qipchoq, kenagas, mang’it, qo’ng’irot va mo’yten) negizida shakllangan. Qoraqalpaq davlatchiligi no’g’ay (mang’it)lar yetakchisi Idigu (Edigey) boshchiligida XIV asr oxirlarida tashkil etilgan No’g’ay xonligidan (O’rdasidan) boshlanadi. XVIII asr boshlariga kelib Sirdaryo bo’yida yashovchi qoraqalpoqlar birlashishga harakat qilganlar. Ularning birlashish jarayonida Sig’noq singari qadimiy qo’rg’on-shaharlar tayanch bo’lgan. 1811 yilda qoraqalpoqlar Xiva xonligiga tobe boʻldi. 1873 yilda rus podsho qoʻshinlarining Xivaga qilgan yurishidan soʻng va Gandimiyon shartnomasi tuzilgach, Amudaryoning oʻng sohilidagi qoraqalpoqlar yashaydigan hudud Rossiyaga qoʻshib olingan va bu yerda Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati Amudaryo boʻlimi tashkil etilgan. Amudaryo boʻlimi 2 uyezd: markazi Toʻrtkoʻl qalʼasi boʻlgan Shoʻraxon va markazi Chimboy boʻlgan Chimboy uyezdiga ajratildi. Shunday qilib, qoraqalpoqlar yashaydigan hudud 2 ga ajratib tashlandi. Chap sohil qismi Xiva xonligi tarkibida qoldi. Bu esa qoraqalpoqlarning siyosiy va milliy birlashuviga gʻov boʻldi. XX asming boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta o'zgarishlar yuz berdi. 1917 yilda podsho hukumati agʻdarilgach, oʻng sohil qismi Turkiston ASSR tarkibiga kirdi, 1918 yilda bu yerda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. 1919 yilda Chimboy volostida xalq qoʻzgʻolonlari boshlandi. 1920 yilda Amudaryo boʻlimi Turkiston ASSRning Amudaryo viloyatiga aylantirildi. 1920 yil aprelda Xiva xonligi hududida Xorazm Xalq Sovet respublikasi tuzildi va uning tarkibiga qoraqalpoqlar yashaydigan joylar ham kiritildi.
1924- yili Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Xo'jayli hamda Qo'ng‘irot tumanlari hududida Qozog‘iston ASSR tarkibida Qoraqalpog'iston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930- yildan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932-yilda Qoraqalpog'iston Avtonom Respublikasiga aylantirildi. Qoraqalpoqlar tarixida 1936-yil muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy qoladi. Chunki, shu yili ular o'z taqdirlarini Ouzbékistan SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi va o'z tanlagan yoiining istiqbolli ekanligini ko'rsata oldi. SSSR tarqalib ketganidan so'ng mustaqil O'zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabiiy hodisa edi. Chunki, asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan o'zbek xalqi o‘rtasida do‘stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orolbo'yi kengliklarida qadimiy o‘zbek va qoraqalpoq ajdodlan birgalikda yashab, mehnat qilishdi. O'zlarining mushtarak taraqqiyot yo'llarini bosib o‘tishdi. 1990 yili 14 dekabrda Qoraqolpog’iston Respublikasi Oliy Kengashi o’zining IV sessiyasida “O’zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpogiston Respublikasi Davlat suvereniteti to’g’risidagi” Deklaratsiyani qabul qildi. Mazkur Deklaratsiya 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to’grisidagi” Qonunda o’zining huquqiy asosini topib, 1- va 17- moddalarida Qoraqalpog’istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e’tirof etildi. Har ikki respublika o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasida (70-75 moddalar) o’z aksini topdi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashi o’zining XI sessiyasida (1993 yil, 9 aprel) Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Qoraqalpoq milliy davlatchiligi o’z taraqqiyoti tarixida birinchi marta insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo’ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha atributlariga ega. Jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashining ining 1992 yil 14 dekabrda bo’lib o’tgan X1 sessiyasida Qoraqalpog’iston Davlat bayrog’i, 1993 yil 9 aprelda bo’lib o’tgan XI sessiyasida Davlat tamg’asi, 1993 yil 4 dekabrda bo’lib o’tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
Parlament - Qoraqalpog’iston Respublikasi Juqorg’i Kengesi hisoblanadi. 86 deputatdan iborat. Quyidagi davlat arboblari Parlament raislari bo’lib ishladi: Dauletbay Shamshetov (1991-1992), Ubbiniyaz Ashirbekov (1992-1997), Timur Kamalov (1997-2002). 2002 yili 2 may kuni bu lavozimga Musa Tajetdinovich Yerniyozov saylandi va 2020 yilgacha faoliyat olib bordi. 2020 yil 2 oktyabrda Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimiga Murat Kamalov saylandi.
Ta’kidlash joiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasiga muvofiq, Jo‘qorg‘i Kengesning Raisi Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbari va eng yuqori lavozimli shaxsidir. Jo‘qorg‘i Kenges Raisi ayni organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining deputatlari orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Jo‘qorg‘i Kengesning vakolati muddatiga saylanadi.
Avvalgi Oliy Kengashdan farqi Juqorg’i Kengashga savlov ko’ppartiyaviylik asosida o’tkaziladi. Avvalgi saylovlarda Oliy Kengashni shakllantirish jarayonida ishchilar sinfi, kolxozchi dexkonlar, xalq ziyolilarining o’rni va soni oldindan belgilab qo’yilar edi. Buning ustiga Parlamentda vazifasi bo’yicha albatta deputat buluvchi o’rinlar ham mavjud edi. Keyingi saylovlarda bunday yondoshuvdan voz kechildi. Deputatlarning o’z saylovchilari bilan kundalik munosabati, yaqin muloqoti yo’lga qo’yildi. Avvalgi parlamentda bu masalaga uncha e’tibor berilmagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |