Arxitektura qurilish inistituti



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/41
Sana31.12.2021
Hajmi2,71 Mb.
#245097
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41
Bog'liq
kam qavatli turar joy binolarini energiya samaradorligini oshirishda quyosh energiyasidan foydalanish

 

 

 

 


13 

I.Bob.  O‘zbekiston  iqlim  sharoitida  energiya  samarali  binolarni        

loyixalashda quyosh energiyasidan foydalanish. 

1.1  Bob.  O‘zbekiston  iqlim  sharoitida  energiya  samarali  binolarni 

loyixalashda quyosh energiyasidan foydalanish. 

Mamlakatimizda  tabiatni  asrash,  ekologik  muammolarni  bartaraf  etish  va 

iqtisodiy  tejamkorlikka  erishish  maqsadida  muqobil  energiya  manbalaridan 

samarali  foydalanishga  alohida  e’tibor  qaratilmoqda.  Prezidentimizning 

“Muqobil  energiya  manbalaridan  foydalanishni  yanada  rivojlantirish  chora-

tadbirlari  to‘g‘risida”gi  Farmoni  bu  boradagi  ishlar  ko‘lamini  yanada 

takomillashtirishga  xizmat  qiladi.Farmonda  muqobil  energiya  manbalaridan 

foydalanishning  huquqiy  va  moddiy-texnik  asoslari  aniq  belgilab  berildi. 

Jumladan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasining  “Fizika-

Quyosh”  ilmiy-ishlab  chiqarish  birlashmasi  negizida  Xalqaro  quyosh 

energiyasi  institutining  tashkil  qilinishi,  “Navoiy”  erkin  industrial-iqtisodiy 

zonasida  eng  zamonaviy  texnologiyalarga  asoslangan  100  MVt  quvvatli 

fotoelektrik  panellar  ishlab  chiqaruvchi  qo‘shma  korxona  barpo  etilishi, 

Samarqand  viloyatida  100  MVt  quvvatga  ega  quyosh  fotoelektrik 

stansiyasining  qurilishi,  quyosh  hamda  biogaz  energiyasini  ishlab 

chiqaruvchilar va foydalanuvchilarni rag‘batlantirish, ularga soliq va bojxona 

imtiyozlari hamda afzalliklar berilishi, albatta, mamlakatimiz iqtisodiyotining 

barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. 

Mazkur hujjatda qayd etilganidek, yurtimiz iqlim sharoitida quyosh, shamol, 

biogaz  singari  noan’anaviy  energiya  manbalaridan  foydalanishning  ulkan 

imkoniyatlari mavjud. Ma’lumki, respublikamiz hududida yilning deyarli har 

kuni  quyoshlidir.  Bunday  tabiiy  sharoit  qayta  tiklanuvchi  energiya 

manbalaridan omilkorlik bilan foydalanishda juda qo‘l keladi. 

Xalqaro  energetika  amaliyotida  muqobil  manbalar  sifatida  gidro,  quyosh, 

shamol,  geotermal,  er  issiqligi,  biomassa  energiyalari  alohida  e’tirof  etiladi. 

Ular  orasida  eng  istiqbolli  yo‘nalishlardan  biri,  shubhasiz,  quyosh 

energiyasidan 

foydalanishdir. 

Rivojlangan 

davlatlardagi 

nufuzli 



14 

tashkilotlarning asosli xulosalariga ko‘ra, 2100 yilga borib, quyosh energiyasi 

sayyoramiz uchun energiyaning dominant manbaiga aylanadi. 

Mutaxassislarning  e’tirof  etishicha,  quyosh  energiyasi  —  bu  foydalanishga 

qulay  va  oddiy,  amalda  istiqbolli  bo‘lgan  tiklanuvchi  energiya  manbaidir. 

O‘zbekistonning  yalpi  quyosh  energiyasi  salohiyati  50973  mln.t.n.e., 

texnikaviy  salohiyati  esa  176,  8  mln.t.n.e.  ga  teng,  deb  baholanadi.  Demak, 

mamlakatimiz  zaminiga  bir  yilda  tushuvchi  quyosh  energiyasi  absolyut 

qiymatiga  ko‘ra  uglevodorod  xom  ashyosidan  ancha  ko‘p.  Hozirgi  vaqtda 

quyosh energiyasining faqatgina 0,3 foizigina o‘zlashtirilgan. [M] 

Quyosh  energiyasidan  foydalanish  uni  qo‘llash,  resursi,  ekologik  tozaligi, 

osonligi  bilan  ahamiyatlidir.  Quyosh  qurilmalari   markazlashgan  elektr  va 

issiqlik tizimlaridan uzoqda bo‘lgan joylarni elektr energiyasi va issiqlik bilan 

ta’minlashda  juda  qo‘l  keladi.  SHuningdek,  quyosh  energiyasidan  quyi 

potensialli  issiqlik  olish,  cho‘l-sahro  hududlarida  suvni  chuchitish,  qishloq 

xo‘jaligi  mahsulotlarini  quritish,  issiqxonalar  va  yashash  joylarini  isitish, 

binolarni  issiq  suv  bilan  ta’minlash,  shamollatish  va  sovitish,  sof  metallar, 

issiqlikka chidamli materiallar olishda  foydalanish mumkin. 

O‘zbekistonda  muqobil  energiya  manbalaridan,  eng  avvalo,  quyosh 

energiyasidan  foydalanish  sohasida  ilmiy  va  eksperimental  tadqiqotlar  olib 

borish  borasida  salmoqli  tajriba  to‘plangan.  Bu  borada    bir  necha  yillardan 

buyon   ishlanmalar  olib  borilmoqda.  Respublikada  Markaziy  Osiyoda 

o‘xshashi  yo‘q  ilmiy-eksperimental  markaz  —  Fanlar  Akademiyasining 

“Fizika-Quyosh”  ilmiy  ishlab-chiqarish  birlashmasi  tashkil  qilingan  bo‘lib, 

uning tadqiqotlari natijalari jahon miqyosida e’tirof etildi. 

Hozirgi    davrda  barcha  binlarda    issiqlik  bilan  ta’minlash  tabiy  issikliq 

resurslari  orqali  amalga  oshiriladi.  Lekin  er  sayyoramizdagi    tabiiy  issiqlik 

energiyasi xosil qiluvchi  energiya manbalarini  kamayish va ularnitannarxini 

yil  sayin  oshib  borishi    ko‘zatilmoqda.  Bino  va  inshootlarni  energiya  bilan 

ta’minlanshga  to‘liq  yoki  qisma  yangi  xosilbo‘luvchi    energiya  resurslari 

jismladan  quyosh energiyasi  bilan almashtirilsa  maqsadga muvofiq  bo‘ladi. 



15 

Turar joy binolarining isitish yoki  sovutish , issiq suv bilan ta’minlash  shular 

jumlasidandir. 

    Albatta teplotizim asboblari va o‘ni o‘rganish bahosi hozirgi kunda ancha  

baland.  Ammo  quyosh  nurlarini  tekinligini  va  ular  manbasini  bitmas 

tugulmasligini  hisobga  olsak  ,  2-3  yilda  quyosh  nurini    qayta  ishlashga 

muljallangan  uskunalar    o‘zini  qoplaydi  va  butunlay  ishlab  chiqgunicha 

ulardan foydalansa bo‘lar ekan.[m] 

Bu  yunalishda    olib  borilayotgan  ishlanmalarni    kelajagi  va  istiqbollarini 

bashorat  qilish    mumkin.  2020-2030  yillarga    kelibyukori  samaraga  ega 

geliosestemalar  paydo  bo‘lib,  ularni  o‘z-o‘zini  qoplash  muddati  keskin 

qisqarish  mumkin.  SHu  sababli  butun  dunyodagidek  O‘zbekistonda  ham 

noan’anaviy energiya turlaridan , jumladan quyosh energiyasidan foydalanish 

keng tus olmoqda Bunday holatning yana bir muxim sababi atrof  muxitning  

ekologik xolatidir. 

Ekalogik  holat  arxitektor  va  quruvchilardan  yangicha  fikrlashni  talab 

qilmoqda.  Zamonaviy  energetika,  bugungi  kunda  an’anaviyga  aylanib, 

energiya  tashuvchisiga  qarab, umuman  olganda bino  va shaharlarni  energiya 

bilan ta’minlashda atrof-muhit ekologiyasiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. 

   Ma’lumki,  quyosh  energiyasidan  asosan  kam  quvvatli  komunal-maishiy 

issiq suv bilan ta’minlash va isitgichdan foydalaniladi. Dunyo bo‘yicha kam 

quvvatli issiqlik ishlab chiqarish yaqin  istiqbolda 5*10

6

 Gkal.ni tashkil etadi. 



Fitoelektrik qurilmalar umumjahon yig‘indi quvvatni 500 MVt.ga teng. 

 Nashr etilgan Internet ma’lumotlarini tahlili shuni ko‘rsatadi-ki, energiyaga 

bo‘lgan  extiyoj  butun  jahonda  yangi  hosil  bo‘luvchi  quvvat  manbalarini  4-

avlodidan foydalanishga turtki bo‘lmoqda. Bunday usullar binolarni energiya 

bilan  ta’minlashni  samarali  vositalari  –  quyosh  qurilmalarini  jihozlash  va 

o‘rnatishni kam sarf-harajat qilib amalga oshirish imkonini beradi.  

Ishlanmalar ichida ikkita yo‘nalishni belgilash va hisobga olish lozim: 



16 

mayda  avtonom  iste’molchilarni  energiya  bilan  ta’minlashga  mo‘ljallangan 

chegaralangan quvvat darajali quyosh energoqurilmalarini ishlab chiqarish va 

qo‘llash; 

shimoliy  va  cho‘l  hududlarda  chegaralangan  quvvatli  quyoshli  energetik 

stansiyalar yaratish; 

Bu  dunyo  energiya  balansi  miqiyosidagi  muammoni  yangi  hosil  bo‘luvchi 

energiyani sarflash vositasida hal qilish imkonini beradi.  




Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish