Markaziy Osiyo xududidagimezolit davri. Mezolit yunon so’zidan olingan bo’lib, «mezos» o’rta, «litos» tosh ya`ni o’rta tosh davri demakdir. Bu davr aslida yuqori paleolitni davomi bo’lib, o’zining ov va mehnat qurollarini yasashdagi texnikasi hamda o’ziga xos xususiyatlari bilan yuqori paleolitdan keskin ajralib tu radi. Ammo shunga qaramay mezolitni yuqori paleolitdan ajratib turuvchi chegarasi xaqida olimlar o’rtasida hozir gacha bir xil fikr mavjud emas. Ayrimlari mezolit uchun alohida davr umuman bo’lmagan, u paleolitni keyingi poғo nasi xolos desalar, boshqalari uni tabiiy geografik sharo itni o’zgarishiga boғlaydilar, yana boshqalai esa, tosh qu rollarini yashashda yuzaga kelgan yangi texnika uslubiga boғlaydilar.
YUqoridagi fikrlardan qat`iy nazar. so’nggi yillardagi nafaqat bizning Markaziy Osiyo xududlaridagi olimlari miz tomonidan olib borilgan arxeologik ishlar balki jahon bo’ylab arxeologiya soxasida olib borilayotgan izla nishlar mezolitni ajdodlarimiz tarixini yoritishda alohi da o’z o’rniga ega bo’lgan davr ekanligini isbotlamoqda. YUqori poleolitda vujudga kelgan prizma shaklidagi nukleus lardan yupqa va uzun plastinkalarni to’qmok hamda buғu sho xini butoqlari yordamida uchirib olish texnikasini mezo litga kelib takomillashadi. Nukleuslarni xajmi nisbatan kichrayib, shakllari ham o’zgarib uchi chiqarilgan qalamga o’xshashlari paydo bo’ladi. Arxeologiya fanida bu xildagi nukleuslarni qalamsifat (karandashavidniy) deyiladi. Uchirindi plastinkalarni xajmi ham kichrayib noziklasha di« Janubiy xududlarda, jumladan Markaziy Osiyo xududinig mezolit yodgorliklarida mikrolitlardan keng foydala niladi. Mikrolit deganda mezolit davridagi qalamsifat o’zalardan uchirib olingan plastinkalarni bo’lakchlarga segment, trapetsiya va uchburchaksimon shakllarga aylantiril gan kichik xajmdagi geometrik shakldagi mehnat qurollari ni tushuniladi. Bu xildagi topilmalar tayoq yoki hayvonlar ni qobiralarida rezets yordamida uzunasiga xosil qilingan yoriqlarga qatorasiga o’rnashtirilib, ulardan pichoq yoki qirғich sifatida foydalanganlar. Mikrolitlarni xajmlari 1 2 sm dan oshmagan. Bulardan yoғochdan yasalgan kamon o’qlarini va uzoqqa otib sanchish uchun mo’ljallangan nayzalarni tayyorlashda foydalanganlar. Arxeologlar tomonidan o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki chakmok toshdan yasalgan nayzalarni sanchilishi va teshib o’tish xususiyati xatto temir nayzasidan ham samarali bo’lgan. Mikrolitlardanyasalgan pichoqlar, butun plastinkalardan qilingan pichoqlarga nisbatan qulay va samarali bo’lgan. Chunki butun pla stinka ishlatish jarayonida sinsa, uni o’rniga faqat butunplastinka topish shart bo’lgan, bunday imkoniyat xadeb bo’la vermagan. Mikrolitlardan yasalganlarini esa osonlik bilan birini o’rniga ikkinchisini o’rnatilavergan. Mikrolitlar dan yasalgan xanjarsifat qurollar yoki hayvonlarga ma`lum masofadan turib zarb bilan irғitib sanchishga mo’ljallan gan yoғoch nayzalarni ibtidoiy odamlar o’zlari xoxlaganuzunlikda qilish imkoniga ega bo’lganlar. Chunki zarb bilan irғitib sanchiladigan yoғoch nayzalarni uch tomonidan uzuna siga har ikki yon tomonida mikrolitlarni qatorasiga terib joylashtirish uchun ana shu mikrolitlarni xajmlariga mos lab yoriqlar qilingan. Bunday usul ajdodlarimizga qulay bo’lganidan bo’lsa kerak, yuqori paleolitda paydo bo’lgan bunday ov qurollari mezolitda takomillashib, neolit xatto bronza asrida ham foydalanishda davom etgan. Shuni ham ay tish kerakki bu mikrolitlar asosan janubiy rayonlarda qo’llanilgan. Shimoliy rayonlarda esa butun plastinkalar dan foydalanilgan. Mikrolitlar u yoki bu yodgorlkni xrono logiyasini aniqlashda ham arxeologlar uchun qo’l keladi. Sa babi mikrolitlar asbsan mezolit davrida vujdga kelgan juda ko’plab mikrolitlarni paydo bo’lishi va ulardan janu biy rayonlarda keng miqyosda foydalanishga o’tish, shimoliy regionlarda esa asosan plastinkalardan takomillashgan ov qurollarini yasashga o’tish va bu usullarni bir vaqtni o’zida taraqqiy etishi ko’pchilik olimlarimizni fikrlariga ko’ra mezolitni yuqori paleolitdan ajralish chegarasini ko’rsata di. Ma`lumki mezolit yuqori paleolit bilan neolit (yangi tosh asri) o’rtasidagi ajdodlarimizni yashab o’tgan davrini aks ettiradi. Agar mezolit davrini tosh industriyasini (Industriyasi deganda mezolitga oid barcha tosh qurollarini va ularni chiqindilarini tushuniladi). yuqori paleolit va neolit davri nndustriyalari bilan solishtirsak, uni keyin gi davr bilan ancha boғliq ekanligini, ya`ni ko’proq o’xshashligini ko’ramiz. YUqori paleolit davri qurollari ning ba`zilari mezolitda qo’llansa da, ularni mezolitni o’rtalariga kelib butunlay yo’qolib ketadilar. Shuni aytish kerakki dunyo bo’yicha birinchi bo’lib mezolit yodgorligi XIX asr oxiri aniqroғi 1887- yilda frantsuz e. P’et tomonidan Mazd-Azil’ ғoridan topilgan bu yodgorlik mezolitni ilk .davrini yorituvchi boshqa yodgorliklarni ham Azil’ davri yod-gorligi deyiladi. Azil’ga nisbatan ancha keyingi davrga oid mezolit yodgorliklari Frantsiya`ni Tardenuaz makoni-dan topilib, mezolitni o’rta va so’nggi davrlarini aks et-tiruvchi yodgorliklarni ana shu makonning nomi bilan tar-denaz davri yodgorliklari deyila boshladi.
Shuni alohida ta`kidalash joizki mezolitni boshlani-shi geologik jixatdan golotsenni boshlanishi davriga mos keladi. Aynan shu davrga kelib, iqlim sharoitida ham kes-kin o’zgarishlar yuz beradi. Baxaybat muzliklarni shimol tomon chekinishi tezlashadi. Bu muzliklar o’rnida o’simlik-lar o’sishi mumkin bo’lgan erlar, ko’plab ko’llar va botqoq-liklar vujudga keladi. Muzliklarni erishi eramizdan av-valgi 14-8,5 ming yillarga to’ғri keladi. Bu davr ichida iq-lim muz davridan kam farq qilib, xavo ancha sovuq bo’lgan. Keyinroq esa ya`ni eramizdan avvalgi 8,5 va 5 ming yillar oraliғida ancha kunlar ilib, ob-xavo quruq va issiq bo’lib, hozirgi kundagi iqlimga yaqinlashgan. Evropaning keng er-lari qaraғay va keng yaproqli daraxtlar bilan oplangan. Evropaning janubiy rayonlarida va Kavkaz hamda bizning O’rta Osiyo sharoitida esa bunday xolatlar bo’lmagan. Chunki bu joylarda muzlikni o’zi bo’lmagan. YUqori paleolitga xos mamontlar esa bu iliq xavoga chiday olmay shimol tomon siljib, ularni oxirgilari yo’qolib ketganlar. Karkidon (nasorog) va xo’kizqo’y (oviebalk) kabi yuqori paleolitga xos hayvonlar ham mezolitga kelib, qirilib bitganlar. en-di bu hayvonlar o’rnida nisbatan tez yuruvchi va yuguruvchi hamda nisbatan extiyotkor mezolit iqlimiga moslashgan hay-vonlar vujudga kelgan. Garchi bizning O’rta Osiyoda muzlik davri bo’lmagan bo’lsa-da bizdan uzoqroqda sodir bo’lgan ul-kan muzliklarni chekinishi bizning xududimizdagi iqlim o’zgarishiga o’z ta`sirini ko’rsatdi. Shuning uchun ham O’rta Osiyoni hayvonot olamida va o’simliklar dunyosida ham o’zga-rishlar bo’ldi. Yirik hayvonlar o’rniga arharlar, muflon-lar, tov echkilari, buzular, jayronlar, kuyonlar va ars-lon, yo’lbarslar, qoplonlar, gepartlar kabi hayvonlar vujudga keldiki bo’larni yuqori paleolit usuli bilan ov qilib bo’lmas edi. Chunki bu hayvonlar mamontlar yoki na-soroglar kabi poda-poda bo’lib, lapanglab yurmas edilar. Arslon yoki koplon kabi hayvonlar ibtidoiy odamni yolgiz uchratsa odam yo’lbarsni emas balki, ylbars odamni o’zini ov qilib qo’yishi mumkin edi. Shuning uchun ham mezolit oda-malri ovni yangi usulini va yangi ov qurollarini kashf etishi kerak edi. Uzoq yillar davomida ortirilgan ajdod-larmizni tajribalarini yakuni sifatida yangi rv quroli paydo bo’ldi. Bu qurolni nomi o’q va yoy bo’ldi. O’q va yoyni paydo bo’lishi natijasida insoniyat xayotida juda katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Million yillar davomida ajdod-larimizning xujaligini asosini o’zlashtiruvchi xo’jalik tashkil qilgan bo’lsa, endi ular bu qoloq xo’jalikdan nis-batan progressiv bo’lgan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tish imkoniga ega bo’ldilar. o’zlashtiuvchi xo’jalik deganda faqat tabiat in`omlari hisobiga yashashni tushuniladi. Tabiat in`omi deganda esa tabiatdagi yovvoyi o’simliklarni va ana shu tabiat qo’ynidagi hayvonlarni hamda iste`mol uchun yaroqli bo’lgan barcha jonztlarni tushuniladi. YUqoridagi-larni iste`mol qilish hisobiga yashagan ajdodlarimizni xo’jaliklarini o’zlashtiruvchi xo’jalik deyiladi. Bunday o’zlashtiruvchi xo’jalik ya`ni, faqat tabiat in`omi hisobiga yashash butun paleolit davrida mezolit yodgorliklarini ko’pchiligida xatto neolitni ayrim qarorgoxlarida davom etib keldi. Avvalo shuni aytish kerakki o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tish er sharining hamma joyida ham bir vaqtni o’zida sodir bo’lmadi. Ishlab chiqaruvchi xo’jdalik deyilganda odamlarni tabiat in`omlariga qaram bo’lib qolmay, balki iste`mol uchun max-sulotlarni o’zlari etishtirishlarini ya`ni, yovvoyi hayvon-larni xonakilashtirishni, yovvoyi o’simliklarni madaniy-lashtirib, o’zlari ekishlarini tushunmoqkerak. Agar ona aj-dodlarimiz million yillar davomida termachilik bilan shuғullanib ularni barcha xususiyatlarini o’rganib dehqon-chilikka asos solgan bo’lsalar, o’q va yoyni paydo bo’lishi bi-lan ota ajdodlarimiz yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish-ga asos soldilar. O’q va yoy tufayli bitta ovchini o’zi ovga chiqish imkoniga ega bo’ldi. U tez yurar tulki, arhar, kiyik kabi hayvonlarni ov qila olish imkoniga ega bo’ldi. Ba`zida ov baroridan kelib, bitta emas ikkita xatto uchta hayvonni ov qilish mumkin bo’lgan. Shular orasida yaralan-gan xolda tirik qo’lga tushgan o’ljalarni xonakilashtirib, boqish imkoniga ham ega bo’lgan. Natijada chorvachilik vu-judga kelgan. Shunday qilib, iste`mol uchun zaxiralar vu-judga keldi. Demak ajdodlarimiz o’zlashtiruvchi xo’jalik-dan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’ta boshlaganlar. Arxeolo gik izlanishlar Old Osiyo xududidagi mezolit yodgorliklari birinchilar qatorida o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiq-aruvchi xo’jaliklarga o’tganliklarini ko’rsatadi. Ammo ularni hammasida bir vaqtda sodir bo’lmagan bir xillarida avval dehqonchilikka o’tilgan bo’lsa, boshqalarida avval chorvachilik paydo bo’lgan.
Shuni alohida aytish joizki nafaqat bizni Markaziy Osiyoda balki, sobiq Ittifoqni biron joyida dehqonchilik belgilarini ko’rsatuvchi mezolitga oid yodgorlik topilma-gan. Ammo Kabardin-Bolqorxududidagi mezolit yodgorlik-laridan birida o’ruvchi pichoq topilgan. Xuddi shuningdek o’rishga mo’ljallangan o’roq-pichoq bizning Uzbekistonimiz-dagi Surxondaryo viloyatini Machay ғoridan topilgan. Bu mehnat quroli hayvon qobirғasidan yasalgan bo’lib, qobirғa-ni bir yon tomonida uzunasiga mikrolitlarni qadash uchun rezets yordamida ariqcha shaklida yoriq xosil qilingan. Bu mehnat quroli bilan u yoki bu o’simlikni o’rishda foydala-nilgani aniq. Chunki bu qurolni ishlatish jarayonida erga ishqalangan tomoni silliqlashib, unda urish ishlarini ba-jarganligini tasdiqlovchi izlar qolgan. Ammo bu mehnat quroli bilan nima o’rgani hozircha noma`lum.
Machay ғoridan chiqqan topilmalarni o’rganish shuni ko’rsatdiki bu erda dexkochilik bo’lmagan, chorvachilik esa mavjud bo’lgan. Shuni ham aytish kerakki nisbatan janubiy rayonlar hisoblangan Қrim, Kavkaz, sharqiy va qisman shi-moliy Kaspiy bo’ylari, janubiy Ural xududlarda garchi plastinkalardan mehnat qurollari qilinsada, miklolitlar-dan ham keng foydalanilgan. Ural xududidagi qarorgoxlar-ni aksariyati UP-1U ming yillik bilan belgilanadi. Қuyi Tagilda mehnat kurollarini yasash bilan shuғullanuvchi us-taxona ochilgan. Ural mezolitining o’ziga xos xususiyatlari-dan biri mezolit yodgorliklaridan ovchilarni vaqtli yashash joylarini oz miqdordagi mehnat qurollari bilan birga to-pilishidir. Қrimda mezolitga oid bir necha unlab yodgorlik-lar topilgan. Ularning aksariyat ғorlarda joylashagn bo’lib, ular orasida ko’p qatlamlilari ham bor. Қrimdagi mezolit yodgorliklari ichida Shayton-Koba qarorgoxi o’ziga xosligi bilan boshqalaridan ajralkb turadi. Harakterlisi shundaki bu ғorni kiraverishida shamol va yoғingarchiliklar-dan saqlanish uchun yoғoch va toshlardan sun`iy to’siq xosil qilingan. Ғorning markazida toshdan qurilgan o’choq bo’lgan. Ovchilik ularni xujaligini asosini tashkil qilgan. Ov asosan yovvoyi cho’chqa va buғularga qilingan. Termachilikdan keng ravishda foydalanilgan. Baliqchilik juda sust bo’lgan. Sababi suv xavzalari qarorgoxdan ancha uzoq masofada joy-lashgan. Moldaviya xududidagi yodgorliklar asosan mezolitni oxirlariga to’ғri kelib, ulardan biri Soroki qarorgoxini yoshi radiokarbon yordamida 5,5 ming yil bilan belgilangan. Bu yodgorlikni xususiyati shundan iboratki bu erda hayvon-lar xonakilashtirilgan. Bular orasida yirik shoxli hay-vonlar ham bor.
Volga-Oks daryolarini oraliғida Belorusiya, Litva va bularga yaqin zonalarda janubga xos bo’lgan geometrik shak-larga ega bo’lgan mikrolitlar umuman yo’q. Bu joylardagi mehnat qurollarining barchasi butun plastinkalardan yasal-gan. estoniyadagi Kund madaniyatiga oid mezolit yodgorlik-larini xronologiyasi ham UN-1U ming yillik bilan belgi-lanadi. Kunda yodgorligini o’zi ko’l yoqasiga joylashagan bo’lib, bu erda vaqti-vaqti bilan yashaganlar. Bu erdagi to-pilgan ov qurollarining aksariyati baliqchilik bilan boғliq bo’lgan. Latviya xududidan ham mezolit davriga oid 150 dan ortiq qabrlar topilgan va o’rganilgan. Bu kabi qabrlar va yodgorliklar nisbatan shimolda joylashgan hamd-o’ustlik mamlakatlarni xududlarida ham ko’plab topilgan. Ammo ularni xronologiyasi UP-1U mingdan oshmaydi. Agar bu shimoliy rayonlardagi yodgorliklar bilan bizni Marka-ziy Osiyodagi yodgorliklarni qiyoslab o’rgansak, bizdagi me-zolit yodgorliklari ularga nisbatan 1,5 barobar qadimiy bo’lganliklarini guvoxi bo’lamiz.
Bizning Markaziy Osiyo xududidagi mezolit davri yod-gorliklarini ko’p jixatlari ayniqsa tosh industriyasi yaqin sharq mezolitga o’xshab ketadi. Shuning uchun ham O’rta Osiyo arxeologiyasi uchun tosh asri buyicha juda ulkan ishlarni qilgan zabardast olim, akademik A. P. Okladnikov daliliy ashyolariga suyangan xolda o’zini fikrlarini quyidagicha bayon qiladi: »Xali yuqori paleslit davrida Evropada Solyut-reylar va Orin’yaklar yashagan bir paytda O’rta Osiyoda tosh asri madaniyatining taraqqiyoti Falastin va shimoliy Af-rika madaniyatiga juda yaqin bo’lgan yunalishda rivojlan-gan. Bu rivojlanish tez orada yuqori paleolitdan mezolit madaniyatiga o’sib etishga imkon bergan. Bu madaniyat janub-ga xos bo’lgan xususiyatlarni ifodalovchi segment trapetsiya shakliga ega bo’lgan mezolit qurollarini borligi bilan belgilanadi. Bu o’ziga xos madaniyat Kozoғistonning shimo-liy cho’llarida yashovchi Volgadan to Uralgacha bo’lgan xududlarga o’z ta`sirini ko’rsatgan». Ana shunday xususiyatlarga ega bo’lgan Markaziy Osiyo yodgorliklaridan biri Djebel bo’lib, shu yodgorlik tufayli nafaqat mezolit balki neolit davriga mansub bo’lgan ko’p yodgorliklarni xronologiyasiga aniqlik kiritilgan. Bu yodgorlik 1947 yili A. P. Okladnikov tomonidan topilib, 1949 va 1950 yillarda qazish ishlari olib borilgan. Djebel yodgorligida jami 10 ta madaniy qatlam borligi aniqlanib, shundan 8 tasi asosiy, 2 tasi esa o’tish davrini aks ettiruvchi qatlamlar deb topilgan. Madaniy qatlamlardan jami 5345 ta tosh buyumlar topi'lib, ular orasida 31 xili mehnat qurollari sifatida ajratib olingan. Yodgorlikdagi 8,7 madaniy qatlamlar mezolitni oxiriga, 5 a, 5, 6lar esa mezolitdan neolitga o’tish davrini, 4 va 5ilk neolit davrini, 3si so’nggi neolitni, 2 va 1 ilk bronza asrini aski ettirishlarini aniqlagan. Bu yodgorlik har tomonlama mukammal o’rganilgan yodgorliklar qatoriga kiradi. eng muximi bu yodgorlikni mutloq yoshi radiokarbon usulida aniqlangan Djebel yodgorligini mukammal ravishda kelib chiqqan xulosa shuki, shu yodgorlik tufayli O’rta Osiyodagi mezolit va neolit yodgorliklarining xronologiyasi ularni davrlashtirish masalalari, madaniy jixatdan qaysi madaniyatga alokadorligi kabilarni aniqlashda Djebel muxim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham arxeologlar bu yodgorlikni boshqa yodgorliklarni aniqlash qiyin bo’lgan jixatlarini aniqlashda kalit rolini bajaruvchi katta ahamiyatga ega bo’lgan yodgorlik deb atashadi.
Xuddi Djebel kabi mezolit davri ajdodlarimiz tarixini o’rganishda katta ahamiyatga ega bo’lgan yodgorliklardan yana biri Damdam chashmaP yodgorligidir. Bu yodgorlik katta Bolqon toғining Kaspiy dengiziga qaragan yonbaғridagi dara ғorlaridan birida joylashgan bo’lib, uni 196364 yillari arxeolog olim G. E. Markov tomonidan mukammal o’rganilgan. Ғordagi madaniy qatlamni qalinligi 3 m 20 sm dan 5 m gacha boradi. Jami madaniy qatlam maydonini 250 m2 to’la qazilib materikkacha etilgan. Hammasi bo’lib 9 ta xronologik jixatdan birbirlaridan farq qiluvchi madaniy qatlamlarni borligi aniqlangan. Bu qatlamlardan 609 ta loydan yasalgan idishlarni siniqlari va 11 mikgdan ortiq chaqmoqtoshlardan yasalgan mehnat qurollari hamda ularni chiqindilari topilgan. eng muximi yodgorlikni 7qatlamidan geometrik shaklga ega bo’lgan tosh qurollar topilib, ularni yaqin sharqdagi yodgorliklarni va Djebeldagi tosh qurollar bilan solishtirilib, ular o’rtasidagi o’xshashlik alomatlarini borligi aniqlandi.
Ana shu qiyosiy o’rganishlarni natijalariga ko’ra DamdamchashmaI ni 9qatlami ilk mezolit davri bilan yoki yuqori paleolitni so’nggi bosqichi bilan, aniqroғi eramizdan avvalgi X ming yillikgacha bo’lgan davr bilan belgilandi. 9 qatlamdan keyingi 8, 7, 6, 5 qatlamlar esa ilk mezolitdan to so’nggi mezolitgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. 4qatlamni pastki qismini esa so’ngggi mezolit bilan aniroғi UPU1 ming yillik bilan belgilanadi. Demak, 8, 7, 6, 5 va 4 qatlamni pastki qismi XII ming yillikdan eramizgacha bo’lgan VI ming yillikni o’z ichiga oladi. 4madaniy qatlamni ustki qismi esa ilk va rivojlangan keramikali neolit davriga yoki eramizgacha bo’lgan U1U ming yillikka tegishli. 3 madaniy qatlamni qalinligi va undagi arxeologik materiallarni analizini yakuniga ko’ra, uni xronologik ramkasi IV ming yillikni oxiri va III ming yillikni ikkinchi yarmi bilan belgilanadi. Bu davr arxeologik jixatdan eneolit va so’nggi neolitni o’z ichiga oladi. 2madaniy qatlami esa eramizgacha bilgan II ming yillikni ikkinchi yarmini o’rtalari bilan belgilanadi. Shunday qilib Djebeldan so’nggi ikkinchi kalit yodgorligi hisoblangan DamdamchashmaP yodgorligi o’z tarixida taraqqiyotning bir necha bosqichlarini ya`ni yuqori paleolitni oxiridan to bronzani oxirigacha bo’lgan davrlarni o’z boshidan kechirganini ko’rsatadi. Bu yodgorlikni o’ziga xos xususiyatlaridan biri uni birinchi bo’lib, mezolitni oxirlariga kelib Kaspiy bo’ylaridan avval echkilarni, so’ng qo’ylarni xonakilashtirilganlarini isbotlovchi arxeologik ma`lumotlarni berishidir. Bu demak million yillar davomida Markaziy Osiyoda ajdodlarimiz o’z xo’jaliklarini o’zlashtiruvchi xo’jalik asosi. da yuritib kelgan bo’lsalar, endi mezolitni oxirlariga kelib, Markaziy Osiyoni hamma xududida bo’lmasada ayrim joylarida o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tganlar deyishimizga asos beradi.
O’ziga xos xususiyatlari bilan Markaziy Osiyoni mezolit va neolit davri xaqida bizni tasavvurimizda chuqur iz qoldiruvchi yodgorliklardan yana biri bu Damdamchashma1 yodgorligi bo’lib, u Damdamchashma11 bilan deyarli yonma yon joylashgan. Ғorni kengligi qoyatosh ayvoni oldida 48 m, ichkari tomoni 14 m, balandligi esa 10 m, ammo uni ichki satxi DamdamchashmaP kabi yashash uchun uncha qulay bo’lmagan. Shuning uchun bo’lsa kerak uni madaniy qatlamlarini qalinliklari ham har xil. Lekin shunga qaramay bu yodgorlikda olib borilgan izlanishlar shuni ko’rsatdiki, undan topilgan arxeologik topilmalar juda katta tarixiy ahamiyatga ega ekan. eng muximi bu erdagi arxeologik materiallar shu ғorda yashagan ajdodlarimizni chetdan kelmaganini, balki shu erli yuqori paleolit odamlarining davomchilari ekanli-gani isboilab berdi. Izlanishlar yana shuni ko’rsatdiki Dam-dam-chashma-1 va Dam-dam-chashma-P larning madaniyati shimoliy Iroqning mezolit davri madaniyatiga va janubiy Kaspiy bo’ylaridagi hamda janubiy-sharqiy erondagi mezo-lit, neolit davri madaniyatiga juda yaqinligini ko’rsatib, yuqoridagi akademik A. P. Okladnikovni fikrlarini to’ғri ekanlagini yana bir bor isbotladi. Dam-dam-chashma-1 va Dam-dam-chashma-P larda qazish ishlarini olib borgak arxeo-log G. E. Markovni taxminiga ko’ra, Dam-dam-chashma-1 va Dam-dam-chashma-P larni madaniyati sharqiy- janubiy Kaspiy bo’ylari, eronning maarkaziy viloyatlari va Iroqni shimo-li, tosh asrida bitta umumiy bir-biriga juda o’xshash mada-niyatga ega bo’lgan xududni tashkil etganlar. Shunday qilib, Dam-dam-chashma-1 yodgorligida olib borilgan arxeologik iz-lanishlar Dam-dam-chashma-P kabi bu erda ham mezolitni ik-kinchi yarmidan bronzani ilk davrigacha bo’lgan tosh indust-riyasini rivojlanish dinamikasini ko’rsatuvchi yodgorlik ekani aniqlandi. A. P. Okladnikov tomonidan topilgan va o’rganilgan navbatdagi mezolit yodgorligi o’zini ob- xavoni o’zgarishi tarixi bilan boғliq bo’lganligi va Kaspiy dengi-zini ta`sirini aks ettirgani bilan ko’pchilikni ehtiborini o’ziga jalb qilgan Kaylyu qarorgoxidir. Bu Kaylyu ғori ho-zirgi kunda ham Kaspiy dengiziga juda yaqin bo’lib, uni ma-daniy qatlamlari 4 m lik qalinlikka ega. Bu mezolitga oid madaniy qatlamlarni tagi Kaspiy dengizini harsangtoshla-ridan iboratdir.
A. P. Okladnikovni xulosasiga ko’ra dengiz suvini to’lini o’z qirғoғidagi toғ jinsini vaqt o’tishi bilan emi-rib, ғorni vujudga keltirgan va oradan ko’p yillar o’tishi bilan dengizni o’zi qirғoqdan ancha chekingan. Shundan so’ng mezolit odamlari kelib bu ғorga joylashganlar. Hozirgi kunda dengiz bu qarorgoxdan 20 m pastga tomon siljigan. Bu yodgorlikni o’ziga xos xususiyatlaridan biri uni madaniy qatlamlarini juda yaxshi saqlanganligidir. Uchirindi va plastinkalar va ularni o’zaklar juda ko’plab topilgan. eng noyob topilmasi bu suyakdan maxsus yasalgan nina bo’lib, uni bir uchi o’tkirlangan, ikkinchisida esa ip o’tqazish uchun maxsus parmalanib, teshik xosil qilingan. Bunday usulda tayyorlangan ignani topilishi Markaziy Osiyo xududida yagona voqea bo’lgan edi. A. P. Okladnikovni xulosasiga ko’ra Markaziy Osiyo xududida mezolit davrida kishni sovuq kunlarida ajdodlarimiz maxsus bichib tikilgan kiyimlarda yurishgan. Bu borada tulki, bo’ri, quyon kabilarni terilaridan keng foydalanganlar. Aks xolda yuqoridagi kabi maxsus tayyorlangan ignalar bizgacha etib kelmagan bo’lar edi. Kaylyu ғor yaqinidan ikkita go’rni topilishi va ularni o’rganilishi ularni mezolit va neolit davriga mansub ekanliklaridan dalolat beradi. Bu qabrlardan topilgan arxeologik materiallarni ahamiyatli tomonlari shundaki bular ajdodlarimizni diniy e`tikodalri, ko’mish marosimlari xaqida bizga ancha mukammal ma`lumotlar berdi. Murdalar ustiga kizil rang (oxra) lar sepilganligi uchun ularni suyaklari
bo’yalgan xolatda topilgan. Harakterli tomoni shundaki, qabrlardan bu ranglardan tashqari dengiz chiғanoqlaridan yasalgan juda ko’plab taqinchoqlar ham topildi. Bularning hammasi mezolitni oxiriga kelib, bizni Markaziy Osiyo xududimizda uruғlarni qabristoni vujudga kelganidan va bunday xolat ajdodlarimizda narigi dunyoga ishonish e`tiqodi ancha taraqqiy etishidan dalolat beradi. Ajdodlarimiz bu kizil ranglar qon urnini bosishiga va «hayotiy kuvvatga« ega bo’lishiga ishongan bo’lsalar ajab emas. Bu yodgorlikni o’rganilishi yana shuni ko’rsatdiki, bu qadimgi qabilalar biz uchun meros. qilib qoldirgan madaniyatlarni har biri, bir-birini ichidan o’sib chiqqan, chetdan keltirilmaganligini ko’rsatdi. Ammo bular eron va Iroqni shimolidagi qabililar bilan mustaxkam aloqada bo’lganlar. YUqoridagi yodgorliklarni barchasida uchirilgan plastinkalarni sifatlari yuqori darajada bo’lgan. Buning sababi A. P. Okladnikovni fikricha shu yodgorliklar joylashgan xududda chaqmoqtosh zaxiralarini ko’pligi va ularni sifatini yuqori darajada ekanligidir. Bunday fikrni to’ғriligini, bu borada juda ko’plab tajribalar o’tkazgan arxeologlarni iz-lanish natijalari ham to’la tasdiqlaydi. Faqat sifatli xom ashyolardangina sifatli mehnat qurollarini yasash mumkin.
Markaziy Osiyo xududidagi, hozirgi hamdo’stlik mamla-katlari orasida Tojikiston respublikasini xududi arxeo-logik jixatdan nafaqat chor Rossiyasining xukmronlik dav-rida, balki kizil Imperiya`ning XX asrni ikkinchi yarmiga qadar ham juda kam o’rganilgan edi. Tojikistonda nafaqat tosh asri, xatto bronza davri ham tushunilishi qiyin bir jumboq bo’lib kelmokda edi. Shuning uchun ham bu xududda kutilmaganda antik davrda yuqori madaniyat gullagan degan tushuncha yuzaga kelgan edi. Ammo 1948- yildan boshlab, rus olimlari A. A. Semenov, A. Ya. Yakubovskiy va M. M. D’yakonovlarning tashabuslari bilan tosh asri bo’yicha A. P. Okladnikov boshchiligida maxsus otryad tashkil kilinib, qi-diruv ishlari boshlab yuborildi. Bu otryad tarkibida 3. A. Abramov, N. N. Zabelina, T. I. Zaimal’, V. D, Zaporoj-skaya, A. T. Konoplya, V. E. Larichev, V. A. Ranov kabi rus olimlari bo’lgani xolda Tojikistonni milliy kadrlaridan bironta ham yo’q edi. Bu otryad tomonidan deyarli butun To-jikiston xududida: Amudaryoni janubiy bo’ylarida, Xisor vodiysini markaziy qismida, shimolda Sirdaryo xavzasida tosh asri yodgorliklari borligi aniqlandi. Chil-chor-chashma buloғi yonidan Xoji- yagona nomi bilan fanga kirgan mezo-lit yodgorligi topildi. Danғara rayoni xududidan esa ikki-ta mezolit davriga oid ajdodlarni to’rgan joylar topildi. Bu erlardan topilgan tosh qurollarning hammasi A. P. Ok-ladnikov tomonidan Djebelni tosh industriyasi bilan qiyos-lab o’rganilib, ularni xronologiyasini rivojlangan mezolit davri bilan belgilandi. Ikkinchi turar joy esa Danғara, ya`ni shahar tipidagi qishloqni o’zidan topildi. Mikrolitik qiyofaga ega bo’lgan eng boy topilmalar Chil-chor-chashma bu-loғi yonidan topildi. Bu yodgorliklarni tosh qurollarini Djebel bilan solishtirib, A. P. Okladnikov eramizgacha bo’lgan U1-U ming yillik bilan belgilagan. Otryad tomoni-dan topilgan barcha mezolit yodgorliklarini o’rganilishi na-tijasida eramizdan avvalgi VIII- V ming yillikda Toji-kiston xududida Amudaryodan Sirdaryogacha bo’lgan erlarda ovchi-yiғuvchilar va baliqchilar yashagan va ular keramika (sopol) ni, o’q-yoynibilmaganlar. Bu kabilalar mezolit ma-daniyati darajasida bo’lganlar. Ularni tosh ishlash usullari bir xil bo’lib, asosan mehnat qurollarini prizma shaklida-gi o’zaklardan yupqa qilib olingan pichoqsimon plastinka-lardan yasaganlar degan fikrga kelingan.
Shundan so’ng A. P. Okladnikov boshchiligidagi otryadni butun diqqat e`tiborini juda ifodali saqlangan Vaxsh, Kofirnigon va Tojikistonning boshqa tosh daryolarini te-rassalariga qaratildi va bu joylardan ko’plab qayroqtosh-lardan yasalgan mehnat qurollari topildi. Natijada arxeo-logiya faniga «Xisor madaniyati»nomi bilan kirib kel-gan tosh asrini yangi madaniyati kashf etildi. Bu madaniyat-ni batafsil ifodalaydigan va eng yaxshi saqlangpan hamda mukammal o’rga-nilgan, arxeologik materiallarga juda boy bo’lgan yodgorlik buPTutqoul manzilgoxidir. Bu yodgorlik ko’p qatlamli bo’lib, undagi arxeologik topilmalarning barchasi Xisor madaniyati-ni aks ettiradi. Tutqoul Puli-changi darasining 70 km janubiy-sharqida Nurli shaxridan 12 km yuqorida joylashgan. Tutqoul bu xududda yolgiz bo’lmay uning yaqinida Say-Sayyod va Қumtepa yodgorliklari joylash-gan. To’rt sezon qazish ishlari olib borilishi natijasida 40 mingdan ortiq Xisor. madaniyatiga oid arxeologik mate-riallar topilgan. Bu yodgorlkni ikkinchi gorizontidan bir xotin va uch bolani qabri ochilib, ularni suyak qoldiqlari topilgan. Xisor madaniyatining bosh xususiyati shundan ibo-ratki, bu erdagi tosh qurollarni ko’pchilik qismi qayroq-toshlardan yasalgan. Shuning uchun arxeologiya fanida Tutqo-ulni tosh qurollari xaqida gap ketganida, uni texnikasi «Galechnaya texnika» ga asoslangan deyiladi. Butun tosh industriyasini faqat 30 foizigina chakmoktoshlardan yasal-gan bo’lib, ular to’mtoq va daғal qurollardan iborat. Tu-tqouldagi va Xisor madaniyatiga oid boshqa yodgorliklardagi kolletsiyalarni asosiy qismi uchirindi (otshep) lar bo’lib, bo’lar mehnat kurollarinin yasash uchun yarim tayyorlangan ashyo (zagatovka) lar rolinio’uynagan. Xisor madaniyatiga xos va keng tarqalgan mehnat kurollari chopperlar bo’lib, cho’ppinglar kam uchraydi. Chopper deganda oddiy qayroqtoshni otboynik yordamida bir tomonidan bir necha uchirindilarni uchirmasi natijasida o’tkir qirra xosil qilingan mehnat qurolini tushuniladi. Chopper qurolini yasashdan avval aj-dodlarimiz, shu qurolni yasalishi uchun qulay bo’lgan, ya`ni nisbatan yapaloqroq shaklga ega bo’lgan qayroqtoshni tanla-ganlar. Bu xildagi qayroqtoshlar soylarda, daryo qirғoqla-rida hozirgi kunlarda ham.ko’plab uchraydi. Chopper quroli-ni bir tomoniga otboynik yordamida ishlov berilib, o’tkir kesuvchi qirra xosil qilingan bo’lsa, ikkinchi qarama- qar-shi tomoniga ishlov berilmay to’mtok va silliqligicha qol-dirilavergan. Chunki bu tomoni qo’l. bilan ushlash uchun ku-lay bo’lgan. Demak, qo’l chopper qurolini ishlatishda, bolta dastasiga o’xshash vazifani bajargan. Shell’ va ashell’ qu-rollarini ishlatilganida ham shunday usul qo’llanilgan. Chopperlar daraxtlarni kirkishda, butoqlarini butashda, yoғochdan mehnat qurollarini yasashda xuddi hozirgi zamon boltaliriga o’xshab foydalanilgan. Bulardan tashqari chop-perlar terilarga ishlov berishda ham qo’llanilgan. Bu mehnat quroli xaqida yana shuni aytish kerakki, bu qurolni paydo bo’lishini tarixi quyi paleolitga borib taqaladi.
Xatto ashell’ qurollari bilan bir qatorda ham foydalanilgan bo’lib, u keyingi o’rta, yuqori paleolitda, mezolit va neolitda, xatto bronza asrida ham uchraydi. Buning sababi uni yasalish texnikasini oddiyligi, qayroqtoshlarni serobligi va bu qurollar yordamida ko’p ishlarni bajarish mumkinligi bo’lsa kerak. Bu__ qurolga chopper deb ng^» ko’ygan odam. bu ingli_z_olimi Mov^i_usdir. Chopperlarga nis-batan kamroq uchraydigan, ammo chopperlardan farq qilib, bir tomondangina emas, balki akki tomonidan xam ishG`t_i bersh!gan kurollarni Movius choppnng deb atagan. Aslida chopperlarni qirralari o’tmaslashib, to’mtoqlashganida ular-ni ikkinchi tomonidan otboyniklar yordamnda bir necha bor zarb bilan urib, uchirindilar uchirilib, chopperlar chop-pinglarga aylantirilganlar. Chopperlar va choppinglar faq-at ma`lum bir regiongagina xos bo’lib qolmay, balki jahondagi ko’p yodgorliklarga xosdir. T u_t q o u l d a g i Xi s od madaniyatigaoid katlamlar UP-U1 ming yillikni uz ichiga oladi. Xisor madaniyati egalarini xo’jaligini asosini nima tashkil qilgani xaqida turlicha fikrlar mavjud.
Ayrim olimlar Tutqoul manzilgoxini egalari ovchilik bilan termachilidan chorvachilikka o’ta boshlaganlar, so’ng chorvachilikdan dehqonchilikka o’tgan desalar, shu yodgorlikni trassalogiya usulida o’rgangan olima G. F. Karobkova bu ma-daniyatga doir mehnat qurollari orasida xech bir dexonchi-lik bilan shuғullanganliklarini tasdiqlovchi asos yo’q. Ammo chorvachilik bilan shuғullanganliklaridan dalolat b,e-ruvchi mehnat qurollari mavjudligini ko’rsatib, Xisor ma-daniyatini egalari chorvachilik bilan shuғullanganlar degan fikrga keladi. Bizningcha ikkinchi fikr asoslidir. Chunki S. A. Semenov tomonidan yaratilgan trassalogiya usuli da-liliy ashyolarga suya`nib, 1960-yillardan boshlab, butun jahon miqyosida tan olinib, hozirgi kunlardi taraqqiy et-gan mamlakatlarda keng qo’llanilmoqda. Bu usulga baғish-langan S. A. Semenovni «Pervobmtnaya texnika»kitobi 1964 yilda Angliyada ingliz tilnda nashr etilgach, bu tras-salogiya o’suln jahon bo’ylab keng quloch yoya boshladi. 1976 yili esa shu usulga baғishlanib Kanada mamlakatida arxeo-loglarni xaltsaro anjumani bo’lib o’tdi. Shuni aytish ke-rakki arxeologiya fanida u yoki bu yodgorlikni o’rganishda ayniqsa ularni mehnat qurollarini funktsiyalarini aniq-lashda juda ko’p usullar mavjud. Bular orasida tipologiya usuli birinchi bo’lib paydo bo’lgan va ko’p yillar davomida deyarli barcha olimlar tomonidan qo’llanilib kelingan. Bu usulga ko’ra u yoki bu mehnat qurolini tashqi ko’rinishiga qarab, uni funktsiyasi, ya`ni bajaradigan vazifasini nomi belgilanadi. Masalan topilmeni tashqi ko’rinishi boltaga o’xshasa bolta, pichoqka o’xshasa pichoq deb taxminiy fikr ay-tiladi.
Shuning uchun ham arxeologlar bunday xulosaga kelish-larida etnograflarni ma`lumotlari bilan o’z xulosalarini mustaxkamlashga harakat kilar edilar. Chunki etnograflar tashqi dunyodan ajralib, ibtidoiy tzumni turli davrlarida hozirgi kunlarda ham qoloq tarzda yashayotgan xalklarni o’rganish jarayonlarida ularni mehnat qurollari va ularni ishlatish usullari bilan tanishib qaytadilar. etnograflar orasida ana shu qolib ketgan qoloq xalklarni mukammalroq o’rganish maqsadida ular bilan birga yillab yashaganlari ham bor. Ularni izlanishlari shuni ko’rsatdiki, u tonfadagi xalqlar turli davrlarga mansub bo’lib, xatto tosh asrini boshidan kechirzyotganlari ham mavjud. Ammo trassalogiya uslubinn yaratilishi va uni keyingi yillarda keng ko’lamda qo’llanilishi mehnat qurollariii funktsiyalarini aniqlashda katta ahamiyat kasb etib, etnograflarni ma`lumotlariga, ayniqsa tosh qurollarini funktsiyalarini aniqlashda uncha extiej kolmadi. Chunki trassalogiya uslubiga ko’ra tipolo-giya uslubiga o’xshab, u yoki bu tosh qurolini tashqi ko’rini-shiga qarab emas, balki uni ishlatilishi natijasida, mehnat qurolinn ishlatilgan qismida qoldirilgai izlariga qarab funktsiyasi aniqlanadi. Ma`lumki hozirgi zamon uy-ro’zғor asboblarini ishlatishimiz natijasida kunlar o’tishi bilan ularni ishlatilgan qismlarida o’ziga xos izlar qola-di. Masalan o’tin arralovchi arrani har ikki yuzida uzuna-siga joylashgan bir necha o’nlab ingichka chiziqlar shaklidagi izlarni joylashganini ko’ramiz. Xuddi shuningdek tosh as-rini mehnat qurollaridan ham qanday funktsiya`ni bajarga-niga karab, har xil ko’rinishdagi izlar ishlatilgan qism-larda qolgan. Ammo bularni hozirgi zamon uy- ro’zғor bu-yumlaridagi qolgan izlardan farqi u.larni oddiy qurollan-magan ko’z bilan ko’rib bo’lmaydi. Sababi ular nisbatan ju-da kichik va ko’p ming yillar o’tishi natijasida har xil tu-proq va kumlar bilan qoplanib, ko’rinmaydigan bo’lib kol-ganlar. Shuning uchun o’rganiladigan tosh qurollar avvalo xitxinol bilan yaxshilab yuviladi, so’ng o’tmishda ishlati-lishi natijzsida kolgan izlarni bir necha o’n xatto yuz ba-robar qilib ko’rsatib beruvchi zamonaviy asboblar yordamida kuzatiladi. Ana shunday asboblardan biri MTS-11 raqamli binokulyar apparati bo’lib, bu apparat yordamida tosh qurol-larda qolgan izlarni yaqqol kzatish mumkin. Chunki bu appa-rat toshdagi izlarni har birini kalam chizigidek, xatto un-dan yo’ғonroq qilib ko’rsatadi. Bunday izlarni qanday ish-larni bajarish natijasida paydo bo’lganini aniqlash maq-sadida bir necha xil tajribalar o’tkaziladi. Masalan uchi-rindilardan birida ibtidoiy usulda yoғochga, ikkinchisida suyakka, uchinchisida teriga va hokazolarga to ul arda ma`lum darajada izlar xosil bo’lgunicha ishlatiladi. Bu izlarni turlicha bo’lishi tabiiydir. Shundan so’ng bu tajri-balar o’tqazish orqali xosil qilingan izlar ajdodalrimiz tomonidan qoldirilgan mehnat qurollaridagi izlar bilan solishtirilib, ularni funktsyalari aniqlanadi. Bunday usul bilan mehnat qurollarini o’rganish usuli trassalogiya usuli deyiladi. Aniqroғi trassalogiya usuli mehnat qu-rollarini funkitsyalarini izlariga qarab, aniqlash de-makdir. Bunday usulni arxeologiya faniga kirib kelishi juda ko’plab yangiliklarni berdi. Bu usul tosh asri yodgor-liklarinin mehnat qurollarini, ayniqsa mezolit va neolit davriga oid qurollarni funktsiyalarini aniqlashda juda qu-lay va ahamiyatlidir. Ammo bu usulni bitta kamchiligi shundan iboratki, bu usul bilan o’rganiladigan mehnat qu-rollari tabiatni ta`sir kuchlaridan yaxsha saqlangan bo’lishlari shart. Ular madaniy qatlamlarda qanday qoldi-rilgan bo’lsa, o’sha xolatda saqlangan bo’lishi kerak. Aks xolda , ya`ni madaniy qatlamlar tabiatni ta`sir kuchi na-tijasida joylaridan jilib, undagi mehnat qurollari quyosh nuri yoki shamol ta`siri kabilarga duch kelgan bo’lsa-lar.ulardagi izlar yo’qolib, ularni funktsiyalarini aniq-lash mumkin bo’lmay qoladi. Madaniy qatlamdan olinganlari esa trassalogiya usuli bilan o’rganilganda o’tmish ajdodla-rimizni turmush tarzlari xaqida juda aniq va yuqori aha-miyatli ma`lumotlarni beradi. Shuning uchun ham Tutqoul yodgorligidagi madaniy qatlamlarida olingan topilmalarni trassalogiya usulida o’rganib, G. F. Karobkovani qilgan xu-losalari.biz uchun ishonarlidir.
Tojikistondagi mezolit yodgorliklaridan yana biri Osh-xona nomi bilan fanga kirgan ustaxona manzilgoxidir. Osh-xona sharqiy Pomirdagi Markansuv daryosining o’ng irmoғi xavzasida, dengiz satxidan 4100 m balandlikda joylasha-gan. Faqat bosh ob’ektdan topilgan tosh buyumlarni soni 4 mingta. Bular asosan tosh uchirindilardan yasalgan katta va kichik qirғichlar, teshuvchi (prakolka) lar hamda randa (skobel’) lardir. Bulardan tashqari ikki xildagi kamon uchlari topilkb, ularni bir xillari yupqa urchuqsimon shaklga ega bo’lib, har ikki tomoniga ishlov berilgan plastinkalardan yasalgan. Ikkinchilar esa daғal va sifatsiz ishlov berilgan kamon o’qlaridar. Bu yodgorlik madaniyatini bosh xususiyati daғal qurollar bilan bir qatorda juda o’tkir did bilan yasalgan nozik qurollarni yonma-yon bo’lishidir. Oshxona uchun geometrik shaklda mikrolitlar harakterli emas. Bu erdan topilgan mehnat qurollarini o’ziga xosligi ya`ni boshqala-ridan tubdan farq qilishi, Oshxona yodgorligi mustaqil ma-daniy kompleksga ega bo’lgan yodgorlik deyishga asos beradi. Yodgorlikdagi ikki tomonlama ishlov berilgan kamon o’lari-ni hisobga olib, olimlarimiz bu qarorgoxni yoshini so’nggi mezolit davri bilan.belgilaydilar.
Tojikistondagi mezolit yodgorliklaridan yana biri Obi-Kiyik bo’lib, uni madaniy qatlami hammasi bo’lib, 28 m2 teng bo’lgan maydonni tashkil qiladi. Jami tosh buyum-lar 450 ta bo’lib, bo’lar: o’zaklar, mikroplastinkalar (ya`ni mayda plastinkalar), retushlanmagan plastinkalar, qirquv-chi qurollar va plastinka siniqlaridan iborat. Prizma va qalamsifat o’zaklar umuman yo’q. Asosan yoғochga ishlov be-ruvchi qurol (skobel’) lar plastinkalardan yasalgan. Uchi-rindilardan yasalgan skobellar va skreblolar kam uchraydi. Bu xildagi qurollar asosan plastinkalardan yasalib, ular-ni ishchi qismlari plastinkalarni yon tomonlarida bo’lmay balki uch tomonlarida joylashgan. Shuning uchun ham bu tur-dagi qurollarni arxeologlar ularni bajargan ishlariga qa-rab (kontsevne skrepki) plastinkani uch tomoni ishlatilgan qirғichlar (agar bu qurollar bilan teriga ishlov berilgan bo’lsa) yoki (kontseve skobeli) ya`ni plastinkalarni uch to-moni randa bo’lgan qurollar deyishadi. Uchirindilardan qi-lingan skobel va skreblolar ham Obi-Kiyikda uchraydi. Am-mo juda kam miqdorda. Tojikiston xududida yuqorida bayon qilganlarimizdan tashqari Danғara, Sho’rtuz, Chil-chor-chashma, Ilik ko’l, Daxana-kiyik,. Қoratumshuq, Shugnau, Қuyi-Bulyon va hokazo kabi mezolit yodgorliklari mavjud. Markaziy Osiyo respublikalari orasida Қirғiziston Res-publikasini xududi asrimizni birinchi yarmida arxeolgik jixatdan ancha sust o’rganilgan. Ammo nisbatan durustroq o’rganish 1950-yillarda tashkil qilingan. Қirғiziston ar-xeologiya va etnografiya kompleks ekspeditsiyasidan so’ng boshlandi. Sari-Jez daryosi atrofida Oq-Chungir ғoridan neolit davriga oid neolit yodgoligi topilib, birinchi bor A. P. Okladnikov tomonidan shurf solingan. Oloy vodiyis-da ham qidiruv ishlari o’tkazilib, neolit davri uchirindi-lari topilgan. A. P. Okladnikov va uni shogirdi V. A. Ra-novlar tomonidan olib borilgan arxeologik izlanishlar shuni ko’rsatdiki, Қirғizistondagi topilgan yodgorliklarni ko’pchiligi neolit davriga mansub bo’lib, ularni aksariyati madaniy qatlamga ega emas balki, er satxidan topilgan to-pilmalardir. Bunday topilmalarni arxeologlar podemnie materialn, ya`ni joyidan tabiatni ta`sir kuchi natijasida har tomonga sochilgan moddiy ashyolar deydilar. Odatda bu xildagi topilmalarni, madaniy qatlamlardan olingan to-pilmalarga nisbatan uncha qadri bo’lmaydi. Chunki bo’larni yoshini va funktsiyalarini aniqlash ancha qiyin kechadi. Bu xildagi moddiy ashyolarni yoshini boshkma madaniy qatlam-lardan topilgan va yoshlari aniqlangan topilmalar bilan qiyoslab o’rganish orqali, nisbiy ravishda belgilanadi. Shu-ni ham aytish kerakki Қirғiziston xududida er satxidan topilgan topilmalarni aksariyati, ayrimlarinigina hisobga olmaganda, qayroqtoshlardan yasalgan. Olimlarimizni izla-nishlari shuni ko’rsatdiki, bu xududning toғli rayonlari neolit davrida uni toғli rayonlarida Xisor madaniyatini boshidan kechirgan. Chunki bu xududlarda ham Tojikistonda-gi kabi qayroqtoshlardan mehnat qurollarini yasash keng ko’lamda qo’llanilgan. Shuni aloxida aytish joizki O’zbeki-ston Respublikasi bilan Қirғiziston Repspublikasi chega-rasida, aniqroғi Farғona viloyatini So’x tumani bilan O’sh viloyatini Xaydarkon shaharchasini tutashtiruvchi So’x va Haydarkon yo’lini So’xdan boraverishdagi chap tomonida Obishir-1 va V yodgorliklari 1960- yillarda o’zbek arxeo-loglari tomonidan topilgan va 70- yillarda har tomonlama mukammal o’rganilgan. Ammo shuni ham aytish kerakki Mar-kaziy Farғonada mezolit va meolit yodgorliklari bo’yicha izlanishlar ancha erta boshlangan. Masalan 1958- yilda B. S. Gamburg va N. G. Gorbunova 1963-64- yillarda, YU. A. Za-dneprovskiy va 1965- yilda O’. Islomovlar tomonidan so’nggi mezolit va neolit davriga mansub yodgorliklar topi-lib, ularni tosh qurollari er satxidan terib olingan. Shu-ning uchun ularni arxeologik yoshlarini aniqlash tipologik jixatdan o’zaro boғliqliklarini belgilash, xo’jalilarini asosini nima tashkil qilganini aniqlash va-ularni keyingi taraqqiyotlarini yoritish kabi masalalarni xal qilib bo’lmas edi. O’. Islomov tomonidan madaiy qatlamga ega bo’lgan Obishir-1 va V yodgorligida uzluksiz ravishda arxeologik qazishlarni olib borilishi bu yodgorliklarning stra-tigrafiyasini aniqlash, tosh industriyasini tipologiyasini aniqlash, hayvon suyak qoldiqlarini o’rganish kabi masala-larni yoritish Farғona vodiysining toshli mezolit kabila-larini har tomonlama harakterlab berish imkonini berdi.
Obishir-1 va V yodgorligi So’x daryosini yuqori qismida, Obishir soyining o’ng qirғoғida joylashgan. Obishir I ning kengligi 12-14 m, uzunligi 6 m, balandligi 20 m. Obishir V esa nisbatan juda katta ғor bo’lib, uni eni 30 m, uzunligi 9 m, balandligi 20 m. Obishir V dan jami 7545 ta arti-fakt qazib olinib, shulardan 922 tasi ajdodlarimz tomo-nidan mehnat qurollari sifatida ishlatilganligi aniqlan-gan. Obishir I dan esa hammasi bo’lib, 2511 ta tosh buyumlar topilib, ulardan 322 tasi mehnat qurollari sifatida ish-latilganligi aniqlangan. Shuni aloxida aytish joizki O’. Islomov tomonidan Markaziy Osiyodagi barcha myozolit yod-gorliklarini bir-birlariga solishtirilib, mehnat qurol-larini, ayniqsa Mochay, Obishir I va V, Қo’shilish (bu yod-gorliklarda qazish ishlarini O’. Islomovni o’zi olib bor-gan) kabilarni har tomonlama mukammal o’rganilishi Marka-ziy Osiyo mezolitini ilk, o’rta va so’nggi davrlarni aks et-tiruvchi yodgorliklarga bo’lish imkonini yaratdi. Bunday im-koniyatlar o’z navbatida bir tomondan biz uchun Markaziy Osiyo mezoliti xaqida keng tushunchalar bersa, ikkinchi to-mondan O’zbekistonimiz xududidagi Mochay, Қo’shilish va Obishir I va V yodgorliklarini yoshini, ularni Markaziy Osiyoda tutgan o’rnini aniqlashda muxim ahamiyat kasb etadi. Mochay yodgorlignning mutloq sanasi 5600 yil (eradan avvalgi). Bu yodgorlikni ayrim mehnat qurolllari uncha kat-ta sonni tashkil qilmasa-da, o’zlarini juda ifodali ekan-liklari bilan alohida ajralib turadilar. Obishir I va V qarorgoxlaridagi tosh industriyasini Mochay qarorgoxidagi tosh industriyasini bir-birlari bilan o’xshashligi shundaki, bu yodgorliklarni har birida bir vaqtni o’zida daғal qurol-lar bilan bkrga juda nozik mikroplastinkalardan foyda-langanlar. Lekin bu yodgorliklarni tosh industriyasini sin-chiklab o’rganish., ularni yoshlarini bir-birlaridan fark qi-lishini ko’rsatdi. Masalan Obishir I va V yodgorliklarini Mochayga nisbatan yoshini ancha kattaroq bo’lishini sandon va toshdan maxsus yasalgan o’ғircha dastalarini hamda urish uchun mo’ljallangan har xil mehnat qurollarini yo’qligi ham is-botlandi. Chunki bu xildagi mehnat qurollari mezolitni so’nggi davrlariga xosdir. Ayniqsa mehnat qurollariga ik kinchi ishlov berish Obishirdagilarga qaraganda Mochayda ancha mukammal darajada. O’zbekistonimizdagi barcha mezolit yodgorliklarini tosh industriyasini trassalogik usulda
o’rganilishi qirғich (skrepki) larni son jixatdan eng ko’pi Obishir I va V yodgorliklarida eng ko’pligini ko’rsatdi. Shuning uchun ham olimlarimiz Obishir ғorlarida yashagan ajdodlarimizni xo’jaligida ov etakchi rol’ o’ynagan degan xulosaga keladilar. Қirғichlarni tashqi ko’rinishini o’rganish natijalari yana shuni ko’rsatdiki, Obishir I va V dan jami 448 ta qirғich topilga^n bo’lsa, ularni katta qismi uchirindilardan qilingan bo’lib, plastinkalardan yasalgan-lari ozchilikni tashkil qiladi. Shuni o’zi ham Obishir ғor-lari yodgorligini ancha qadimiy ekanligini ko’rsatadi.
Mochay ғorida yashagan ajdodlarimiz Obishirdagilardan farq qilib, ovchilikdan tashqari chorvachilik bilan ham shuғullanganlar. Shuning uchun ham Mochayda kamon o’qi va yumaloq shakldagi palaxmon toshlari uchramaydi. Balki, san-don, tosh ugir dastasi va donlarni ezib maydalaydigan (te-rochnik) larni mavjudligi termachilikni murakkab shaklli bo’lganligidan dalolat beradi. Bu kabi mehnat qurollarini mavjudligi donlarni yanchish uchun foydalanilgan bo’lishi mumkin degan fikrni ham tuғdiradi. Shunday ekan Mochay ғorida yashagan ajdodlarimiz dehqonchidlik bo’saғasida bo’lganlar deyishga imkon beradi.
Arxeolog olimlarimiz tomonidan Markaziy Farғona tekkisliklaridan juda ko’plab topilgan yodgoliklarni tosh industriyalari Obishir I va V, Mochay, Қo’shilish kabi mada-niy qatlamlarga ega bo’lgan yodgorliklar bilan qiyoslab o’rganildi. Markaziy Farғona yodgorliklaridan Bekobod 3-4, Sho’rko’l 1-2, Ichakqal.va 1-2, Achchiqqo’l 4-7, Yangi Қadam 21 va boshqalarni Obishir I va V bilan qiyosiy o’rganishni, ularni o’zaro yaqin o’xshashliklari borligini ko’rsatdi. Ammo Markaziy Farғona yodgorliklarini farqi ularni mikroli-zatsiyalashganligini yuqori darajada bo’lganligi bilan belgilandi. O’xshashliklari esa ikkinchi ishlov berilishida va plastnnkalarni uchirib olish texnikasida yaqqol ko’rina-di. Markaziy Farғonadagilarni o’ziga xos xususiyati deyarli barcha mehnat qurollarini mayda uchirindi va plastinkalar-dan qilinganligidadir. Arxeologlarimiz Markaziy Farғo-na yodgorliklarini tosh industriyasini ancha tarakkiy etgan-ligini xisobga olib. ularni Obishir I va V ғorining indu-striyasidan ancha yosh ekanligini. anikroғi ularni xammasini sunggi mezolit davriga mansubligini bayon kiladilar.Obishir Z.Surxondaryo kompleksiga Mochay industriyasi kiradi. Mochay industriyasini o’ziga xosligi bu qayroqtoshlardan iborat otboyniklarni ko’pligi va tabiiy dololit (mine-ral tosh) siniqlaridan mehnat quroli sifatida foydala-nilganligidir. Demak, O’zbekistondagi bu 3 ta kompleks bir-birlaridan xudud, xronlogiya va tipologik jixatdan farq qiladilar. Ammo shunga qaramay ularda o’xshashlik to-monlari ham mavjud: Farғonaning ғorlaridagi kompleksla-ri Mochay ғoridagi kompleksiga mikroplastinkalarga ishlov berili-shida va o’rtacha plastinkalarni xajmlarini bir-birlariga yaqinliklarida kuzatish mumkin. Agar Obishir I va V yodgorliklarini Farғona kompleksida asosiy o’rinni egallashini va topilmalarini moddiy katlamlardan olinl gan-ligini xisobyoga olsak. bu kompleksni «Obishir mada-niyati» deyishimizga to’la asos beradi. Bu madaniyat Farғo-na vodiysini toғli rayonlariga va tekislik xududlariga yoyilgan bo’lib, hammasini o’z ichiga oladi. Markaziy Farko-naning tekisliklaridan topilgan mezolit davriga mansub barcha yodgorliklar «Obishir madaniyati» ning so’nggi bosqi-chini tashkil etadi. O’zbekistonimizni xududidagi mezolit yodgorliklarini kelib chiqish tarixini yoritish masalasiga kelsak, nafaqat bizni, balki butun Markaziy Osiyo xududi-da bu masala uncha qoniqarli emas. Buning asosiy sababla-ridan biri xali bu xududlarda yuqori paleolit yodgorlikla-rini son jixatdan juda oz ekanligidir. Ammo bor ma`lumotlarga suyangan xolda A. P. Okladnikov Markaziy Osiyo mezoliti Samarqand va Xojagur qarorgoxi tipidagi erli yuqori paleolit yodgorliklaridan o’sib chiqqan va mezo-litni ma`lum darajadagi davrida O’rta Osiyo mezolitini taraqqiyoti geometrik shakllarga ega bo’lgan dehqonchilik va chorvachilik bilan shuғullangan madaniyatgi hos qabilalar bilan boғliq bo’lgan degan xulosalarini bergan. Garchi yuqo-ri ta`kidlaganimizdek Markaziy Osiyo mezolitini kelnb chiqishini tasdiqlochi yuqori paleolit yodgorliklari oz da-rajada bo’lsa-da, Obishir madaniyatini rivojlani evolyu-tsiyasini ko’rsatuvi yodgorliklar Markaziy Osiyo xududida juda ko’plab uchraydi. Bunga asos qilib, Markaziy Farғona-dagi Obishir madaniyatini so’nggi davrini aks ettiruvchi ko’plab topilgan neolit yodgorliklarini ko’rsatishimiz mum-
kin.
Xulosa qilib, shuni aytishimiz kerakki vatanimiz xu-dudidagi yuqori paleolit yodgroliklari erli must’e yodgor-liklaridan o’sib chiqqanidek, mezolit yodgorliklari ham asosan erli yuqori paleolit yodgroliklaridan o’sib chiqqanlar