I. Hijolarning son jihatidan o’zgarishi natijasida hosil bo’lgan tarmoq ruknlar
1.Maf’ulotun - mafoiylun ruknining “xarm” (“burunni kesish”) zihofiga duch kelib , birinchi qisqa hijosi tushirilishidan hosil bo’ladi: mafoiylun ruknining birinchi hijosi “ma” tushurilgach, qolgan “foiylun”qismi o’ziga teng maf’ulu rukni bilan almashtiriladi va “ burni kesik” ma’nosida axram deb yuritiladi.
2.Fauvlun –“hazf “ (“ tashlash”) zihofiga duch kelishdan hosil bo’ladi: mafoiylun ruknining oxirgi hijosi “lun” tushuriladi va qolgan “mafoiy” qismi o’ziga teng bo’lgan faulun rukni bilan almashtiriladi va mahzuf deb yuritiladi.
3.Faal –“jabb” (“ bichish”) zihofiga duch kelib, keying ikki sababning tushurilishidan hosil bo’ladi: mafoiylun ruknining “iylun” qismi tushirilgach, qolgan “mafo” qismi o’ziga teng faal rukni bilan almashtirilib, ajabb deb yuritiladi.
4.Fa’- “batar” (“ildizdan ag’darish”) zihofiga duch kelishdan hosil bo’ladi: mafoiylun ruknining oldingi uch hijosi - “mafoiy” qismi tushirilgach, qolgan “lun” qismi o’ziga teng fa’ rukni bilan almashtiriladi va abtar deb yuritiladi.
II. Hijolarning son jihatidan o’zgarishi natijasida hosil bo’lgan tarmoq ruknlar
Mafoiylun rukni tarkibidagi hijolarning sifat jihatidan o’zgarishi, ya’ni cho’ziq hijolarning qisqa hijolarga va aksincha o’zgartirilishi natijasida quyidagi tarmoq ruknlari hosil bo’ladi:
1. Mafoilun – “qabz” (ushlab qolish)zihofiga duch kelib, uchinchi, cho’ziq hijoning qisqa hijoga aylantirilishidan hosil bo’ladi va maqbuz deb yuritiladi.
2. Mafoiylu – “ kaff” (qaytarish) zihofiga duch kelib, to’rtinchi, cho’ziq hijoning qisqa hijoga aylantirilishidan hosil bo’ladi va makfuf deb yuritiladi.
3. Mafoiylon – “tasbig” (to’ldirish) zihofiga duch kelib , oxirgi cho’ziq hijoning o’ta cho’ziq hijoga aylantirilishidan yuzaga keladi va musabbag’ deb yuritiladi. III.Hijolarning sifat jihatidan o’zgarishi natijasida hosil bo’lgan tarmoq ruknlar
Mafoiylun rukni tarkibining ham son, ham sifat jihatidan o’zgarishi, ya’ni hijolarning tushirilishi, ayni vaqtda cho’ziq hijolarning qisqa hijoga yoki o’ta cho’ziq hijoga aylantirilishi natijasida quyidagi tarmoq ruknlar hosil bo’ladi:
1. Foilun- “shatar” (aybli qilish) zihofiga duch kelishi tufayli birinchi hijosi tushirilib, ayni vaqtda uchinchi hijosi qisqa hijoga aylantirilgach, qolgan foilun qismi ashtar deb yuritiladi.
1. Faul – ”xatm” (tishni sindirish) zihofiga duch kelib, keyingi ikki hijoning tushirilishidan, ayni vaqtda ikkinchi chiziq hijoning o’ta cho’ziq hijoga aylantirilishidan hosil bo’ladi va axtam deb yuritiladi.
3.Mafoiyl – “qasr” (qisqartirish) zihofiga duch kelib, oxirgi hijoning tushirilishi va uchinchi, cho’ziq hijoning o’ta cho’ziq hijoga aylantirilishidan hosil bo’ladi va maqsur deb yuritiladi.
4.Maf’ulu - “xarb” (vayron qilish) zihofiga duch kelib, birinchi hijoning tushirilishi, ayni vaqtda to’rtinchi hijoning qisqa hijoga aylantirilishidan hosil bo’ladi. Bunday o’zgarishdan so’ng qolgan “foiylu” qismi o’ziga teng maf’ulu rukni bilan almashtiriladi va axrab deb yuritiladi.
5.Fo’ - mafoiylun ruknining “zalal’’ (sonning g’o’shtsiz bo’lib qolishi) zihofiga duch kelib, birinchi, uchinchi va to’rtinchi hijolarning tushirilishi, ayni vaqtda qolgan ikkinchi hijoning o’ta cho’ziq hijoga aylanishidan yuzaga keladi va azall deb yuritiladi.
Demak, mafoiylun ruknining turli zihoflarga duch kelishi natijasida uning quyidagi tarmoqlari (furu’lari) hosil bo’ladi va tubandagicha ataladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |