To’g’ri, A. Hojiahmedovning «Maktabda aruzni o’rganish» kitobida maktab darsliklaridan joy olgan aruz materiallarinn qanday o’rgatish haqida yaxshi ma'lumotlar bo’lsa-da, bevosita qanday o’qishni o’rgatish ko’zda tutilmagan. Ishning kirish qismida nomlari sanalgan metodik adabiyotlarda esa aruz haqidagi nazariy materiallarni qayd etishdan nariga o’tilmagan. Aruz she'r tizimini badiiy o’qishga o’rgatishga ajratilgan dastlabki soatlar o’qituvchi ma'ruzasi bilan boshlanadi. Ma’ruzada quyidagi jihatlarga talabalar diqqati tortiladi. Aruzdagi materiallarni badiiy o’qishga erishishning birinchi yo’li aruz bahrlari, vaznlarini nazariy jihatdan puxta bilishdir. Agar talaba bunday nazariy tayyorgarlikka ega bo’lsa, uning badiiy o’qish yo’llarini o’rganishi oson bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |