Buning sabablaridan biri aruz she'r tizimi qonuniyatlarining murakkabligi bo’lsa, ikkinchidan, bu tizimdagi materiallarni badiiy o’qish borasida nazariy va metodik adabiyotlarning yo’qligidir. O’zbek adabiyotshunosligida aruz she'r tizimi bo’yicha dissertatsiyalar yoqlandi (S.Mirzaev, U.To’ychiev), aruzni o’rganuvchilar uchun metodik qo’llanmalar yaratildi (Fitrat, H. Razzoqov, A. Rustamov). Aruz materiallarini qanday o’qish, uni qanday o’rgatish kerakligi haqida esa metodik qo’llanmalar yaratilmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |