Aruz ilmi metrik tizim sifatida



Download 53,45 Kb.
bet1/3
Sana03.06.2022
Hajmi53,45 Kb.
#632326
  1   2   3
Bog'liq
Аруз сабоклариK=Lotin


ARUZ ILMI METRIK TIZIM SIFATIDA
Reja:

  1. Aruz vazni - mumtoz adabiyot va san’atning muhim sarchashmalaridan biri

  2. Aruz vaznining shakllanish omillari

  3. Arab-fors-turk (o‘zbek) aruzi xususiyatlari.

  4. Ritmik birliklari: harf, hijo, rukn, bayt va vazn xususida so‘z yuritadi.

  5. Aruz vaznining musiqiyligini ta’minlagan akustik va ritmik elementlar.



Tayanch tushunchalar: mumtoz adabiyot, san’at, aruz vazni, arab-fors-turk (o‘zbek) aruzi, tushuncha, lug‘aviy va istilohiy ma’nolar, ritmik birliklari: harf, hijo, rukn, bayt va vazn, nazariy asos, musiqiylik, akustik va ritmik element, aruz nazariyasi.
Har bir millatning o‘z tili, tafakkuri, shuuri, sajiyasi bo‘lgani kabi uning o‘ziga xos san’ati: musiqasi, she’riyati va uning betakror ifoda usullari bo‘ladi. Turk she’riyatining ildizlari ko‘proq bizga to‘rtlik shaklida etib kelgan xalq qo‘shiqlari, barmoq (hijo) vaznida yaratilgan qadimgi nazm parchalariga borib taqaladi. O‘zbek (turk) she’ri arab she’r tizimiga kirgunga qadar ham musiqa bilan bog‘liq holda taraqqiy etganini xalq og‘zaki ijodidagi yir (jir), qo‘sh (qo‘shiq), ko‘g (kuy), bashiq (madh) kabi janrlar mavjud bo‘lganidan ham bilish mumkin [1:54].
Arab istilosi tufayli turk (o‘zbek)larning e’tiqodi, madaniyati, adabiyoti va san’ati ham o‘zgarish davriga kirdi. Turk musiqasining ritmik xususiyatlari o‘zgargani kabi mumtoz she’rning vazn xususiyatlari ham barmoq vaznidan aruz vazniga qarab o‘zgarishi barobarida uning musiqiyligi yanada ortdi. Turk she’ridagi vazn o‘zgarishi tizim o‘zgarishiga ham sabab bo‘ldi, natijada u sillabik tizim (barmoq vazni)dan metrik she’r tizimi (aruz vazni)ga o‘ta boshladi. Bu o‘tish jarayonida ikki she’r tizimining umumiy va farqli xususiyatlarini prof. Fitrat ko‘rsatib o‘tgan: “SHe’r vaznini ta’rif qilmoqchi bo‘lganda, qoidaga muvofiq suratda o‘lchangan va o‘lchovlari mushtarak bo‘lgan gap parchalarining ma’lum qoida bilan ketma ket tuzilishi, desak har holda haqiqatdan juda uzoqqa bormaymiz” [2:16]. Olimning ko‘rsatishicha, “barmoq vazni bilan aruz vaznlari ikkalasi ham vazn o‘lchamak uchun hijoni oladi. Bu nuqtada oralarida ayirma yo‘q. Asil ayirma hijolarning kayfiyatlarini nazar e’tiborga olishdan iboratdir. Bu o‘rinda barmoq vazni she’r misralaridagi hijo (bo‘g‘in)lar kamiyati (miqdori)ga asoslansa, aruz vazni esa baytdagi hijolar kayfiyati (sifati)ga asoslanadi. Barmoq vaznidagi she’rga nisbatan aruziy she’rning musiqiyligining sababi ham ana shunda. Demak, turk she’r tizimiga aruz vazni kirib keldi. Biroq bungan qadar u arab va fors aruzshunoslari tomonidan ishlanib, sayqallanib, qoidalari qat’iy qolip (andoza)ga tushgandan keyingina o‘zbek she’rida bo‘y ko‘rsata boshladi.
Arablarda vazn tushunchasi juda qadimdan mavjud bo‘lgan esa-da, biroq arab xalq she’ri johiliyya davri shoirlarining ijod namunalarini ham, saodat asri nazm namunalarini ham izchil ilmiy tizimga solgan, uning kat’iy ko‘rinishlariga qonuniy tus bergan, aruzshunoslikni fan sifatida shakllantirgan olim Xalil ibn Ahmad (718-786) hisoblanadi. Olimning «Ayn kitobi», «Mo‘‘jam fi ilmu-l-aruzi» («Aruz bilimi qomusi») kabi asarlarida aruz ilmining asosini yaratilgan. Biroq bu asarlar bizgacha to‘liq etib kelmagan. Xalil abn Ahmadning shogirdi Sibavayh (vaf. 796) «al-Kitab» asarida «Mo‘‘jam fi ilmu-l-aruzi» asarini sharhlagan, «Ayn kitobi»ni esa Lays ibn Muzaffar va Abul Hasan ibn Sa’id Axfash (vaf. 830) ilmga ma’lum qilgan [3:32]. IX asrdan boshlab Nadr ibn SHumayl, Ibn Kannosa, Asmoiy, Ali Rayhoniy, Qosim Salom, Ahmad Baxiyliy, Abul Umaysal, Ibn Qutayba, Buxturiy, X asrda Abul Abbos Sa’lab, Ibn Jinniy, Ibn Sarroj kabi arab olimlari she’r ilmiga doir asarlari tarkibida aruz masalalarini yoritgan. SHunday qilib, arab adabiyoti va san’atida aruzshunoslik fani vujudga kelgan va u SHarq mumtoz poetikasining she’r tizimida qat’iy o‘rinlashgan [4:??].
Arab aruzi Abu Abdullah Rudakiy (858–941) ijodi orqali fors she’riyatiga kirib kelishi barobarida fors aruziylari tomonidan bir necha o‘nlab asarlar yozilgan. Fors aruzining tizimli holga kelishida SHamsiddin Qays Roziyning “Al-Mo‘‘jam fi ma’oyir ash’oru-l-Ajam” («Ajam she’rlari me’yorlari jamlangani»), Nosiriddin Tusiyning “Me’yoru-l-ash’or” (“SHe’rlar me’yori”), SHamsi Faxriyning “Me’yoru-l-nusrati” (“Surat o‘lchovlari”) va “Me’yoru-l-jamoli” (“Go‘zal o‘lchovlar”), Vohid Tabriziyning “Jam’i muxtasar” (“Qisqa to‘plam”), YUsuf Aziziyning “Aruz”, Abdurahmon Jomiyning “Risolayi aruz” va Sayfiy Buxoriyning “Aruzi Sayfiy” singari asarlari ahamiyatli [5:17].
Aruz vaznining turk she’riyatiga kirib kelishi X asrdan deb ko‘rsatilsa-da, biroq Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari (1068) tarkibidagi nazm parchalari, YUsuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostoni (1070) bevosita turk aruzi shakllangan davr namunalari sifatida tilga olinadi. Turk (o‘zbek) aruzi manbalari sifatida SHayx Ahmad Taroziyning “Fununu-l-balog‘a” (“Balog‘at fanlari”, XV asr), Alisher Navoiyning “Mezonu-l-avzon” (“Vaznlar o‘lchovi”, 1492), Boburning “Aruz risolasi” (1524), Furqatning “Ilmi she’rning qoidai avzoni” (1890), Fitratning “Aruz haqida” (1936)gi risolalari keltiriladi [6:532].
Qariyb o‘n uch asrdan beri muhtasham ilm turi sifatida qaralib kelgan aruzga xos jihatlar nimalarda ko‘rinadi, degan savol tabiiiyki, ham she’riyat, ham musiqa tarixi bilan mashg‘ul olimlarni qiziqtirib kelgan. Ana shu ilmiy savolga javob izlash barobarida Aruz ilmi haqida umumiy ma’lumot berish bilan cheklanamiz.

Download 53,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish