Artiqova Muhayyo Atabayevna Xiva tumani 15-son maktab o‘qituvchisi Ortiqova Nilufar Komilovna



Download 24,45 Kb.
bet2/3
Sana19.12.2020
Hajmi24,45 Kb.
#53421
1   2   3
Bog'liq
7.Artiqova M

KALIT SO‘ZLAR

Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalari, pedagogik jarayon, harakat strategiyasini, asosiy prinsiplar, demokratizm, tenglik, sheriklik, pedagog huquq, individual yondashuv, muammoli ta’lim, tabaqalashtirilgan ta’lim texnologiyalari, modulli o‘qitish texnologiyasi, kompyuterlashtirilgan texnologiya masofali ta’lim yondashuvlari.


Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi - ta’lim oluvchining fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, o‘ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim.

O’qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagi asosiy prinsiplar xos bo‘ladi:

- insonparvarlik, ya’ni insonga har tomonlama hurmat va muhabbat ko‘rsatish, unga yordamlashish, uning ijodiy qobiliyatiga ishonch bilan qarash, zo‘ravonlikdan to‘la voz kechish;

- hamkorlik, ya’ni pedagog va ta’lim oluvchilar munosabatidagi demokratizm, tenglik, sheriklik;

- erkin tarbiyalash, ya’ni shaxsga uning hayot faoliyatini keng yoki tor doirasida tanlab olish erkinligi va mustaqillikni berish, natijalarni tashqi ta’sirdan emas, ichki hissiyotlardan keltirib chiqarish.

Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarning kommunikativ asosi - pedagogik jarayonda ta’lim oluvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv hisoblanadi.

Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo‘ladi:

- pedagogik jarayonda shaxs ob’ekt emas, sub’ekt hisoblanadi;

- har bir ta’lim oluvchi qobiliyat egasi, ko‘pchiligi esa iste’dod egasi hisoblanadi;

- yuqori etik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar) shaxsning ustuvor xislatlari hisoblanadi.

Munosabatlarni demokratlashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- ta’lim oluvchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish,

- ta’lim oluvchining erkin tanlab olish huquqi;

- xatoga yo‘l qo‘yish huquqi;

- o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish huquqi

- pedagog va ta’lim oluvchi munosabatining asosi: ta’qiqlamaslik; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish.

Yangi munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi zamon sharoitida samarali natija bermaydigan va g‘ayri insoniy hisoblanadigan majburlash pedagogikasidan voz kechishdir. Muammo bu yondashuvni mutlaqlashtirishda emas, balki uning oqilona mezonlarini aniqlashdadir. Umuman olganda tarbiya jarayonida majburlashdan voz kechish mumkin emas, ammo jazolash insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishini susaytiradi, unda so‘zsiz itoatkorlik xususiyatlarini shakllantiradi.

Erkin o‘qitish quyidagilar bilan belgilanadi:

- ishonchga asoslangan erkin talabchanlik;

- o‘quv materialiga qiziqish uyg‘otish, bilishga va faol ijodiy fikrlashga rag‘batlantirish;

- ta’lim oluvchilarning mustaqilligi va tashabbusiga tayanish;

- jamoa orqali bilvosita usullar bilan talablarni amalga oshirishni ta’minlash.

Yangi individual yondashuvning mohiyati shundaki, u ta’lim tizimida o‘quv fanidan ta’lim oluvchiga emas, ta’lim oluvchidan o‘quv fani tomonga harakatlanishni taqozo etadi, ta’lim oluvchilarning mavjud imkoniyatlarini inobatga olib, ularni rivojlantirish, takomillashtirish va boyitishga qaratilgan bo‘ladi.

Individual yondashuvning zamonaviy yangi talqini quyidagilardan iborat:

- o‘rtacha ta’lim oluvchiga yo‘naltirishdan voz kechish;

- shaxsning yaxshi xislatlarini izlash;

- shaxs rivojlanishining individual dasturlarini tuzish.

Shaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo‘ladi:

- har bir ta’lim oluvchi qiyofasida noyob shaxsni ko‘rish, uni hurmat qilish, tushunish, qabul qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha ta’lim oluvchilar iste’dodli degan ishonch bo‘lishi kerak.

- shaxsga yutuqni ma’qullovchi, qo‘llab-quvvatlovchi, xayrixoh vaziyatlar yaratish, ya’ni o‘qish qoniqish va xursandchilikni olib kelishi kerak;

- bevosita majburlashga yo‘l qo‘ymaslik, qoloqlikka va boshqa kamchiliklarga urg‘u bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik;

- pedagogik jarayonda, ta’lim oluvchilarga o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratish va ko‘maklashish.

Ta’lim tizimi uchun o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

- muammoli ta’lim;

- hamkorlik;

- o‘yinli;

- tabaqalashtirilgan;

- yakka tartibda o‘qitish;

- modulli o‘qitish;

- kompyuterlashtirilgan;

- masofali ta’lim va boshqalar.

Xulosa qilib aytganda an’anaviy o‘qitishda asosan o’qitishning tushuntiruv ko’rgazmali usuli, ommaviy o’qitish usullaridan oydalaniladi. Bu esa ta’lim oluvchi hali to’la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa –bu sardor hakam, yagona tashabbuskor shaxsdir. Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim.



Download 24,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish