Задание (Topshiriq) – o`quv elementi talabalar ishlarini jamlash, baholash va
ularni sharxlash hamda o`qituvchilarga kommunikativ topshiriq qo`shish imkonini
yaratadi. Talabalar har qanday raqamli fayllarni yuborishlari mumkin. Jumladan,
Word hujjatlari, elektron jadvallar, rasmlar, audio yoki video fayllar.
Qo`shimcha yoki yordamchi o`qituvchilar talabalardan javoblarini matn muharriri
orqali kirishini talab qilishlari mumkin. Tizimdan tashqarida bajariluvchi yoki
raqamli fayl bo`lmagan topshiriqlar ham berilishi mumkin. Bunday hollarda
topshiriq javobi matn muharriri orqali topshiriladi. Topshiriq o`qituvchi tomonidan
baholanib, faylga javob mulohaza ko`rinishida, talaba yuborgan faylni to`g`rilangan
shaklida yoki audio fayl ko`rinishida javob qaytarilishi mumkin. Javoblar ballar,
foydalanuvchilarning baholash shkalalari yoki “Ilg`or” uslublar yordamida
baholanishi mumkin. Natijaviy ko`rsatkichlar baholar jurnaliga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |