Arshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Xalqaro hisob-kitoblarning vujudga



Download 1,45 Mb.
bet172/193
Sana04.02.2022
Hajmi1,45 Mb.
#428493
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   193
Bog'liq
PUL VA BANKLAR FANIDAN MA\'RUZALAR MATNI

Xalqaro hisob-kitoblarning vujudga kelishi va mohiyati
Xalqaro valyuta hisob-kitoblarning vujudga kelishi va rivojlani-shining asosida mamlakatlar o'rtasida tovar va xizmatlar almashi-vuning mavjudligi, kapital aylanmasining vujudga kelishi va uning hajmini doimo ortib borishi yotadi. Xalqaro hisob-kitoblar xalqaro tashqi tovar va xizmatlar aylanmasini tashkil etish, tijorat va notijorat operatsiyalarni amalga oshirish, kreditlar berish va kapital xarakatida namoyon bo'ladi.
Xalqaro hisob-kitoblar-turli mamlakatlar yuridik va jismoniy shaxslari o'rtasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlar nati-jasida vujudga keladigan pullik talab va majburiyatlarai tartibga solish usullaridir. Mamlakatlar o'rtasida amalga oshiriladigan operatsiyalar-ning asosiy hajmi xprijiy valyutalarni ko'chirish, ya'ni xalqaro hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi. Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda banklarning xorijiy mamlakatlardagi bo'limlari yoki xorijiy banklar bilan o'rnatilgan vakillik hisobraqamlaridan (korrespondentlik munosabatlari) foyda-laniladi.
Korrespondent munosabatlarda "loro" (xorijiy banklarning mahalliy banklardagi), "nostro" (mahalliy banklarning xorijiy banklar-dagi) hisobraqamlarini ochish orqali amalga oshiriladi. Xalqaro hisob-kitoblarda qo'llaniladigan korrespondent hisobraqamlar ochilganda banklar o'rtasida ushbu hisobraqamlar bo'yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi, komission to'lovlarning miqdori, sarflangan mablag'lami to'ldirish yo'llari va boshqa masalalarni bajarish haqida o'zaro kelishuv tuziladi.
Banklar xalqaro hisob-kitoblarni o'z vaqtida va to'liq amalga oshirish maqsadida likvidli valyutalarda zarur miqdordagi valyuta pozitsiyalarni taminlashga xarakat qiladi, bunda asosiy e'tibor amalga oshiriladigan hisob-kitoblarni belgilangan muddat va miqdorda toiab berishga qaratiladi.
Xalqaro bank amaliyotidan maiumki, xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirayotgan banklar "nostro" hisobvaraqalari bo'yicha tegishli valyutada daromad olish, shuningdek, ushbu mablag'lami jahon ssuda kapitali bozorlarida valyutali aktivlarga joylashtirish maqsadida tegishli qoldiqni saqlashga harakat qiladi.
Xalqaro hisob-kitoblarda banklarning faoliyati tegishli mahalliy va xalqaro miqiyosdagi huquqiy xujjatlar asosida tartibga solinadi. Xalqaro joriy valyuta operatsiyalardan dunyoning etakchi mamlakatlari milliy valyutasi toiov vositalari vazifasini bajaradi. Birinchi jahon urushiga qadar runt sterlingda muomalaga chiqarilgan veksellar (trat-tallar) xalqaro hisob-kitoblar bo'yicha operatsiyalaming 80 foizini bajardi.
Mamlakatlar o'rtasida mehnat taqsimotining kuchayishi va ulaming iqtisodiyotini rivojlanishida o'zaro mutanosiblikning vujudga kelishi bois, angliya font sterlingi xalqaro hisob-kitoblardagi ulushi 1948 yilda 40 foizga, 1999 yilaming boshida esa 5 foizga tushib qoldi.
AQSh dollarining tashqi savdodagi ulushi 1982 yilda 78 foizga etdi, 2000 yillarning boshida evro, yaponiya iyenasi, shvetsariya franki va boshqa etakchi mamlakatlar milliy valyutalari xalqaro to'lov vositasi sifatida foydalanila boshlandi, natijada AQSh dollarining xalqaro savdodagi ulushi 55 foizga tushdi.
Ta'kidlash joizki, mamlakatlar o'rtasida amalga oshiriladigan ayrim hisob-kitoblarda 1970 yildan SDR (spetsialnie prav zaimstvovaniya), 2000 yildan so'ng evro faol qo'llanila boshlandi.
Xalqaro hisob-kitoblarning rivojlanishi natijasida oltinni toiov vositasi sifatidagi roli nafaqat ichki hisob-kitoblardan, balki xalqaro toiovlami amalga oshirishdan ham siqib chiqarildi. Oltin standard eng rivojlangan davrda ham xalqaro hisob-kitoblarda undan toiov balan-sining passiv qoldig'ini toiashda foydalanildi. Oltin standartining bekor qilinishi va sariq metallga kredit pullarni almashtirish to'xtatil-gandan so'ng xalqaro majburiyatlarai oltinga to'lash zaruriyati yo'qoldi.
Biroq, ta'kidlash joizki, mamlakatlar o'rtasida ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik buzilganda jahon pulini bajarayotgan milliy valyutalarga nisbatan ishonchning yo'qolishi natijasida xalqaro hisob-kitoblarda oltindan foydalanish hollari amaliyotdan maium.
Masalan, ikkinchi jahon urushi davrida xalqaro hisob-kitoblar-ning asosiy qismi oltin slitkalarda amalga oshirilgan. Urushdan keyingi davrda (1950-1958 yillarda) ayrim ko'p tomonlama hisob-kitoblar dastlab 40 foizgacha, 1955 yilda 75 foizgacha oltin bilan toiangan.
Zamonaviy sharoitda mamlakatlar o'zining toiov balansi barqarorligini ta'minlash maqsadida oltin zaxiralarini dunyoning etakchi valyutalariga sotadi. Bu o'z-o'zidan ko'rinib turibdiki, oltin xalqaro hisob-kitoblarda to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etmasdan, oltin bozorlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishga erishmoqda.
Xalqaro hisob-kitoblarning holati va rivojlanishiga qator omillar ta'sir etadi. Xususan, mamlakatlar o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, valyuta qonunchiligi, xalqaro savdoni tashkil etishning qonun va qoidalari, shuningdek, moliya-kredit tizimining rivojlanganlik darajasi shular jumlasidandir.

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish