Arshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari



Download 1,45 Mb.
bet147/193
Sana04.02.2022
Hajmi1,45 Mb.
#428493
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   193
Bog'liq
PUL VA BANKLAR FANIDAN MA\'RUZALAR MATNI

17.2. Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari
Kredit uyushmasi-mikromoliyalash tashkilotlari tarkibidagi asosiy moliya muassasasi hisoblanib, vaqtinchalik bo'sh pul mablag'-larini jalb qilish asosida mikrokredit va kreditlar berish bilan shug'ul-lanadigan tijorat tashkilotidir.
Kredit uyushmasiga Markaziy bankning tegishli me'yoriy huj-jatlarida, kredit uyushmasi-kreditlar berish hamda boshqa moliyaviy xizmatlar ko'rsatish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy teng huquqli a'zolik asosida tuziladigan kredit tashkiloti sifatida ta'rif berilgan.
Kredit uyushmalariga iqtisodiy adabiyotlarda notijorat moliyaviy tashkilot sifatida ta'riflar berilgan. Bizningcha dastlabki kredit uyushmalari notijorat asosida tashkil topgan bo'lishi mumkin, biroq hozirgi kunda mamlakatimizda tashkil etilayotgan va faoliyat yuritayotgan barcha kredit uyushmalarining asosiy maqsadi foyda olishga qaratilgan.
Kredit uyushmalari faoliyatiga kengroq ma'noda e'tibor qaratadigan bo'lsak, kredit uyushmalari kooperativ tashkilot bo'lib, jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo'sh pul mablag'larini tegishli shartlar asosida o'ziga jalb etadi va o'zining a'zolariga ushbu mablag'lar hisobidan kreditlarni taqdim etadi.
Ayrim ma'nbalarga ko'ra, dastlabki kredit uyushmalari 1844 yilda Angliyaning Rochdeyl shahrida to'qimachlik korxonasi ishchilari tomonidan tashkil etilgan. XGX-asrning 60 yillarida kredit uyushmalari tashkil etish g'oyalari Germaniya va Avstriyalik Fridrix Rayffayzen va German Shultse-Delichlar tomonidan ilgari surildi. Shu davrda kredit uyushmalari faoliyati rivojlandi va moliyaviy muassasalar sifatida mamlakat moliya tizimiga kirib keldi.
Rayffayzen dastlabki qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatadigan kredit klasslari, shuningdek, savdo-sotiqni kreditlaydigan uyushmalarning asoschisi hisoblanadi.
Shultse-Delich tomonidan tashkil etilgan kredit uyushmala­rining asosiy faoliyati shaharlarda faoliyat yuritadigan hunarmand, kosib va mayda tadbirkorlarga xizmat ko'rsatishga qaratildi.
Hozirgi kunda, kredit uyushmalari AQSh, Kanada, Irlandiya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Tayvan mamlakatlarida juda keng rivojlangan, shuningdek, ayrim MDX mamlakatlarida (Rossiya,
Qozog'iston, Estoniya) ham jadal rivojlanish bosqichini o'z boshidan kechirmoqda.
Kredit uyushmalaripassiv operatsiyalari-bu mablag'larni jalb qilish bilan bog'liq operatsiyalardir. Kredit uyushmalari mablag'larni pay badallari, muddatli va jamg'arma depozitlar, boshqa moliyaviy muassasalardan kredit sifatida jalb qilishi mumkin. Shuningdek, kredit uyushmalarining daromad va foydani shakllantirish bilan bog'liq operatsiyalarini ham ularning passiv operatsiyalari sifatida tasniflash mumkin.
Kredit uyushmalarini tashkil etishning asosiy passiv operatsiya­lari va ularni tashkil etishning talablaridan biri ustav kapitalini shakllantirish hisoblanadi. Kredit uyushmalari pay badallari (ustav kapitali) uning ta'sischilari tomonidan shakllantiriladi.
Kredit uyushmalari ustav fondi pul mablag'laridan, shuningdek, mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol-mulk hisobidan shakllantirilishi mumkin. Kredit hisobidan va garovga olingan mablag'lardan hamda boshqa jalb etilgan mablag'lardan kredit uyushmalari ustav fondini shakllantirishga ruxsat berilmaydi.
Kredit uyushmalarining muddatli va jamg'arma depozitlari unga a'zo jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari hisobidan shakllantiriladi.
Ta'kidlash joizki, kredit uyushmalarida muddatli va jamg'arma depozitlar bo'yicha to'lanayotgan foiz stavklarining yuqoriligi aholining kredit uyushmalarida omonatlarni jamg'arishga bo'lgan ishtiyoqini oshirmoqda. Biroq, bu omonatlar bilan bog'liq risklarni vujudga kelishiga sabab bo'ladi.
Kredit uyushmalari, moliyaviy muassasa sifatida qo'shimcha resurslarga kuchli ehtiyoj sezadi. Kredit uyushmalari, albatta ushbu ehtiyojni ustav kapitali, omonatlar, taqsimlanmagan foyda hisobidan qondirishga alohida e'tibor qaratadi. Shunga qaramasdan, ushbu mo­liyaviy manbalar hisobidan shakllantirilgan mablag'lar yetarli bo'lmaganda tijorat banklaridan qisqa va uzoq muddatli kreditlarni jalb etadi.
Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari-bu passiv operatsiyalar natijasida shakllantirilgan moliyaviy mablag'larni tegishli foydani shakllantirish maqsadida samarali maqsadlarga joylashtirishi bilan bog'liq faoliyati majmuidir. Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqqan holda moddiy va nommoddiy aktivlarga, riskli va risksiz aktivlarga, daromad keltiradigan va daromad keltirmaydigan aktivlar sifatida guruhlash mumkin.
Kredit uyushmalarining moddiy aktivlariga bevosita qiymat va buyum ko'rinishida mavjud bo'lgan aktivlar kiradi. Masalan, kassadagi naqd pullar, kreditlar, asosiy vositalar shular jumlasidandir. Nomoddiy aktivlarga kredit uyushmasini faoliyatini tashkil etish uchun sotib olingan dasturiy mahsullar, gudvill va boshqa shu kabilarni kiritish mumkin.
Ma'lumki, kredit muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarning asosiy qismi bevosita risk bilan bog'liq. Shuningdek, kredit uyushmalarining faoliyati ham bundan holi emas. Shu jihatdan ularning aktiv operatsiyalari ham riskli va risksiz aktivlardan iboratdir. Kredit uyushmalarining riskli operatsiyalari bevosita ularning daromadlarini shakllantirish bilan bog'liq operatsiyalari jarayonida vujudga kelib, risk darajasi qanchalik yuqori bo'lsa ularning daromadlari hajmi ham shu darajada yuqori bo'ladi va aksincha.
Kredit uyushmalarining riskli operatsiyalari sifatida berilgan kreditlar, investitsiyalar, lizinglar va boshqa shaxslardagi omonatlarini keltirish mumkin. Risksiz aktivlar tarkibiga esa kassadagi naqd pullar, tijorat banklaridagi mablagiari, asosiy vositalar va shunga o'xshash aktivlarini kiritish maqsadga muvofiqdir.
Kredit uyushmalarining barcha operatsiyalari ham daromad keltirmaydi, shunday bo'lsada, uyushmaning faoliyatini tashkil etish maqsadida ular daromad keltirmaydigan operatsiyalarni amalga oshi-rishga ham majburdirlar. Masalan, kassadagi naqd pul bilan bog'liq operatsiyalari, asosiy vositalar, bankdagi hisobvaraqlaridagi mablag'­larni daromad keltirmaydigan aktivlar sifatida ta'kidlash mumkin.
Kredit uyushmalarining daromad keltiradigan aktivlari tarkibiga kreditlar, investitsiyalar, lizing va boshqa muassasalarga qo'yilgan muddatli jamg'armalarni kiritish mumkin.



Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish