Inflyatsiyaning makroiqtisodiy o’sish sur’atlariga ta’siri. Inflyatsiyaning investitsion jarayonlarga ta’siri. Inflyatsiya asosan uch yo’nalishda yuzaga chiqadi. Birinchi yo’nalishda maxsulotlar, ishlar va ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narxlarni asossiz ravishda o’sib ketishi tufayli pul qadrsizlana boshlaydi. Buning natijasida milliy valyutaning xarid qilish qobiliyati tushib ketadi. Ikkinchi yo’nalishda, xorijiy valyutalarga nisbatan milliy valyutanign kursi pasayib ketadi. Buning natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va mamlakat aholisi erkin muomaladagi xorijiy valyutalari (AQSh dollari, evro, shveytsariya franki va boshqalarni) jamg’ara boshlaydi. Uchinchi yo’nalishda oltinga bo’lgan milliy pul birligida ifodalangan narx ko’tarilib ketadi. Buning natijasida mamlakat aholisi o’rtasida oltinning to’planib qolishi, ya’ni tezavratsiya amalga oshadi.
Umuman olganda, pul-kredit sohasida amalga oshirilgan ushbu tadbirlar pul massasining prognoz ko’rsatkichlaridan past bo’lishini ta’minlash va inflyatsiya darajasiga monetar omillar ta’sirining oldini olish imkonini berdi.
O’z navbatida, depozitlar va banklararo pul bozorida foiz stavkalarining pasayishi tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga ajratilayotgan kreditlar bo’yicha foiz stavkalarining pasayishiga xizmat qildi.
Banklarning investitsiya jarayonlaridagi ishtiroki yanada faollashib bormoqda. Banklar tomonidan ajratilayotgan investitsion kreditlar ustuvor ravishda iqtisodiyotning sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va rivojlantirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksaltirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etishga qaratilgan dasturlar doirasidagi investitsion loyihalarni moliyalashtirishga yo’naltirilmoqda.
Pullar taklifini tartibga solish Inflyatsiyaning kelib chiqish sabablariga ko’ra uning ikki toifasini ko’rsatish mumkin: talab inflyatsiyasi va ishlab chiqarish bilan bog’liq inflyatsiya (taklif inflyatsiyasi).
Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning bu an’anaviy turi talab oshib ketganda yuzaga keladi. Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to’la qondira olmaydi, taklifga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovarlar bahosi o’sadi. Kam miqdordagi tovarlarga ko’p pul massasi to’g’ri keladi.
Talab inflyatsiyaning yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat:
a) harbiy xarajatlarning o’sishi va iqtisodiyotning militarlashuvi.
Harbiy texnika sotib olish va boshqa harbiy xarajatlarni qoplash bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar muomala uchun keragidan ortiqcha pul chiqarishning omili hisoblanadi;
b) davlat qarzlarining o’sishi va byudjet taqchilligining mavjudligi.
Byudjet taqchilligi, odatda, zayomlar chiqarish yoki banknotalarni emissiya qilish yo’li bilan qoplanadi. Bu, o’z navbatida, qo’shimcha muomala vositalari bo’lishiga, qo’shimcha talab yuzaga kelishiga olib keladi. O’zbekistonda byudjet taqchilligi yuqoridagidan tashqari, 1996 yildan boshlab davlat qisqa muddatli majburiyatlarini (DQMO) sotish orqali ham qoplanmoqda;
v) xalq xo’jaligiga ortiqcha kreditlar berish natijasida muomalada kredit bilan bog’liq muomala vositalari yuzaga keladi. Bular tovar va xizmatlarga bo’lgan talabni oshiradi.
g) chet el valyutasining mamlakatga kirib kelishi va uning milliy valyutaga almashinuvi natijasida, muomalada pul massasi ortib boradi, milliy pulga nisbatan chet el valyutasining qadri oshadi;
d) xalq xo’jaligining etakchi tarmoqlarini keragidan ortiqcha investitsiyalash ham aylanmaga qo’shimcha pul ekvivalentlarini chiqarishga olib keladi.
Shunday qilib, talab inflyatsiyasi umumiy talabning o’sishi natijasida baholar o’sishi bilan namoyon bo’ladi.
2. Inflyatsiyaning sotsial iqtisodiy oqibatlari. Pul muomalasini barqarorlashtirish va inflyatsiyani bartaraf qilish yo’llari.
Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qaramaqarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davlat inflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora tadbirlarini ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari– inflyatsiyaga qarshi siyosat va pul islohoti hisoblanadi.