Xalqaro hisob-kitoblarning shakllari va valyuta riski Mamlakatlar o'rtasida tovarlar va xizmatlar bo'yicha oldi-sotdi operatsiyalarni amalga oshirishda xalqaro hisob-kitoblarning quyidagi shakllari qo'llaniladi:
xujjatli akkreditiv;
inkasso;
bank o'tkazmalari;
veksel va cheklar bilan hisob-kitoblar shular jumlasidandir.
Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi holatlarga alohida e'tibor qaratiladi.
Xalqaro hisob-kitoblarda eksporter va importerga xizmat ko'rsatadigan banklar moliyaviy vositachi sifatida maydonga chiqadi.
Xalqaro hisob-kitoblar mahalliy va xalqaro qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Xalqaro hisob-kitoblar turli valyutalarda amalga oshiriladi. Asosan, dunyoda to'lov vositasi sifatida tan olingan mamlakatlarning milliy valyutalarida (AQSh dollari, yevro, iyena, yuan) .
Bitta xalqaro kontrakt doirasida bir necha hisob-kitob shakllari qo'llanilishi mumkin.
Eksporter va importerlar o'rtasida tovarlar va xizmatlar bo'yicha to'lovlarni amalga oshirishda hisob-kitob shakllarini tanlash muhim masalalardan biri hisoblanadi va bunga qator omillar ta'sir qiladi. Xususan:
tovar va xizmatlar turi;
kontrgentlarni to'lovga layoqatliligi va mavqeyi. Ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar importerlarining to'lov qobiliyati zaif bo'lganligi bois, ular o'rtasida xalqaro hisob-kitoblarning akkreditiv shakli ko'proq qo'llaniladi. Akkreditiv hisob-kitob shaklida ekspor-terga to'lov kafolatlanadi;
jahon bozorida sotiladigan tovarlarga bo'lgan talab va taklif
darajasi;
boshqa omillar.
Valyuta riski va valyuta kelishuvi.Xalqaro hisob-kitoblarda valyuta riski va valyuta kelishuvi mavjud bo'lib, xalqaro valyuta munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlarning iqtisodiyoti, moliyaviy holati va tashqi siyosatini barqarorligini oldini olish maqsadida tuziladi.
Valyuta riski-tomonlar o'rtasida tashqi savdo va kredit shartno-malarini imzolash jarayonida to'lov vositasi sifatida foydalaniladigan valyuta kursining o'zgarishi tufayli vujudga kelishi mumkin bo'lgan
yo'qotishdir.
Odatda valyuta kursi bahosining tushishi natijasida eksportyor va kreditor zarar ko'radi, to'lov valyutasi kursining oshishidan esa importyor va qarzdor moliyaviy mablag'larini yo'qotadi.
Xalqaro hisob-kitoblarda valyuta riskidan ko'rilishi mumkin zararlarni oldini olish maqsadida himoya kelishuvi to'g'risida shartnoma shartlari joriy etiladi, bu shartlar eksporter va importer o'rtasida tuziladigan shartnoma va kontraktlarda ko'zda tutiladi. Bretton-vudse valyuta tizimi inqirozigacha bo'lgan davrda va oltin pariteti bekor qilinguncha oltin kelishuvlari qo'llanilar edi, bunda to'lov vositasining pariteti oltinga nisbatan o'zgaradigan farq summasi proporsional ravishda to'lab berilgan.