- moliyaviy bozorlarning rivojlanmaganligi va ixtisoslashgan
moliya-kredit muassasalari.
Bank inqirozlarining salbiy oqibatlari, ularning turlari va shakllari Mamlakat iqtisodiyotiga bank inqirozlarining ta'sirini aniqlash uchun ularning ta'sir doiralari, shuningdek, ularni yuzaga keltiruvchi omillarini tahlil qilish kerak.
Oqibatlariga ko'ra, bank inqirozlarini uch guruhga ajratish mumkin: mikroiqtisodiy darajada ta'sir etuvchi, makroiqtisodiy darajada tarqaluvchi, iqtisodiyotning demonetizatsiyasi va inflyatsiya darajalarining oshishiga olib keluvchi byudjet-moliya tizimining masshtabli nobarqarorligiga olib keladi.
Iqtisodiyotda bank inqirozlarining salbiy oqibatlari Kaminskiy va Reynxartlar tomonidan empirik tadqiq etilib, ularning fikricha bank inqirozlarining oqibatlari quyidagilardan iborat:
M2 agregatining o'sishi va iqtisodiy faollikning tushib ketishi. Ba'zi bir rivojlanayorgan mamlakatlarda bank boshqaruvi bir kishi qo'lida boisa va banklar shaxsiy "hamyon" yoki sanoat guruhlarining piramida sxemasi funksiyalarini bajarganda bu sharoitlar yomonroq natijalar ham keltirishi mumkin edi. Bu sharoitlarda o'z mijozlarini kreditlash "insayderlik" mahfiy ma'lumotlar asosida operatsiya amalga oshiriladi va ochiqdan ochiq qalloblik jazolanmay qolaveradi. Shunday qilib, davlat banklari tijorat tamoyillariga asolanmagan, balki siyosiy mezonlariga asoslangan "asosiy agentlik"ga aylanib, boshqa yuqori darajadagi boshqaruvga ega banklarning ichki muhiti, shuningdek, moliyaviy barqarorlikka tahdid soladi.