Xalqaro kredit. Kredit munosabatlarining xalqaro miqyosda (davlatlar o’rtasida) amalga oshirilishi xalqaro kreditning yuzaga kelishiga olib keladi. Kreditning bu shaklining bevosita ishtirokchilari millatlararo moliya-kredit institutlari, tegishli davlat xokimiyati, kredit tashkilotlari va aloxida yuridik shaxslar bo’lishi mumkin.
Xalqaro kredit bir davlat, shu davlat banki, yuridik shaxs tomonidan ikkinchi bir davlatga, uning banklariga, boshqa yuridik shaxslariga muddatlilik va to’lovlilik asosida beriladigan kredit xisoblanadi.
Xalqaro kredit davlat va xalqaro institutlar ishtirok etgan munosabatlarda pul (valyuta) shaklida, tashqi savdo faoliyatida esa tovar shaklida bo’lishi mumkin.
Xalqaro kredit quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
qarz oluvchi va qarz beruvchi sifatida davlat, tashkilot va muassasalar, yuridik shaxslar (banklar, kompaniyalar), xalqaro valyuta kredit tashkilotlari qatnashadilar;
qarzga olingan mablag’lar qarz oluvchi mamlakat tomonidan daromad keltiruvchi kapital sifatida ishlatiladi;
qarz beruvchi mamlakatga tulanadigan ssuda foizining manbasi qarz oluvchi mamlakat tomonidan yaratilgan milliy daromad xisoblanadi.
Xalqaro kredit maxalliy kredit bilan bir qatorda fondlar aylanishining barcha bosqichlarida katnashadi.
Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
mamlakatlar o’rtasida kapitalning qayta taqsimlanishini taminlaydi;
kapitalning kontsentratsiyalashuviga va markazlashuviga sharoit yaratadi va bu jarayonni tezlashtiradi;
xar xil valyutalarda xalqaro xisob-kitoblarni olib borishda muomila xarajatlarini qisqartiradi .
Xalqaro kreditlar:
- xarakteri bo’yicha - davlatlararo, xususiy, firma kreditlariga;
- shakli bo’yicha - davlat, bank, tijorat;
- tashqi savdo tizimida tutgan o’rni bo’yicha - eksportni kredit, importni kreditga;
- muddati bo’yicha - qisqa muddatli-1 yilgacha, uzoq muddatli -5 yildan ortiq muddatga;
- ob’ekti bo’yicha - tovar va valyuta;
- ta’minlanganligi bo’yicha - tovar-moddiy boyliklar bilan yoki xujjatlar bilan taminlangan kreditlarga bo’linadi. Eksportni kreditda davlat tomonidan subsidiya ajratilganligi uchun firma kreditlari bo’yicha foiz stavkalari odatda foiz stavkalarining bozor baxosidan past bo’ladi.
Xalqaro bank kreditlarining bank eksport kreditlari (xorijiy importyorlarga xususiy tijorat banklari, maxsus tashqi savdo banklari tomonidan beriladigan kredit), evrokredit (yirik tijorat banklari tomonidan evrovalyuta bozori resurslari xisobidan evrovalyutada, 2 yildan 10 yilgacha bo’lgan muddatga, o’zgaruvchan foiz stavkada kreditlar berish) kabi turlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |