Arshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Download 1,45 Mb.
bet28/133
Sana21.06.2022
Hajmi1,45 Mb.
#689090
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   133
Bog'liq
Arshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

To‘lovchining
banki (4)


3 7
2




Pul oluvchi (mol sotuvchi)

To‘lovchi (mol oluvchi)
1

4.4.3-rasm. To‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha hisob-kitoblardagi hujjatlar aylanishi49.

Yuqorida keltirilgan rasmga quyidagicha tavsif beramiz:



    1. Eng avvalo mol jo‘natuvchi va mol oluvchi korxonalar o‘rtasida xo‘jalik

shartnomasi tuziladi.

    1. Shartnomaga asosan mol jo‘natuvchi korxona mol oluvchi korxonaga maqsulot jo‘natadi.

    2. Mol oluvchi korxona olgan maqsulotga pul o‘tkazish uchun to‘lov

topshiriqi rasmiylashtirib o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka topshiradi.

    1. Bank xodimi tomonidan to‘lov topshiriqi asosida mol oluvchi korxona

hisobvarag‘idan pul chegiriladi.

    1. Hisob-kitob markazi orqali elektron to‘lov mol sotuvchi korxona bankiga

jo‘natiladi.

    1. Kelib tushgan elektron to‘lov mol sotuvchi korxona bankida mol sotuvchi korxona hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

    2. Elektron to‘lov topshiriqining bir nusxasi to‘langan hujjatlar sifatida mol sotuvchi korxonaga beriladi.

Hozirgi kunda respublikamizda banklar orqali o‘tkazilayotgan barcha to‘lovlarning 45-50 foizi to‘lov topshiriqnomalari yordamida amalga oshirilmoqda, bu uning afzalliklari bilan bog‘liqdir.
Bu afzalliklar quyidagilardan iboratdir:


-birinchidan, hujjatlar aylanishining oddiyligi va tezligi, ya‘ni hisob- kitoblarni amalga oshirishning texnik jixatdan kulayligi. Bu esa o‘z navbatida xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar va bank xodimlarining mexnat sarfini kamaytiradi;


-ikkinchidan, pul mablag‘lari xarakatining tezligi, ya‘ni to‘lov talabnomasiga nisbatan to‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha hisob-kitoblarda hujjatlarning aylanishi harakati qisqaligi so‘zsiz xo‘jalik oborot mablag‘larining aylanish tezligini oshiradi;
-uchinchidan, tovar sotib oluvchining qabul qilgan tovarlari yoki xizmatlar sifatini oldindan aniqlab olinishi. hisob-kitoblarning bu shaklida to‘lov talabnomasi orqali hisob-kitoblarda bo‘lgan kabi bankka raddiya arizasi topshirilmaydi, chunki to‘lovchining o‘zi tulovni to‘lashga rozi bo‘lsa, topshiriqnomani bankka topshiradi;
-to‘rtinchidan, to‘lov topshiriqnomasining barcha tovarsiz operatsiyalarda ko‘llanishi, bu esa ushbu shakl bo‘yicha hisob-kitoblarning ahamiyatini yanada yaqqol aks ettiradi.
To‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha hisob-kitoblarning afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Kamchiliklar shundan iboratki, mol jo‘natuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxona uchun to‘lovning o‘z vaqtida o‘tkazilishi to‘la kafolatlanmagan. Chunki to‘lovning o‘z vaqtida o‘tkazilishi to‘lovchi korxonaning depozit hisob varag‘idagi mablag‘lar miqdoriga bog‘liq. To‘lovning to‘liq o‘tkazilishiga etarli pul mablag‘larining bo‘lmasligi pul aylanishi sekinlashtiradi va maqsulot jo‘natuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxonaning moliyaviy holatini yomonlashtiradi.
To‟lov talabnomasi — o‘zida mablag‘ oluvchini to‘lovchi tomonidan bank orqali ma‘lum bir summani to‘lash to‘g‘risidagi talabi aks ettirilgan pul-hisob- kitob hujjatidir. To‘lov talabnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar umumlashgan holda qanday amalga oshirilishini to‘lov talabnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarning hujjatlar aylanishi sxemasi orqali yaqqol ko‘rish mumkin.


Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish