Қarshi muҳandislik-iқtisodiyot instituti “Axborot texnologiyalari va matematik modellashtirish” kafedrasi assistenti J



Download 3,44 Mb.
bet115/117
Sana01.06.2022
Hajmi3,44 Mb.
#624044
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   117
Bog'liq
Informatika va informatsion texnologiyalar faniga kirish va kurs

Nazorat savollari

  1. Internet tarmog’i nima?

  2. Internet tarixi haqida nimalar bilasiz?

  3. Internet Explorer dasturining vazifasi nimadan iborat

  4. Qanday Internet sahifalarini bilasiz?



Mavzu: Gipermatn va gipermurojaat tushunchalari




Reja:

        1. Gipermatn to’g’risida tushuncha

        2. HTML bilan bog’liq asosiy tushunchalar

        3. HTML dokument tuzish printsiplari



Tayanch iboralar: Gipermatn, HTML, Apple firmasi, telekommunikatsiya, grafik brauzeri, teg


Gipermatn to’g’risida tushuncha
Gipermatn (Gipertekst) g’oyasi 1945 yilda AQSH prezidentining ilmiy maslahatchisi Vanevar Bush tomonidan kiritilgan bo’lib, u o’sha vaqtda “Memex” (memeks) elektromexaniq informatsion tizimini yaratish taqlifi bilan chiqqan, lekin uning taqlifi inobatga olinmagan.
20 yildan so’ng, ya‘ni 1965 yilda Teodor Nelson “gipertekst” terminini fanga kiritdi va “chiziqsiz” matnlar bilan bog’liq ba‘zi g’oyalarni amalga oshirdi. 1968 yilda “sichqoncha” manipulyatori asoschisi D.Yenjilbard (Doug Engelbart) tipik gipermatnli interfeysdan iborat (tizim) tizim asosida o’z ishini namoyish qildi va bu namoyish telekommunikatsiya tizimidan foydalanilgan holda o’tkazildi.
Biroq u o’z tizimini aniq ravshan qilib tushuntirib bera olmadi. 1975 yilda gipermatn g’oyasi ZOG nomini olgan atom avianosetsi(samolyotlar uchishi va qo’nishi uchun moslangan harbiy kema) “Karl Vinston” ning ichki tartib informatsion tizimida o’z aksini topdi.Tijorat variantida bu tizim KMS nomi bilan tanilgan. Ushbu yo’nalishdagi ishlar davom etaverdi va vaqt o’tishi bilan Apple firmasining HyperCard turi yoki Xerox firmasining HyperNode turi amalda qo’llanila boshladi. 1987 yilda Hypertext'87 ixtisoslashgan birinchi konferentsiya bo’lib o’tdi.
Nelson 1987 yil ma‘lumotlarning gipermatn taxrirlovchisini tuzib chiqdi. Jeneva TsYeRN (CERN) da ishlovchi fizik Tim Berners Li 1989 yil gipermatnli loyihani taqlif etdi.
Bu loyiha fizik olimlarga Internet orqali tadqiqot natijalarini o’zaro almashish imkonini berar edi. Shunday qilib, Halkaro axborot tarmog’i - World Wide Web (WWW) ga poydevor quyildi. 1993 yil Mark Anderson rahbarligida birinchi gipermatnli Mosaic grafik brauzeri ishlab chikildi va u Netscape korporatsiyasiga o’tib Netscape brauzerini ishlab chiqdi. 90 yillar o’rtalarida Internet biznes-ishlovlar bilan ishlash uchun qo’llanila boshlandi. Biroq, bu borada turli muammolar: tarmoq; kanallarini ortiqcha yo’qlash va axborotni ximoyalash mavjud edi. Gipermatnli informatsion tizim g’oyasining shunisi ahamiyatliki , bunda foydalanuvchi dokumentlarni (ma‘lumotlarni) kitob o’qishdagidek ketma-ketlikda emas, balki o’ziga yoqqan tarzda ko’rib chiqishi mumkin.
Shuning uchun ham T. Nelson gipermatnni chiziqsiz matn sifatida talqin etdi.
Bunga matnlarning turli sahifalarini bog’lovchi maxsus mexanizm gipermatnli sslkalar yordamida erishiladi, ya‘ni oddiy matnda “keyingisi-avvalgisi” tarzidagi sslkalar mavjud bo’ladi, gipermatnlarda bo’lsa qancha kerak bo’lsa shuncha sslkalar tuziladi. Mutaxassislarning gipermatn bo’yicha eng yoqtirgan misollariga entsiklopediyalar, “Help” tizimsi kabilar kiradi.
Birinchi ko’rinishda oddiy tuyuladigan sslkalar yaratish mexanizmi yetarlicha qiyin hisoblanadi, chunki statistik sslkalar, dinamik sslkalarni dokument bilan bir butunlikda yoki uning alohida qismlari bilan, ya‘ni kontekst sslkalar tuzish mushkul.
Bunday yondashishning keyingi rivoji gipermatn tushunchasining boshqa informatsion resurslar hisobiga- grafikani, audio va videoinformatsiyadan gipermedia tushunchasigacha bo’lganlarni hisobga olgan holda kengayishiga olib keladi.
Shunday qilib, gipermatn – bu nostrukturaviy erkin o’sayotgan bilimni tasvirlash texnologiyasidir. Gipermatn zamirida o’zaro yo’naltirilgan semantiq aloqalar(munosabatlar) bilan bog’langan, tarmoq hosil qiluvchi informatsion ob‘ektlar tizimini tushunishadi. Har bir ob‘ekt ekranning informatsion paneli bilan bog’langan bo’ladi va foydalanuvchi ushbu bog’liqlik, munosabatlardan birini tanlashi mumkin bo’ladi. Gipermatnli texnologiya bir ob‘ektdan boshqasiga , ularning ma‘noviy, semantiq bog’liqligini hisobga olgan holda joylashtirishni mo’ljallaydi.



Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish