VI.MAVZU: YER OSTI GAZ OMBORINING GEOGRAFIK JOYLASHUVI VA SHAROITLARI Reja: VI.1.Yer osti gaz omborlari maqsadi, o’rni va sinflari VI. 2. Yer osti omborining geografik joylashuvi va sharoitlari VI.3. Yer osti gaz omborlarini qurish uchun qatlamning yotish chuqurligi VI.4. Yer osti ombori uchun strukturalar qidiruvi Gazni yer ostida saqlash inshootlari (GEOSI) yagona gaz ta’minoti tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, gaz iste’molidagi har xillikni tartibga solish, uzoq muddatli va operativ gaz zaхiralarini yaratish uchun mo‘ljallangan. Gazni yer ostida saqlash inshootlarining vazifasi va roli ularni barpo etish jarayonida va ishlatishda gaz transporti tizimi taraqqiyoti, gazga ehtiyoj ko‘paygan davrda va boshqa sharoitlar bo‘yicha o‘zgarishi mumkin. GEOSIda gazni qabul qilish, haydash, saqlash va olish ishlari amalga oshiriladi.
Sun’iy gaz qatlami hosil qilinadigan g‘ovak muhitning turiga qarab yer osti inshootlari quyidagi turlarga ajratiladi:
a) suvli qatlamlarda;
b) ishlatib bo‘lingan gaz, gazkondensat va neft konlarida.
Gazni saqlash uchun tanlangan obyektlarning geologik tuzilishi murakkabligiga qarab saqlash inshootlari quyidagilarga ajratiladi:
a) sodda geologik tuzilishli – razvedka qilingan maydon doirasida jinslarning litologik tarkibi, ularning kollektorlik xususiyatlari va maxsuldorligining nisbatan saqlanganligi bilan tavsiflanadi;
b) murakkab geologik tuzilishli – tektonik buzilishlarning rivojlanishi, jinslarning litologik tarkibidagi farqlar, alohida bloklarning izolyatsiyalanganligi, o‘tkazuvchanligi pasaygan ekranlashtiruvchi hududlarning mavjudligi va h.k.lar bilan tavsiflanadi.
Joylashish amplitudasi va strukturaviy tutgichning turiga ko‘ra saqlash inshootlari quyidagilarga ajratiladi:
a) monoklinal;
b) antiklinal strukturalarda kam amplitudali (tutgich amplitudasi qatlam quvvatiga teng yoki undan ko‘pi bilan ikki baravar ortiq);
v) antiklinal sgrukturalarda katta amplitudali tutgichli saqlash inshootlari (tutgich amplitudasi qatlam quvvatidan ikki baravar va undan ko‘pga ortiq;
g) litologik ekranlashgan tutgichli saqlash inshootlari.
Ishlatish jarayonida qatlam energiyasining hosil bo‘lish darajasi bo‘yicha saqlash inshootlari quyidagi toifalarga bo‘linadi:
a) sof gaz rejimidan chetlashish 10% dan ortiq bo‘lmagan gaz rejimida;
b) sof gaz rejimidan chetlashish 10% dan ortiq bo‘lgan suv bosimi rejimida;
v) aralash rejimdagi.
Ishlatib bo‘lingan konda suyuq uglevodorodlar bor yoki yo‘qligiga karab GEOSIlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
a) neft hoshiyasisiz yoki sanoat ahamiyatiga ega bo‘lmagan neft hoshiyali;
b) sanoat ahamiyatiga ega bo‘lmagan neft hoshiyali;
v) sanoat ahamiyatiga ega bo‘lmagan qoldiq neftga to‘yingan;