Tuproqqa talabi. Kuzgi arpa kuzgi bug‘doyga nisbatan sho‘rga, sho‘rxokka ancha chidamli. Uni sizot suvlar yaqin joylashgan tuproqlarda ham yetishtirish mumkin. Unumdor, g‘ovak, strukturali tuproqlarda Yuqori hosil beradi. Mexanik tarkibi og‘ir, loy, botqoqlashgan, juda sho‘rlangan erlar kuzgi arpa uchun yaroqsiz. Tuproq muhiti pH 6-7 bo‘lishi arpa uchun maqbul.
Oziqa moddalarga talabi. Sug‘oriladigan yerlarda etishtirilganda kuzgi arpa oziqa moddalarga ayniqsa azotga talabchan.
Navlari. Afrosiyob. Samarqand qishloq xo‘jalik institutida yaratilgan. 1990 yildan Surxandaryo viloyati sug‘oriladigan erlarida tumanlashtirilgan. Pallidium. Boshog‘i to‘rt qirrali. 1000 don massasi 32,8 g. O‘rta tezpishar, o‘suv davri 192 kun. Uzun DNU o‘rtacha hosildorligi 57,2 s/ga bo‘lgan.
Temur. Sam QXIda yaratilgan. Pallidium, tur xiliga mansub. Duvarak. Ertapishar. 1000 don vazni 42-45 g. bo‘yi 100-110 sm. Donida oqsil 13-14 %. Hosildorligi 80-90 s/ga. 1991 yildan sug‘oriladigan erlar uchun Davlat reestriga kiritilgan.
Marokand. Tur xili nutans. Kuzgi nav. Boshog‘i ikki qatorli. 1000 don massasi 40-45 g. Tezpishar, sovuqqa, kasalliklarga bardoshli. Hosildorligi 60-70 s/ga.
Arpaning Ayqor, Bolg‘ali, Karshinskiy, Qizilqo‘rg‘on, Mavlono, Lalmikor, Nutans 7999, Savrug‘, Xonaqox, navlari Davlat reestriga kiritilgan.
Kuzgi arpa uchun eng Yaxshi o‘tmishdoshlar - g‘o‘za, dukkakli don ekinlari, beda, sabzavot ekinlari. Lalmikorlikda kuzgi arpa toza shudgorga ekilganda eng Yuqori hosil olinadi. O‘g‘itlashda bir gektar maydonga sug‘oriladigan yerlarda N120-150, R80-100, K40-60 kg ma’danli o‘g‘it solish tavsiya etiladi. Ekish bilan gektariga 10 kg fosforli o‘g‘it berish Yaxshi natija beradi. Lalmikorlikda kuzgi arpaning bir gektariga N30, R40, K30 kg solish don hosilini 30-40% ga oshiradi.
Sug‘oriladigan yerlarda kuzda kuzgi arpa ekiladigan maydonlar chimqirqarli pluglar bilan 25-27 sm, lalmikorlikda 20-22 sm chuqurlikda haydaladi va bir yo‘la boronalash o‘tkaziladi. Haydash chuqurligi o‘tmishdosh ekin va o‘tmishdosh ekinni ekishdan oldingi haydash chuqurligi hisobga olinib o‘tkaziladi.
Urug‘lar 1 va 2 sinf talablariga javob berishi hamda fungitsidlar bilan ishlanishi talab qilinadi.
Sug‘oriladigan yerlarda kuzgi arpa Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida oktyabrning ikkinchi o‘n kunligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatlarida oktyabrning birinchi o‘n kunligida, janubiy viloyatlarda oktyabrning oxirgi o‘n kunligida ekiladi. Kuzgi arpani maqbul ekish muddatidan erta yoki kech ekish o‘simliklarni qishda sovuq urishiga, siyraklashishiga, hosilni pasayishiga olib keladi.
Lalmikorlikda oktyabr oyining oxirgi o‘n kunligida ekish eng maqbul muddat hisoblanadi.
Ekish usuli – tor qatorlab (7-8sm ), qatorlab, qatorlarni kesishtirib ekish. Ochiq maydonlarda qatorlarni kesishtirib ekish usuli ekish Yaxshi natija beradi. Ekish chuqurligi 4-6 sm.Ekish me’yori 4-4,5 mln. urug‘/ga. Ekish eng maqbul muddatdan kechiksa ekish me’yori 10-15% oshiriladi. Lalmikorlikda kuzgi arpa gektariga 2-2,5 mln. unuvchan urug‘ ekiladi.Kuzgi arpa erta bahorda ikki marta azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantiriladi. Birinchisi erta bahorda 60-70 kg/ga, ikkinchisi naychalash fazasining boshlanishida 50-60 kg/ga. Azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish yog‘ingarchiliklar yoki sug‘orish bilan uyg‘unlashtiriladi. Begona o‘tlarga qarshi Granstar mart oyida gektariga 15-20 g me’yorda qo‘llaniladi.
Hosil donlar to‘la pishganda yig‘ishtirib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |