Arpa yetishtirish texnologiyasi. Reja



Download 28,71 Kb.
bet3/3
Sana13.06.2022
Hajmi28,71 Kb.
#666297
1   2   3
Bog'liq
Arpa yetishtirish texnologiyasi. Reja

Baxori arpa.
Zafar duvarak. Tur xili rikotenze. Olti qirrali. O‘suv davri bahorda ekilganda 85-90 kun. Bahorda ekilganda hosildorligi 30-Z5 s/ga.
Bolg‘ali duvarak, tur xili nutans. Ikki qatorli. Sug‘oriladigan yerlarda bahorda ekilganda 30-40 s/ga don hosili beradi.
Nutans - 799 - duvarak, ikki qatorli. Lalmikorlikda ekish uchun tavsiya etilgan. Hosildorligi, 27,2-32,7 s/ga.
Lalmikor - duvarak, ikki qatorli. Lalmikorlikda 35-37 s/ga kuzda, bahorda 20-25 s/ga hosil beradi.
Gulnoz - ikki qatorli pivabop arpa, duvarak. Tur xili nutans. Bahorda ekilganda sug‘oriladigan yerlarda 30-35 s/ga hosil beradi.
Unumli arpa pivabop, ikki qatorli, duvarak. Lalmikorlikda 20-25 s/ga don hosili beradi.
Baqori arpani Vodka navi qam Davlat reestriga kiritilgan.
Bahori arpa yetishtirish. O‘zbekistonda bahori arpa sug‘oriladigan va lalmikor maydonlarda yetishtiriladi. Sug‘oriladigan yerlarda toza va qoplama ekin sifatida o‘stiriladi. Bahori arpa uchun sug‘oriladigan yerlarda eng Yaxshi o‘tmishdoshlarga g‘o‘za, qator oralari ishlanadigan ekinlar, dukkakli don, sabzavot ekinlari, kartoshka, qand lavlagi kiradi.
Lalmikorlikda bahori arpa uchun toza, band shudgor, no‘xat, maxsar Yaxshi o‘tmishdoshlardir.
Bahori arpa tuproq muhiti rN –5,5 kam bo‘lmagan, unumdor, mexanik tarkibi qumoq tuproqlarda Yaxshi o‘sadi.
O‘zbekistonda bahori arpaning Unumli arpa, duvarak arpani Temur navlari keng tarqalgan. Temur navi sug‘oriladigan yerlarda ekiladi.
Tuproqni ishlash. Sug‘oriladigan yerlarda bahori arpa ekiladigan dalalar 25 –27 sm chuqurlikda kuzgi shudgor qilinadi. Lalmikorlikda kuzgi shudgor 20 –22 sm chuqurlikda o‘tkaziladi. SHamol eroziyasiga uchragan maydonlarda tuproq ploskorezlar bilan ishlansa Yaxshi natija beradi.
Ekishdan oldin otvalli pluglar bilan haydalgan dalalar er etilishi bilan BZTS –1,0, BZS –1,0 tishli boronalarida bir yoki ikki izli qilib ko‘ndalangiga yoki diagonaliga borona qilinadi. Sizot suvlar yaqin dalalarda 10 –12 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi. Kultivatorlardan KPZ –9,7, KPSH –8, KSHU –12 va KPS –4 qo‘llaniladi.
Tuproqda nam ko‘p bo‘lsa, og‘ir g‘ildirakli traktorlardan foydalanishdan voz kechish kerak. Tuproq zichlanishini oldini olish uchun bir necha ish jarayonlarini bir yo‘la o‘tkazish kerak. Ishlovlar tuproq asosiy ishlanishiga ko‘ndalang yoki unga burchak asosida o‘tkaziladi.
Arpa (Hordeum L.)-boshoqdoshlar (gʻallagullilar oilasi)ga mansub bir va koʻp yillik don oʻsimligi. Arpaning 30 ga yaqii turi bor. Shulardan bittasi N. Sativum eqiladi. Boshoqdagi doni koʻp qatorli arpa (N. Vulgare L.), ikki qatorli arpa (N. Distichum L.), oralik arpa (N. Intermedium L.) kabi kenja turlari bor. Arpa Ozarbayjon, Tojikiston, Qozogʻiston, Oʻzbekistonda oʻstiriladi. Oʻzbekistonda arpaning ikki kenja turi (ikki va koʻp qatorli L.) eqiladi. Arpa mamlakatimiz shimoliy tumanlarida gʻalla sifatida, gʻarbiy tumanlarida pivo tayyorlash uchun, janubiy tumanlarida yem-xashak uchun eqiladi. Arpaning poyasi tikka (50-130 sl), silliq barglari ipsiz, boshogʻi bir qancha yakka gulli boshoqchalardan iborat. U qurgʻoqchilikka ancha chidamli. Ximiyaviy tarkibiga koʻra, arpa doni tarkibida oʻrtacha: 13% suv, 12% oqsil, 64,6% azotsiz ekstraktiv moddalar, 2,1% moy,kraxmal (45-677o), pentozalar (7- 117o), saxaroza (1,7-2%), yogʻ (2-3%), kul (3-5%), kletchatka (3,5-7%) va hokozolar bor. Arpa uni tarkibida kleykovina moddasining kamligi va oqsil sifatining pastligidan sof holda non yepish uchun yaramaydi. Lekin ekinning naviga, yetishtirish sharoitiga qarab, uning doni tarkibidagi oqsil miqdori (8,18% dan 19,9% gacha) keskin uzgarishi mumkin. Kuzgi arpa tarkibida oqsil miqdori 10-11%, shuning uchun ham undan yaxshi pivo tayyorlash mumkin. Sugʻoriladigan maydonlarda arpa tarkibi yanada oʻzgaradi.Hozir arpaning koʻp qatorli xillaridan Pallidum {boshogʻi sariq), Nigrum (boshogi qora), Parallelum (boshogʻi zich, sariq), Rugamidatum (boshogʻi zich, sariq tepasi tor), Coeleste (qiltirigʻi tishli, doni yalangʻoch), Trifurcatum (qiltpriq oʻrnida pufaksimon oʻsimtalari bor, doni yalangʻoch); ikki qatorli arpa xillaridan Nutans (boshogʻi sariq), Nigrican (boshogʻi qora), Medicum (qiltirigʻi kam tishli, boshogʻi sariq), Persicum (qiltirigʻi kam tishli, boshogʻi qora), Nu­dum (boshogʻi sariq, doni yalangʻoch) va boshqalari koʻp tarqalgan. Arpaning 83 navi boʻlib, 7 tasi chet eldan keltirilgan. Oʻzbekistonda unumli arpa (Nutans), Qarshi Arpa (Palli­dum), Toshkallak arpa (Parallelum), Nutans 27 (Nutans), Persikum 64 (Persicum) va boshqa navlari oʻstiriladi. Arpa Oʻzbekistonda kuzlda va bahorda eqiladi. U tuproqning trasi boʻlgandayeq unib chiqa boshlaydi. Dastlabki oʻsish va boshoqlanish davrida arpa ozuqa moddalariga talabchan boʻladi. Arpa sugʻoriladigan yerlarga gektariga 160-180 kg dan, lalmikor yerlarga esa 70-110 kg dan sepiladi. Unumdor sogʻ tuproqli yerlarda yaxshi, botqoq va shoʻrxoq yerlarda yemon oʻsadi. Iqlim, tuproq va joy sharoitiga qarab gektaridan 8-50 s hosil beradi. Oʻzbekistonda kuzgi arpa unib chiqqanidan keyuin 180-250 kunda, bahorda ekilganida 80-110 kunda pishadi.Arpa xoʻjalik ahamiyatiga koʻra don ekinlari ichida bugʻdoydan keyin ikkinchi oʻrinni egʻallaydi. Arpa eng muhim don ekinlaridan biri. U yem-xashak va oziq-ovqatga ishlatiladi. Arpa doni hamma qishloq xoʻjaligi hayvonlari uchun toʻyimli yem sifatida ishlatiladi. Ayniqsa, hayvonlarni boʻrdoqiga boqishda uning ahamiyati benihoyat katta. Somoni ham chorva mollari uchun yaxshi pichan hisoblanadi. 100 kg arpa doni oʻrtacha 126 oziq birligiga va 8,1 kg, hazm boʻladigan protein, 100 kg somoni 36 oziq birligi va 1,2 kg hazm boʻladigan protein saqlaydi. Arpa koʻkat oziq va pichan uchun koʻpincha dukkakli don ekinlari (noʻxat, vika) ga qoʻshib eqiladi. Arpa pivo pishirish sanoatining asosiy xom ashyosi hisoblanadi, shuningdek donidan spirt, solod ekstrakti olinadi. Arpa donidan arpa yormasi va arpa uni tayyorlanadi. Uni bugʻdoy yoki suli uniga qoʻshib (25% gacha) non yepish uchun ishlatiladi.Turlari. Hordeum L – avlod bitta madaniy turini (Hordeum sativum L) va boshqa bir qator yevvoyi turlarini tashkil qiladi. Arpa oʻsimligi boshoqda boshoqchalarning joylashishiga qarab uchta kenja turga boʻlinadi.1.Hordeum vulgare L. Bu koʻp qatorli yoki oldingi arpa boʻlib, boshoqning har bugʻinida uchtadan boshoqcha joylashadi, har bir guldan tula shakllangan don paydo boʻladi. Boshoqda boshoqchalarning joylashishi va zichligiga qarab, ular uz navbatida ikkiga boʻlinadi (4-rasm).Toʻgʻri olti qatorli arpa, bunda boshoq kesib koʻrilganda, uning oltita burchagi boʻladi, notoʻgri olti qatorli arpani boshogʻi kesib koʻrilganda, burchaklari choʻzinchoq boʻlib toʻrt burchakli boʻladi.2. Hordeum distichon L ikki qatorli arpalar. Bu arpa turlarida boshoq ustunchasidagi 3 dona boshoqchadan faqat oʻrtadagisi gullab, urugʻ hosil qiladi. Ikki chetki gullari changlamaydi va urugʻ hosil qilmaydi. Respublikada ikki qatorli arpa navlari juda koʻp eqiladi, ularning doni yirik va tekis boʻladi.3.Hordeum intermedium – oralik arpa. Bu turda arpa boshoqlari boshoqcha ustunlarida I tadan 3 tagacha don boʻlishi mumkin. Baʼzi arpa boshoqlari 2, baʼzi boshoq ustunchasida 3, baʼzan 1 ta don hosil boʻladi, shuning uchun ularni notoʻgʻri koʻp qatorli arpa deyiladi. Oldingi turlarda aniq 2-6 qator urugʻlar boʻladi.Usish xususiyatlari. Kuzgi arpa kuzgi bugʻdoy va javdarga qaraganda havo haroratining sovuq boʻlishiga ham issiq boʻlishiga ham kam chidamlidir. Kuzgi arpa urugʻlari 1-2°C haroratda una boshlaydi, urugʻlar unib chiqishi uchun qulay harorat 8-10°C hisoblanadi. 16-18°C darajada urugʻ juda tez unib chiqadi. Maysalar harorat – 12°C dan past, boʻlganda zararlanadi. Erta koʻklamgi noqulay sharoit kuzgi bugʻdoyga qaraganda kuzgi arpaga taʼsir etadi. Bahorda kunlar isishi bilan arpa tez oʻsa boshlaydi. Uning oʻsuv davri kuzgi bugʻdoyga qaraganda, 1,5-2 hafta qisqaroq boʻladi.Arpa yorugʻlikka talabchan, uzun kun oʻsimlik gullash paytida havoning yorugʻ, quyoshli boʻlishini talab qiladi, namga talabchan, ammo shu bilan birga qurgʻoqchilikka ham chidamli hisoblanadi. Bu oʻsimlik sugʻoriladigan va lalmi sharoitda oʻsadi, faqat hosildorligida farq bor. Kuzgi arpa tuproqqa talabchan, bunga sabab qisqa oʻsuv davrida tuproqdan zarur ozuqa moddalarni olishi uchun, unumdor tuproqda oʻsishi kerak Kuzgi arpa tuproq strukturasini yaxshilaydi. Oʻzidan keyin yerni tozalab ketadi.Oʻzbekistonda arpa maydon jihatidan kam joyni egʻallaydi. Ammo respublikada 216 miig gektar maydonga muntazam arpa eqiladi. Oziq-ovqat sanoati va chorvachilikning bu ekinning doniga talabi katta. Chorva mollari uchun hamisha eng yaxshi ozuqa hisoblanishi bilan birga pivo sanoatida ham arpa asosiy xom ashyodir. Pivoni faqatgina arpadan tayyorlashadi. Boshqa don ekinlari bu xususiyatga ega emas. Bizning issiq iqlimli quyoshli oʻlkamizda ekilgan arpalarning oqsil miqdori yoqori. Shuning uchun arpa bilan boqilgan chorva mollari, qoʻylar, otlar tez semiradi.Navlari. Lalmikor. – Oʻzbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti (“Don” ilmiy ishlab chiqarish birlamshasi) ning selekinon navi. Yojno Kazaxstanskiy 43 x Nutans 799 navlarini chatishtirib olingan, duragaydan yakkalab tanlash yoʻli bilan yaratilgan. 1995 yildan beri Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarining lalmikor yerlarida kuzgi ekish muddatida Davlat reyestriga kiritilgan.Duvarak (biologik kuzgi). Nutans turiga mansub. Boshogʻi ikki qatorli, ochsariqrangda, oʻrtacha uzunlikda. Qiltigʻi uzun, boshogʻi parallel, dagʻal, doni yirik ellips shaklda, ochsariq, 1000 ta donining vazni 59,5-61,8 g. 1995-1999 sinov yillari oʻrtacha hosildorliq Gʻallaorol va Qamashi nav sinash shaxobchalarida 23,4-22,8 s. ni tashkil etdi.Oʻrtapishar, vegetasiya davri 180-200 kun, qurgʻoqchilikka chidamli, qishga chidamliligi yaxshi. Yetib qolish va tukilishga bardoshliligi 5,0 ball, ozuqabopligi yaxshi. Nav qishl0q xoʻjalik kasalliklari va zararkunandalariga chidamli.Yetishtirish usullari. Kuzgi arpa uchun eng yaxshi oʻtmishdosh ekin paxta, kartoshka, makkajoʻxori, shuningdek dukkakli don ekinlari va bedadan keyinekilgan arpa yoqori hosil beradi. Kuzgi Bugʻdoy ham arpa uchun yaxshi oʻtmishdosh oʻlishi mumkin. Arpaning bir xususiyati mavjudki u tuproqda erimay qolgan mineral oʻgʻitlarni oʻzlashtirib, tuproqni begona oʻt qoldiqlaridan tozalaydi. Arpaning oʻzi koʻpgina ekinlar uchun yaxshi oʻtmishdosh hisoblanadi.Ekish muddati. Kuzda janubiy tumanlarda oqtyabr oyining boshlarida, shimoliy tumanlarda sentyabr oyining oxirida eqiladi. Kuzgi arpa ham qattiq sovuqlar tushishidan 45-60 kun oldin ekilishi kerak. Kuzgi bugʻdoy kabi yaxshi toʻplab qolishi kerak, boʻlmasa sovuqdan maysalar nobud boʻladi. Kuzgi arpa sovuqqa nisbatan chidamsizdir, shuning uchun uni albatta kuzlda nam yerga ekib yaxshi toʻplanishiga erishish bosh massha boʻlib qoladi, yaxshi toʻplamagan maysalar qishki sovuqlardan nobud boʻladi. Sugʻoriladigan maydonlarda avval yerni sugʻorib nam yetarli boʻlgandagina arpa urugʻlari eqiladi.Ekish usullari. Boshoqli don ekinlari kabi arpa tor qatorlab 13-15 sm kenglikda, qatorlab, uzunasiga va koʻndalangiga qilib eqiladi. Qator orasi 7,5-8,0 sm, tup orasi 3-4 sm tor qatorlab ekilganda, qator orasi 13- 15 sm boʻlsa, tup orasi 1,5-2 sm boʻlishi kerak Ekish bilan birgalikda 70 sm kenglikda joʻyak olinadi. Sugʻorilmasa hosildorlik juda pastboʻladi.Ekish chuqurligi. Urugʻlarning yirikligi, tuproqning mexanik tarkibi hamda namligiga qarab belgilanadi. Ikki qatorli arpa urugʻlari olti qatorli arpalarga qaraganda biroz yirikroq boʻladi, shuning uchun ular 1-2 sm chuqurroq tashlanadi, yaʼni 5-6 sm chuqurlikda eqiladi. Ogʻir tuproqlarda esa urugʻlar yozaroq, nami yetarli boʻlmasa chuqurroq tashlanadi. Urugʻlar tuproqqa 4-5 sm chuqurlikda tashlanishi kerak.Ekish meʼyori. 1000 dona urugʻining vazniga hamda ekish muddatlariga, lalmi va sugʻoriladigan yerlarga ekilishiga qarab belgilanadi. Sugʻoriladigan maydonlarda ekish meʼyori 3-3,5 mln. dona yoki 150-160 kg hisobidan urugʻ tashla­nadi. Eqiladigan urugʻning unuvchanligi past boʻlsa u holda ekish meʼyori 15-18 foiz oshiriladi. Eqiladigan arpa urugʻlari 1 klass urugʻlar boʻlib unuvchanligi 95 foiz, tozaligi 99 foiz; 2klass urugʻda unuvchanligi 90 foiz, tozaligi 97 foizdan kam boʻlmasligi kerak. Ekish SZ-3,6, SZP3,6 rusumli don seyalkalari bilan olib boriladi.Ekinni parvarish qilish. Kuzda arpa eqiladigan maydonlar ekishdan oldin sugʻorilib, oʻta namligida urugʻlarni undirib olish zarur. Yerni shudgorlash yoki chizellashdan ol­din sugʻoriladi, boʻlmasa, dalada katta katta kesaklar koʻchadi, ularni sugʻormasdan maydalab boʻlmaydi. Bostirib sugʻorilgan maydonlar 22-25 sm chuqurlikda haydaladi yoki chizellanib, borona yorgiziladi va mola bosiladi. Yer yaxshilab tekislanganda, ekishga kirishiladi. Ekishdan oldin organik oʻgʻitlar beriladi, goʻng bilan birga 40-45 kg fosforli oʻgʻit shudgor bilan aralash holda solinadi. Arpaga ekish bilan birgalikda 25-30 kg azotli oʻgʻit berish mumkin. ekish muddati juda erta va tuproqda nam yetarli boʻlsa oʻgʻit berish shart emas, aks holda maisa juda tez oʻsib ketib sovuqda nobud boʻlishi mumkin. Bahorda tuproqda nam boʻlishiga qaramasdan albatta sugʻorish va oziqlantirish zarur. Erta bahorda, mart oyining boshlarida borona qilinib har gektar yerga 40-50 kg azot va 20-25 kg fosfor beriladi. Aprel oyining boshlarida yana shu miqdordagi azotli va fosforli oʻgʻit sochma yoki oqizib beriladi. Bundan tashqari ikki marta suv bilan goʻng sharbati berilsa, hosildorlik gektaridan 4,5-5,0 tonna boʻlishi mumkin. Yaxshi oziqdantirilmagan va sugʻorilmagan maydonlardan olingan hosil 2-2,2 tonnadan oshmaydi. Somoni ham shunga muvofiq boʻladi.Donlari pishib yetila boshlaganda oʻrish uchun dalalar kuzgi bugʻdoyni oʻrganda qanday tayyorlangan boʻlsa shu usulda tayyorlanadi. Arpapoya chetlari haydab tashlanadi, yengʻinning xavfi olinadi. Urugʻchilik xoʻjaliklari boʻlsa albatta begona navlar va oʻsimliklar terib olinadi, dalada bir xil navga mansub oʻsimliklar qoldiriladi. Kombayn telej­ka hamda xirmon joylari tayyorlanadi, kuzgi arpa bugʻdoy va javdarga qaragaida 12-15 kun oldin pishib yetiladi. Oʻrishni kechiktirmaslik kerak, chunki arpaning boshoqlari moʻrt boʻlib, tez sinib ketadi, ayniqsa qatorli arpalarda. Ikki qatorli arpalarda nobudgarchilik kamroq boʻladi. Don saqlanadigan xirmonlarda pana joylar ham boʻlishi kera, may oyining oxirlarida dalada yomgʻirlar boʻladi, shuning uchun urugʻlarni yomgʻirdan saqlab qoladigan maxsus joylar boʻlishi zarur. Keys kombaynlari bir kunda 40-50 gektar don maydonlarini oʻrib yanchib berish imkoniga ega. Arpa boshoqli don ekinlari ichida birinchi boʻlib oʻriladi, shuning uchun uni oʻrishda ayrim qiyinchiliklar boʻlishi mumkin. Arpa maydonlarini juda erta boʻshatishni xohlaganlar uni avval oʻroqlap bilan oʻrib yetqizib keyin yanchib olishi mumkin. Bu usulda yigʻishtirilganda albatta 8-10 kun oldin pishadi.

]



Download 28,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish