Mavzu ________________________________________________________________
Aritmiyaga qarshi qo‘llaniladigan vositalar
Yurakningritmik to‘g‘ri, bir tekisda qisqarishining buzilishi ritmiya deyiladi. Bu holat yurakning o‘zida bo‘ladigan asalliklar undan tashqaridagi har xil patologik o‘zgarishlarda kuzatilishi mumkin. Yurakning shemik kasalligida, miokard
infarktida, revmokardit, miokardit, kardioskleroz kasalliklarida va asab tizimi xastaliklarida, organizm intoksikatsiyasida, elektrolitlar lmashinuvining buzilishi va boshqa hollarda aritmiyaning, asosan, ikki xili kuzatiladi. Òaxiaritmiya — ritmning tezlashishi bilan kechadigan turi. Bunga ekstrasistoliya, paroksizmal taxikardiya, titrash alomatlari bilan kechadigan aritmiyalar misol o‘ladi. Bulardan xavflisi yurakning titrash alomatlari bilan kechadigan aritmiya hisoblanadi. unki u ayrim hollarda yurakning to‘xtab qolishiga olib keladi. Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, oxirgi vaqtlarda
aritmiya kasalligi ko‘p uchrab turadi. Bradiaritmiya esa yurak urishining sekinlashishi bilan davom etadi va ritm juda sekinlashib qolsa, kollaps holatiga olib kelishi mumkin. Buning asosiy sababi yurak sinus tugunining zaiflashishi va impuls chiqishining kamayishi yoki Giss bog‘lam-
larining bloklanishi hisoblanadi.
Bu guruhga yurak qo‘zg‘alishi, o‘tkazuvchi tizim
tizmni tormozlaydigan, qo‘shimcha qo‘zg‘alish o‘chog‘ida patologik impulsning paydo bo‘lishini kamaytiradigan preparatlar kiradi.
Aritmiya kasalligiga duchor bo‘lgan bemorlarni davo qilishda antiaritmik preparatlardan foydalaniladi. Ularning asosiy farmakologik ta’siri yurak qo‘zg‘aluvchanligini pasaytirish, yurak avtomatizmini, o‘tkazuvchi tizimlarini
tormozlash bilan izohlanadi. Antiaritmik preparatlarning bunday ta’siri ko‘proq miokardning atologik o‘zgargan joylaridan
paydo bo‘ladigan qo‘shimcha impulslarga qaratilgandir. Ular sinus tuguncha avtomatizmiga ham kor qiladi. Atrioventrikular tuguncha va Giss bog‘lamlariga bo‘lgan ta’siri ancha sezilarli (30-rasm). Antiaritmik preparatlarning ta’sir etish mexanizmi asosiy elektrolitlar — kationlarning hujayra pardasidan passiv ravishda o‘tishini sekinlashtirishdan iborat. Natijada elektrolitlar balansining mahalliy buzilishi yo‘qoladi. Ma’lumki, elektrolitlar
balansining bunday o‘zgarishi yurak qo‘zg‘aluvchanligi va avtomatizmini kuchaytiradi. Shunday qilib, antiaritmik
preparatlar ta’sirida hujayra membranasining ikki tomonidagi elektrolitlar oni baravarlashadi, uning elektr qutbi barqaror-
lashadi.
Aritmiyaga qarshi qo‘llaniladigan dori vositalari farmakologik ta’siri va ta’sir mexanizmi bo‘yicha turli guruhlarga bo‘linadi.
1. Miofibril membranasini barqarorlaydigan dori vositalari. Ular membranadan natriy va kaliy ionlarining o‘tishini kamay-
tiradi. Bularga xinidin, novokainamid, aymalin va boshqalar kiradi.
2. Hujayra membranasidan kaliy ionlarining o‘tishini ko‘paytiradigan dori vositalari. Mahalliy anestetiklar — lido-
kain, trimekain bunday ta’sirga ega bo‘lgan preparatlar hisoblanadi. 3. Kalsiy antagonistlari. Kalsiy ionlarining hujayra pardasidan
o‘tadigan yo‘lini to‘sib, ularning hujayraga kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Verapamil, nifediðin va boshqalar shular jumlasi-
dandir.
4. Adrenoblokatorlar va simpatolitiklar. Ular simpatik nerv ta’sirini kamaytirib yurak urishini sekinlashtiradi. Miokard
qo‘zg‘aluvchanligini va o‘tkazuvchanligini susaytiradi. Shu bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |