MS POWER POINT VA MS EXCEL DASTURIY
VOSITALARGA DOIR ASOSIY TUSHUNCHALAR
MS Power Point programmasi yordamida ko‘rgazmalar yaratish.
MS PowerPoint muharriri vazifalari. Oynasining tashkil etuvchilari.
Slaydlar bilan ishlash. Shablon va fon. MS PowerPoint da obyektlar bilan
ishlash, Animatsiya o‘rnatish. Ko‘rgazmalar tayyorlash. Boshqaruv
tugmalari. MS Power Pointda oddiy veb-sahifalar yaratish
MS Power Point
yordamida turli mazmundagi ma’ruzalar, hisobotlar,
dasturlar va shu kabi hujjatlarni slaydlar tarzida mazmunli tez va yuqori sifatda
tayyorlash mumkin. Dasturning afzalligi shundaki, u bir nechta hujjat – hisobot,
rasm, diagramma, grafiklarni bog‘lash, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish,
matnlar yoniga tasvirlar tushirish, hisobotdagi alohida olingan qismlarni rang-
barang usullarda, masalan, ketma-ket belgilarni ekranga chiqarish yordamida
turli xil animatsiyalardan foydalangan holda tuzish imkonini beradi.
Power Point dasturi imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
— prezentatsiya va slaydlar tayyorlash;
— rasm va grafiklarni slaydlarga joylashtirish;
— Web uchun prezentatsiya tayyorlash;
— Power Pointda dasturlash ishlarini bajarish;
— MS Office dasturlari Word, Paint, Access, Excel, Internet Explorer va
hokazolar bilan hamkorlikda ishlash.
Boshqa Office dasturlaridagi kabi, uskunalar majmuasida Power Point
menyu buyruqlarining deyarli barchasiga mos hamda yana bir qancha amallarni
bajarishga mo‘ljallangan maxsus jihozlar joylashgan. Mazkur jihozlar ustidagi
belgilar ularni bajarishi mumkin bo‘lgan amallarni ko‘rsatib turadi:
— yangi slaydlar tashkil etish;
— faylni ochish;
— faylni xotirada saqlash;
— natijani chop etish qurilmasiga chiqarish;
— faylni sahifalar bo‘yicha ko‘zdan kechirish;
— imlo xatolarini aniqlash;
— biror qismini qirqib olish;
— ajratilgan qismni nusxalash;
— ajratib olingan qismni o‘rniga qo‘yish;
— oldingi holatga qaytish;
— keyingi holatga o‘tish;
— shriftni tanlash;
— 100% — sahifani ekranda ko‘rish, masshtabini tanlash;
— sahifani formatlash;
— shakllar bilan ishlash va hokazo.
Uskunalar panelida, yangi jihozlar kiritish yoki keraksizini olib tashlash
uchun, «sichqoncha» ko‘rsatkichi uskunalar joylashgan qatorga keltiriladi va
«sichqoncha» o‘ng tugmachasi bosiladi, natijada, ekranda to‘rt burchakli
ma’lumotli soha paydo bo‘ladi. Siz uning yordamida funksional tavsifli yangi
jihozlar o‘rnatishingiz yoki keraksizini olib tashlashingiz mumkin.
Dasturdan chiqish uchun [Alt]
→
[F4] tugmachalari birgalikda bosiladi
yoki menyuning
Файл bo‘limiga kirib,
Выход buyrug‘i beriladi. Ish stoli
oynasini yopish uchun ko‘rsatkichni ekranning yuqori o‘ng qismi ustida
joylashgan [x] belgiga keltirib, «sichqoncha» chap tugmachasi bosiladi.
Power Point ish stoli yuqori qatorida ko‘rgazmali namoyishlar, slaydlar,
hisoblar va uning qismlari ustida turli xil amallar bajarish uchun mo‘ljallangan
menyu joylashgan. Menyuga kirish uchun [F10] tugmachasi yoki ko‘rsatkich
kerakli menyu bandi ustiga keltirilib, «sichqoncha» tugmachasi bosiladi va
kerakli band [
→
], [
←
], [Home], [End] tugmachalari yordamida tanlanadi.
Tanlangan band bajarilishi uchun [Enter] tugmachasi bosiladi. Menyudagi tahrir
qilinayotgan matnga qaytish uchun [Esc] tugmachasi bosiladi.
Microsoft Power Point menyusi Файл, Правка, Вид, Вставка,