7-rasm
.
O‘rmon qirqqulog‘i.
1-umumiy ko‘rinishi; 2-barg ostidagi
soruslarning
ko‘rinishi;
3-sporangiyda
yetilgan
sporalarning
tarqalishi; 4-ikki jinsli gametofit; 5-anteridiy; 6-ko‘p xivchinli
spermatazoid; 7-arxegoniy; 8-zigota; 9-yosh sporofit.
Yoz faslining o‘rtalariga kelib, erkak paporotnik
bargining ostki yuzasida jinssiz (sporofit) yo‘l bilan
ko‘payish organi –
sporangiylar hosil bo‘ladi. Sporan-
giylar to‘p-to‘p bo‘lib joy olib, ular “soruslar” deb ata-
ladi. Har bir sorus
ustki tomonidan yupqa parda
(indizium) bilan o‘ralgan. Sorusning tuzilishini o‘rga-
nish uchun, uni ko‘ndalang kesib qaralsa, bargning
ostki tomonida qalin bo‘rtma (platsenta) borligi ko‘ri-
nadi. Platsentadan indizium oyoqchasi hosil bo‘ladi.
Bundan tashqari, sporangiyda yetilgan sporalar halqa
31
yordamida tashqariga tarqali-shiga moslashgan. Halqa
tuzilishi jihatidan tutash bo‘lmasdan sporangiy ayla-
nasini 2/3 qismini o‘rab turadi. Halqa uchlarini bir-
biriga ulab turuvchi yupqa devor bo‘lib, uning yorilishi
bilan halqaning bir uchi birdan teskari tomonga
buraladi. Shu harakat tufayli sporangiydagi sporalar
tashqariga sochiladi. Qulay sharoitga tushgan spora-
lardan yangi jinsiy nasl (gametofit) o‘sib chiqadi. Game-
tofit yurakka o‘xshash kichkina yashil yaproqchadan
iborat bo‘lib, uning eni 1 sm.gacha yetib boradi. Game-
tofit yaproqchaning ostki yuzasida, uning uchliroq
tomonida esa bir nechta rizoidlar vujudga keladi. Shu
yuza tomonda jinsiy organlar – arxegoniy va anteri-
diylar rivojlanadi. Arxegoniylar yaproqchaning o‘yiq
qismiga yaqin joyida, anteriydiylar esa undan uzoqroq
yoki o‘rtaroq qismida hosil bo‘ladi. Anteridiy tashqi
tomonidan yupqa parda bilan o‘ralgan dumaloq tana-
cha, uning ichida sperma-tozoidlar yetkazib beradigan
spermatogen hujayralar bor. Anteridiy yomg‘ir yoq-
qanda yoki shudring tushgan vaqtda uchidan yoriladi.
Yorilgan joydan yetilgan sper-matozoidlar suvga chi-
qadi. Arxegoniy qorin qismi bilan gametofit to‘qimasiga
botib turadi. Uning faqat kalta bo‘yin qismigina
tashqariga chiqib turadi. Qorin qismida tuxum hujayra
va undan yuqoriroqda kanal hujayrasi boshlanadi.
Tuxum hujayra tayyor holga kelishi bilan arxegoniy
uchi yoriladi, ayni shu vaqtda kanal hujayralari
shilimshiq suyuqlik ajratadi. Ajra-tilgan suyuqlik orqali
spermatozoidlar tuxum hujayra-siga yetib kelib, uni
otalantiradi. Otalangan tuxum hujayradan zigota hosil
bo‘ladi va u bo‘linib o‘sishi natijasida murtakka ayla-
nadi. Murtak boshlang‘ich ildiz, poya va bargga ega.
Hosil bo‘lgan ildiz asta-sekin tuproqqa kirib boradi,
ayni shu vaqtda poya va barg yer yuzasiga chiqadi.
Shunday qilib, murtak mustaqil holda hayot kechira
boshlaydi. Gametofit yaproqchasi keyinchalik asta-
sekin qurib yo‘qolib ketadi.
32
Do'stlaringiz bilan baham: |