Arduino — professional boʻlmagan robototexnika ishqibozlari (foydalanuvchilar) uchun dasturiy va texnik taminotlar yigʻindisi. Arduino mutloq ochiq arhitektura. Undagi barcha loyihalar qismlari(Asosan dasturiy taminot) ochiq tarqatiladi. U oʻzining platasi va IDE-dasturlash muhiti ga ega.
Arduino platasi-bu mahsus oʻzida microcontroller va boshqa elektronik qurilmalarni mujassamlashtirgan elektron qurilma. Uning ishlatilish maqsadiga qarab hozirgi kunda bir-turlari mavjud. Ular quyidagilar:
Arduino UNO
Arduino NANO
Arduino Pro Mini
Arduino Duemillanove.
Arduino Nano.
Arduino LilyPad
Loyihaning tarixi 2000 yil boshlarida Italiyaning Ivrea shahrida mavjud bo'lgan Interaction Design Institute Ivrea (Eng.) Rus savdo markasi ostida inson-mashina interfeysi bo'yicha kurslardan boshlanadi. O'qitish uchun BASIC Stamp markasi (ingliz tilida) rus tilida modullardan foydalanildi, ularning narxi taxminan 50 dollarni tashkil etdi. 2003 yilda Hernando Barragan o'z ishining bir qismi sifatida ingliz tilida yangi Wiring dasturiy va apparat platformasining boshlang'ich versiyasini yaratdi va loyihaning maqsadi boshlang'ich dasturlash uchun arzon va sodda muhit yaratish edi. Xuddi shu yili Massimo Banzi, Devid Mellis va Devid Kvartilyer vilkalar simini Arduino deb atashdi.
Arduino ning Uno turi texnik ko'rsatkichlari:
Mikrokontroller: ATmega328;
Ishlash kuchlanishi: 5 V;
Kirish kuchlanishi(tavsiya etilgani): 7-12 V;
Kirish kuchlanishi(eng yuqori): 6-20 V;
Raqamli kirish/chiqish: 14 ta(ulardan 6tasi KIM(Широтно-Импульсная модуляция)
Arduino — elektronik loyihalarini yaratish uchun foydalaniladigan open source platformasi hisoblanadi. Arduino kompyuter kodini fizik qurilmalarga yozib olish uchun ishlatiladigan elektron mikrokontrollerdan va dasturiy ta’minot yoki IDE (Integrated Development Environment) komponentidan iborat.
Arduino oilasida turli xil kontrollerlar mavjud: Arduino UNO, Arduino Leonardo, Arduino ProMini, Arduino Mega, LilyPad Arduino. Ulardan eng keng tarqalgani Arduino UNO hisoblanadi. Mikrokontrollerlar bilan ishlashni boshlaganda ham aynan shu kontrollerdan boshlash maslahat beriladi. Endi esa, Arduino UNO mikro kontrollerining tarkibiy qismlari bilan tanishib chiqsak:
Power(1).Arduino UNOga quvvat USB portini shaxsiy komputer yoki noutbukingizga ulash orqali beriladi. Uni komputeringizga ulovchi USB simisiz ham ishlatishingiz mumkin. Buning uchun maxsus batareya orqali ishlatishingiz mumkin(2). Bunday batareyalar odatda 9V kuchlanishga ega bo’ladi.
GND(3): Ground so’zining qisqartmasi. Bu pinni siz barcha proyektingizdada ishlatasiz.
5V(4) & 3,3V(4): Bular mos ravishda 5V va 3,3V lik quvvatni ta’minlovchi pinlar hisobladi.
Analog(6): Anolog pinlar (A0,…A5). Bu pinlar yordamida qurilmalardan analog signal qabul qilinadi. Masalan harorat datchigidan.
Digital(7/8): Bu pinlardan esa raqamli signallar qabul qilinadi. Masal kichim svetodioddan.
Keling Arduino UNOda birinchi qilinadigan kichik proyekt hisoblanmish svetodiodni yoqib ko’ramiz. Demak buning uchun bizga: Arduino UNO , LED(svetodiod) va 220 om rezistor kerak bo’ladi.
Sxemani quyidagi ko’rinishda yig’amiz:
Va Arduino IDE dasturlash muhitida quyidagi kodni yozish orqali biz LEDni 1 sekund yonib 1 sekund o’chish holatini takrorlanishiga erishamiz: