5.161. Yopiq idishda 20 g azot va 32 g kislorod bor. Bu gaz
aralashmasini 280 ga sovutilganda uning ichki energiyasining o’zgarishi topilsin.
Berilgan:
m=
5.162. 2 kilomol karbonat angidrid gazi o’zgarmas bosimda 500ga
isitilgan. 1) gaz ichki energiyasining o’zgarishi 2) kengayganda bajarilgan ish 3) gazga berilgan issiqlik miqdori topilsin.
5.163. Ikki atomli gazga 500 kal issiqlik berilganda u o’zgarmas
bosimda kengaygan. Gazning kengayishda bajargan ishi topilsin.
5.164. 2 atomli gaz izobarik ravishda kengayganda 16 kGm ish
bajarilgan. Gazga qancha issiqlik miqdori berilgan?
5.165. 2·105 N/m2 bosim ostida berilgan 17 0C haroratli 5 l hajmni
egallagan gaz isitilganda izobarik ravishda kengaygan. Bunda gazning kengayish ishi 20 kGm ga teng bo’lgan. Gaz necha gradusda isitilgan?
5.166. 7 g karbonat angidrid gazi erkin kengaya olish sharoitida 100da
isitilgan gazning kengayishida bajargan ishi va ichki energiyasining o’zgarishi topilsin.
5.167. Ko’p atomli 1 kilomol gaz erkin kengaya olish sharoitda 1000ga
isitilgan. 1) gazga berilgan issiqlik miqdori 2) gaz ichki energiyasining o’zgarishi 3) kengayishda bajarilgan ish topilsin.
5.168. Idishdagi porshen ostida 1 g azot bor. 1) Azotni 100 ga isitish
uchun qancha issiqlik miqdori sarf qilish kerak? 2) bunda porshen qancha ko’tarilgan? Porshenning og’irligi 1 kG, uning ko’ndalang kesim yuzi 10sm2. Porshen ustidagi bosim 1 atm ga teng.
5.169. Idishdagi porshen ostida qaldiroq gaz bor. Qaldiroq gaz
portlaganda uning ishki energiyasi 80,2 kal ga o’zgarganligi va porshenning 20 sm ko’tarilganligi ma’lum bo’lsa, bunda qancha issiqlik miqdori ajratilganligi topilsin. Porshenning og’irligi 2 kG, uning ko’ndalang kesim yuzasi 10 sm2. Porshen ustida normal sharoitda havo bor?
5.170. 10,5g azot -230 C haroratda izotermik p1=2,5 atm bosimdan p2=1
atm bosimgacha kengayadi. Gazning kengayishda bajargan ishi topilsin.
5.171. 170C haroratli 10 g azot izotermik kengayganda 860 J ga teng
ish bajargan. Azot kengayganda bosim necha marta o’zgargan?
5.172. Biror 10g gaz izotermik V1 hajmdan V2=2V1 hajmgacha
kengayganda 575 J ga teng ish bajargan. Bu haroratdagi gaz molekulasining o’ratacha kvadratik tezligi topilsin.
5.173. Normal sharoitda 1 l geliy tashqaridan olgan issiqlik hisobiga
izotermik 2 l hajmgacha kengaygan. 1) Kengayishga gazning bajargan ishi, 2) gazga berilgan issiqlik miqdori topilsin.
5.174. 2 m3 gaz izotermik kengayganda uning bosimi p1=5at dan p2=4
at gacha o’zgargan. Bunda bajarilgan ish topilsin.
72
5.175. 00C haroratdagi havo adiabatik V1 hajmdan V2=2V1 hajmgacha kengaysa, u qanday haroratgacha soviydi?
5.176. 7,5 l kislorod adibatik 1 l hajmgacha siqilgan va siqilishning oxirida bosim 1,6.106 N/m2 ga teng bo’lgan. Gazning siqilishigacha qanday bosimda bo’lgan.
5.177. Ichki yonuv dvigatelining silindridagi havo adibatik siqiladi va bunda uning bosimi p1=1 atm dan p2=35 atm gacha o’zgaradi. Havoning boshlang’ich harorati 400C . Havoning siqilgandan keyingi harorati topilsin.
5.178. Gaz adibatik kengayadi va bunda uning hajmi 2 barobar ortadi, harorati (absolut) esa 1,32 marta pasayadi. Bu gaz molekulasining erkinlik darajasi qanday?
5.179. 270C harorat va 2.106 N/m2 bosimda ikki atomli gaz adibatik V1 hajmdan V2=0,5V1 hajmdacha siqiladi. Siqilgandan keyingi gazning harorati va bosimi topilsin.
5.180. Normal sharoitda idish porsheni ostida 10-4m3 hajmda qaldiroq gaz bor. Gaz juda tez siqilganda alangalanadi. Gaz siqilganda bajargan ishi 4,73 kGm ga tengligi ma’lum bo’lsa, alangalangan qaldiroq gazning harorati topilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |