Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish
Davlat boshqaruv tizimini isloh qilish.
Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish.
Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish. Davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish. Jahon tarixida bir necha minglab yillar davomida davlat hokimiyatining jamiyat va odamlar maqsadi hamda manfaatlari yo‘lida xizmat qilishi uchun harakatlar bo‘ldi. Lekin, insoniyat va uning farovonligi uchun xizmat qiladigan hokimiyatga ega bo‘lish muammosi echilmay qolaverdi. Faqat yangi davr - XVIII asrdan boshlab hokimiyatni qonuniy yo‘l bilan uchga bo‘lish asnosida zulm va zo‘ravonlik asosida davlat boshqaruviga yo‘lqo‘ymaslik sohasida dastlabki zamonaviy-nazariy qarashlar paydo bo‘ldi.
2016 yil 11 apreldan boshlab kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi Qonunning 5- moddasiga binoan mamlakatda quyidagi parlament nazorati shakllari o‘rnatildi: navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat bYudjetini, davlat maqsadli jamg‘armalarining bYudjetlarini hamda soliq va bYudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini (bundan buyon matnda Davlat bYudjeti deb Yuritiladi) qabul qilish, shuningdek, Davlat bYudjeti ijrosining borishini ko‘rib chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (bundan buyon matnda Vazirlar Mahkamasi deb Yuritiladi) mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari Yuzasidan har yilgi ma’ruzasini ko‘rib chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining (bundan buyon matnda Bosh vazir deb Yuritiladi) mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari Yuzasidan hisobotini eshitish; Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish; O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining (bundan buyon matnda Hisob palatasi deb yuritiladi) hisobotini eshitish; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish; O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining hisobotini eshitish; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish; parlament so‘rovi; Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a’zosining so‘rovi; Qonunchilik palatasi, Senat qo‘mitalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish; qonunhujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘mitalari tomonidan o‘rganilishi va qonunosti hujjatlarining qabulqilinishi yuzasidan ular tomonidan monitoringning amalga oshirilishi; parlament tekshiruvi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarga muljallangan «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonining qabul qilinishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlanganini anglatadi. Ushbu hujjatda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda - Harakatlar strategiyasi) mujassamlashgan bo‘lib, ularning birinchisi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida ifodalaydi. Bu yo‘nalishning dastlabki vazifasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonida
«davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish»ga doir strategik vazifa qo‘yildi.