Arablar istilosi va hukmronligi davrida O`rta Osiyo



Download 36,31 Kb.
Sana28.04.2022
Hajmi36,31 Kb.
#588657
Bog'liq
3-Arablar istilosi va hukmronligi davrida O`rta Osiyo


Arablar istilosi va hukmronligi davrida O`rta Osiyo

VI asrning o'rtalariga qadar Arabiston yarim orolida yashagan qabila, urug'larning hayot tarzi qoloq bo'lib, ularning mutlaq ko'pchiligida ibtidoiy-patriarxal tuzum munosabatlari hukm surgan. Ko'chmanchi badaviy oilalari, urug'lari o'z chorva mollari uchun yer-suv, o'tloq qidirib keng sahrolar bo'ylab kezib yurganlar. Faqatgina yarim orolning Qizil dengizga tutash Hijoz vohasi va janubiy Yamanda ahvol birmuncha boshqacharoq bo'lib, bu hududlarda arab qabilalari asosan o'troq hayot kechirgan, savdo-sotiq, hunar-mandchilik ham ancha rivoj topgan edi. Ayniqsa, Hijozning bosh shahri - Makka xalqaro karvon savdosining muhim markazi hisoblangan. Makkalik quraysh qabilasi savdogarlarining turli mintaqalar bilan bog'langanligi, savdo-tijorat va hunarmandchilik ishlarining kuchayib borishi pirovardida tarqoq arab qabila, urug'larini birlashtirish va markazlashgan kuchli davlat tuzishda yetakchi o'rin egallashiga imkoniyat yaratdi. Makka aholisi tevaragida ko'chmanchi arab qabil alarm ing birlashuvi jarayoniga turtki bergan yana bir muhim omil - bu shu yerlik quraysh qabilasining hoshimiylar urug'idan chiqqan payg'ambarimiz Muhammad Sallalohu alayhi vassaHam nomi bilan bog'liq holda keng yoyila boshlagan islom dini va ta'limoti bo'ldi.


Muhammad binni Abdullah (570-632) iiayotining oxirlariga kelib 630—yilda ko'p sonli arab qabilalarining islom bayrog'i ostida birlashuvi negizida yagona davlatga asos soldi. Muhammad (s.a.v.) 632— yilda vafot etgach, uning eng yaqin safdoshi Abu Bakr Siddiq xalifa deb e'lon qilindi. Shu tariqa, Arab xalifaligi tashkil topdi.
Mazkur choriyorlar hukmronligi davrida xalifalik tarkibiga Shorn, Iroq, Yaman va boshqa hududlar qo'shib olindi. Ummaviylar davrida (661-750) Arab xalifaligi hukmronligi shu qadar katta hududlarga yoyildiki, uning tarkibiga G'arbda Misr, shimoliy Afrika yerlari, Andalusiya (hozirgi Ispaniya), shimoli-sharqda Kichik Osiyoning katta qismi, Eron va shimoli-g'arbiy Hind sarhadlari kirar edi.
VII asr o'rtalariga kelib xalifalik e'tibori O'rta Osiyo yerlarini bosib olishga qaratiladi. 651— yilda arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar, so'ngra Amudaryogacha bo'lgan hududlar istilo qilinadi. Arablar bu hududlarni Xuroson deb ataydilar. Bu viloyat Arab xalifasi tomonidan tayinlanadigan noib orqali boshqariladi. Noib qarorgohi Marvda joylashgan edi. Arablar Amudaryodan shimoldagi boy viloyatlarni istilo etishga tayyorgarlik ko'radilar. Bu yerlarni arablar Movarounnahr, ya'ni daryoning narigi tomoni deb ataganlar. Vatanimiz sarhadlarida arablar istilosi jarayoni ikki bosqichda amalga oshirilganligini ta'kidlab o'tmoq joizdir. Uning birinchi bosqichi -VII asrning ikkinchi yarmiga to'g'ri keladi. Bu davrda ayrim arab lashkarboshilari qo'shini Amudaryo atrofidagi hududlarga bir necha bor hujumlar uyushtirib, bu yerlarning boyliklarini talab, ma'lum o'ljalarni qo'lga kiritib, ortga qaytganligini kuzatish mumkin. Bundan ko'zda tutilgan asosiy maqsad - bu hududlarni yaqin kelajakda bosib olishga tayyorgarlik ko'rish edi. Masalan, arab lashkarboshilari Ziyod ibn Abu So'fiyonning 654—yilda Maymurg'ga, 667— yilda Chag'oniyonga, 673—yilda uning o'g'li Ubaydulla ibn Ziyodning Amudan o'tib Poykand, Romiton yerlarini egallashi, so'ngra Buxoro hukmdorini yengib, o'z foydasiga sulh tuzib, katta xazina, boyliklarni qo'lga kiritishi va nihoyat, 675-676— yillarda Said ibn Usmonning yangidan Buxoro va Samarqand tomon qo'shin tortib kelishi va mahalliy hukmdorlarni yengib, katta boylik va ko'p sonli asirlar bilan Arabistonga qaytib ketishi - bular O'rta Osiyo hududlarini egallash borasidagi dastlabki urinishlar edi.
O'lkamizni bosib olishning ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi VIII asrning birinchi choragiga to'g'ri keladi. Xususan, 704—yilda Qutayba ibn Muslimning Xuroson noibi etib tayinlanishi bilan uning zimmasiga butun O'rta Osiyo hududlarini uzil-kesiJ bosib olish vazifasi yuklanadi. Qutayba 707—yilda Amudaryodan o'tib Poykandni egallash sari harakatlanadi. Arablar mahalliy xalq qarshiligini yengib shaharni qo'iga kiritadilar, uning boyliklarini talaydilar. Kesh, Nasaf ham og'ir janglar bilan fath etiladi. 710—yilda Qutayba mahalliy hukmdor-larning o'zaro kelishuvi va ittifoqiga izn bermay, So'g'dning bosh shahri - Samarqandni bosib olishga tayyorgarlik ko'radi. Shu orada Xorazm shohi Chag'on o'z ukasi Nurzod boshchiligida ko'tarilgan xalq qo'zg'olonidan qo'rqib, 711—yilda yordam so'rab Qutaybaga murojaat qiladi. Qutayba qulay vaziyatdan foydalanib Xorazmga yurish boshlaydi. Nurzod tormor qilinadi va o'Idiriladi. Biroq Xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o'z mustaqilligini yo'qotib, xalifalikka tobe bo'Iib, uning bojdoriga aylanadi. Chag'onning qo'shini Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi.
712—yilda Qutayba Samarqandga hujum qiladi. Bu paytda Samarqand hukmdori G'urak edi. G'urak arab qo'shinlariga qarshi jang qiladi, ammo kuchlar teng bo'lmaganligi sababli yengiladi. Qutayba bilan G*urak (709-738) o'rtasida tuzilgan Shartnomaga binoan u arablarga bir yo'la 2 ming, yiliga esa 200 ming dirxam hisobiga boj to'lash, 30 ming baquvvat yigitlarni qul o'rnida berishi ko'zda tutilgan edi. Buning ustiga Samarqandning eng gavjum mavzesi - Afrosiyob kelgindi arab aholisi uchun turarjoy sifatida beriladi. Uning tub aholisi esa o'z joyidan mahrum etiladi. Arab qo'shini 713—yilda Sirdaryo orqali yurish boshlab O'rta Osiyoning sharqiy hududlarini egallashga kirishadi. Qutayba shu yurishi davomida Choch viloyati, Farg'ona vodiysini egallaydi, ko'p o'tmay o'lkaning boshqa hududlari ham birin-ketin ishg'ol qilinadi. Shu tariqa, qirg'inbarot janglar oqibatida arablar Movarounnahr deb nom bergan Vatanimiz hududlari bosib olindi. Bosib olingan hamma viloyatlarga arablardan amirlar tayinlandi.
Arablar istilochilar sifatida bu hududda mahalliy aholiga nisbatan mislsiz zulm va zo'ravonlik o'tkazdilar. Xalq tomonidan asriar davomida yaratilgan noyob moddiy va ma'naviy boyliklar, osori atiqalar talandi, yakson qilindi. Mahalliy yozuvlarda bitilgan son-sanoqsiz nodir kitoblar, qo'l yozmalar yondirildi. Zardushtiylik, buddizm dinining ko'plab ibodatxonalari, muqaddas qadamjolari kunpayakun etildi.
Ulug’ bobokalonimiz Beruniy o'zining «O'tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida achchiq alam bilan ta'kidlaganidek, arablar mahalliy din, san'at, adabiyot namoyandalarini, olimlarni o'ldirdilar, asarlarini esa olovda yondirdilar. So'ngra ular ajdod-larimizning bebaho boyligi hisoblangan mahalliy yozuvlar, tarixiy hujjatlarni yo'q qildilar. Musulmonchilik diniga, islom aqidalariga zid keladigan jamiki narsalar ularning nazarida g'ayritabiiy hoi hisoblanib, ayovsiz yo'q qilindi. Bularning o'rniga arablar aholidan olingan mo'may daromadlar, to'lovlar evaziga hashamatli, serviqor masjid-u madrasalar, xonaqoiar, maqbaralar Ьафо etib odamlarni ularga da'vat etdilar. Yurtimiz jilovini qo'lga olgan arab hukmdorlari xalqqa zulm-u sitamni kuchaytirish maqsadida turli xil soliq IX asr arab tarixchisi Xo'rdodbehning ko'rsatishicha, xalifalikka faqat xiroj solig'i hisobiga So'g'd viloyati 326 ming, Farg'ona 280 ming, Shosh 607 ming, Ustrushona 50 ming dirham soliq to'lagan. Buxoroga belgilangan xiroj solig'i miqdori bulardan ham ko'p bo'lgan. Shu boisdan istilochilar «kuch xirojda» deb bejiz aytmaganlar.
Mahalliy aholi ko'zda tutilgan soliqlarni muntazam to'lab borishga majbur etilgan. Bordiyu bunga qurbi yetrnasa o'sha shaxsning yeri, mulki tortib olinib, oilasi bilan ko'chaga uloqtirilgan. Arablar dastlab juz'ya solig'ini musulmon diniga kirmagan odamlarga joriy etganlar. Biroq keyinchalik hamma islomga kira boshlagach, bu soliq yana barcha yerli aholiga bab-baravar solina bergan.
O'lka aholisini islomlashtirish jarayoni g'oyat murakkab kechgan. Arab ma'murlari ko'p hollarda zo'rlik va kuch ishlatish yo'li bilan mahalliy xalq vakillarini islomni qabul qilishga undaganlar. Bunga ko'nmaganlar yoxud bosh tortganlar esa shafqatsiz jazolangan. Ko'p joylarda mahalliy kishilar noilojlikdan, qiyin-qistov asosida musul-monchilikni majburan qabul etgan bo'lsalar-da, biroq arablar ko'zdan nari ketishi bilan ular yana bu dindan qaytib o'zlarining eski diniy aqida va marosimlariga amal qila berganlar. Hatto arablar ishonchini qozonib musulmon dinini qabul qilgan Buxorxudot Tog'shoda ham islom dinini xo'ja ko'rsinga, yuzaki qabul qilgan bo'lib, aslida zardushtiylik ahkomlariga amal qilgan. U vafot etganida ham ajdodlari diniy marosimlariga ko'ra dafn etitgan. Bundan ko'rinadiki, islom dini va uning ruknlarining mahalliy xalq orasida yoyilishi nihoyatda qiyin, murakkab kechgan. Bu jarayonda behisob qurbonlar berilgan.
Arablarning o'ziarini xo'jalar, sahobalar, sayyidlar, oq suyaklar deb atab, mahalliy xalqqa nisbatan rnensimaslik, kalondimog'lik bilan qarashlari ham mahalliy aholida ularga nisbatan nafrat luyg'usini kuchaytirgan.
Arablarning o'z yurtlaridan ko'p minglab qabila, urug'larni O'rta Osiyoga ko'chirib keltirib eng yaxshi joylarga joylashtirish, mahalliy oilalalarni o'z yer-mulkidan mahrum etishlari ham ularga qarshi ommaviy noroziliklarning kuchayib borishiga bois bo'lgan. Masalan, dastlabki paytlarda quraysh qabilasining 5 mingdan ziyod aholisi Samarqandga joylashtirilgan. Buxoro, Marv, Poykand va boshqa shaharlarda ham masjid va madrasalar qurish bahonasi bilan yerli aholi chetga surib chiqarilib, ularning yerlariga ham arab qabilalari joylashtirilgan. Buning asl sababi shundaki, bosqinchilar bu begona hududda kuchli ijtimoiy tayanch nuqta yaratish yo'li bilan o'z hukmronligini kuchaytirishga uringanlar.
Arablarning Vatanimiz hududida yurgizgan zo'ravonlik va mus-tamlakachilik siyosati, shubhasiz, yerli aholi turli ijtimoiy qatlam-larining keskin norozililgiga sabab bo'ldi. Buning natijasida arablar hukmronligi davomida o'lkaning turli hududlarida xalq g'alayonlari yuzaga kclib, alangalanib bordi.
720-722—yillarda So'g'diyonada yuz bergan G'o'rak (Samarqand hukmdori) va Divashtich (Panjikent hokimi) boshchiligidagi qo'zg'olon arablar hukmronlikligiga qarshi yo'nalgan dastlabki shiddatli xalq harakatlaridan biri bo'lgan. Unda arablar siyosati va zulmidan g'azabga kelgan o'n minglab mahalliy xalq vakillari ishtirok etgan. Yangi tayinlangan va zolimlikda nom chiqargan Xuroson noibi Said Xaroshiy katta muntazam harbiy kuch bilan mazkur qo'zg'olonni shafqatsizlarcha bostirishga muvaffaq bo'ladi. Qo'zg'olon rahbarlaridan biri - Divashtich ham ushlanib qatl etiladi.
725-729—yillar davomida xalifalikning og'ir soliq siyosatiga qarshi Samarqand, Buxoro, Xuttalon viloyatlarida ko'tarilgan qo'zg'olonlar ham xalq ozodlik kurashida sezilarli iz qoldirdi. Qo'zg'olonchilarning ancha qismi arab ma'murlari siyosatiga norozilik bildirib, islom dinidan chiqadilar. Kesh atrofida yuz bergan mahalliy aholining arablar bilan to'qnashuvi chinakam jang-u jadal tusini olgan. 736-737—yillarda Toxariston va So'g'dda yangidan ko'tarilgan kuchli qo'zg'olon obz safiga aholining turli ijtimoiy qatlamlarini jalb etgandi. Faqat Xuroson va Movarounnahrning yangi hukmdori, ustadiplomat Nasr ibn Sayyor (738-748)ning uddaburon siyosati, nizoli masalalarni hal etish borasidagi epchil tadbirlari tufayligina qo'zg'olon harakatlarini bartaraf etish, o'lkada muvozanatni bir qadar saqlash mumkin bo'Idi. Bunda u mahalliy aholiga, ayniqsa, uning nufuzli qatlamiga muayyan yon berishga majbur bo'Idi. Jumladan, u arablarning mahalliy aholi bilan qon-qardoshlik aloqalarini kuchaytirishga intildi. O'zi ham Buxorxudot Tug'shodaning qiziga uylandi. Islomni qabul qilgan kishilar juz'yadan ozod etildi va barcha musulmonlar huquqiy jihatdan tenglashtirildi. Xiroj solig'i to'lash barcha uchun baravar deb e'lon qilinadi.
VIII asr 40—yillarida xalifalikda toj-u taxt uchun kurash bosh-lanadi. 748—yilda Abu Muslimning Xurosonda ko'targan qo'zg'oloni, uning xalifalik poytaxtini egallashi natijasida Ummaviy Marvon II taxtdan ag'dariladi. 749—yilda abbosiylar xonadonidan Abul Abbos Saffon taxtga ko'tariiadi. Biroq abbosiylar davrida ham mehnatkash aholining ahvoli yaxshilanmadi. Shu boisdan xalq qo'zg'olonlari tez-tezko'tarilibturdi.
Muqainna qo'zg'oloni. Vatanimiz xalqlarining arablar asoratiga qarshi olib borgan kurashi tarixida alohida o'rin tutadi.
Tarixda «oq kiyimlilar» nomi bilan mashhur bo'lgan bu qo'zg'o-longa o'z zamonasining har tomonlama yetuk kishisi, xalq dardi, qayg'usi va maqsadlarini chuqur tushungan, asl ismi Hoshim ibn Hakim, ammo Muqanna (ya'ni yuziga niqob kiygan ma'noda) nomi bilan tanilgan buyuk shaxs rahnamo bo'Idi. Muqanna ummaviylar sulolasi inqiroziga kuchli ta'sir ko'rsatgan Abu Muslim qo'zg'olonida ham faol ishtirok etgan. Muqanna hayotning katta mashaqqatli yo'lini bosib o'tgan, oddiy kir yuvuvchidan kichik lashkarboshi, keyin vazirlik darajasiga ko'tarilgan (757-759). 759— yilda Xuroson amiri Abdujabborning xalifaga qarshi isyonida qatnashgani uchun zindonga tashlangan. Zindondan qochib 769— yilda Marvga keladi va xalq harakatiga boshchilik qiladi. U ijtimoiy tenglik, erkin hayot va adolat g'oyalarini o'ziga singdirgan taniqli siymo bo'lgan. Shuning uchun ham uning yangidan xalq kurashiga bosh bo'lishi bu harakatning keng quloch yozishiga, uzoq muddat davom etishiga (unga tayyorgarlik ko'rish jarayonlarini ham hisobga olganda 14 yilni o'z ichiga oladi) sabab bo'libgina qolmay, ayni chog'da arab hukmron doiralari uchun ham kutilmagan oqibatlarni vujudga keltirib, ularga katta hayotiy saboqlar berdi. Qo'zg'olon Marvda boshlangan bo'lsa-da, u tez orada Movarounnahrning keng hududlariga yoyildi. Muqanna qo'zg'oloni davomida Samarqandu Buxoro, Naqshab-u Kesh hududlari aholisi ham faol harakatga keldi. Uni Iloq, Ohangaron, Shosh, Farg'ona vodiysining ko'p sonli aholisi ham quwatlab chiqdi. Qo'zg'olonning bosh g'oyasi - Vatanimiz xalqlari, ularning asl farzandlarining muqaddas yurtni ajnabiy hukmronlardan ozod qilish, uning musta-qilligini kurashib qo'lga kiritish g'oyasi bo'lgan. Mana shu yuksak vatanparvarlik tuyg'usi qo'zg'olonchilarga hayotiy ruh, ma'naviy madad bag'ishlagan, ularni uzoq vaqt davomida arablarning katta harbiy kuchlari bilan mardonavor kurash olib borishiga, mislsiz qurbonlar berishiga sabab bo'lgan. Biroq shu bilan birga, qo'zg'olonga tortilgan aholining hamma ijtimoiy tabaqalari ham shu ulug'vor g'oyaga sodiq bo'lgan, unga oxirigacha ama! qilgan, deb xulosa chiqarib bo'lmaydi, albatta. Negaki, qo'zg'olon kuchaygan kezlarda tindan o'z xudbin maqsadlari yo'lida foydalanishni ko'zlab xalq kurashiga qo'shilgan yuqori tabaqa namoyandalari ham bo'lgan. Ular, keyinchalik, qo'zg'olon susaygan va mag'lubiyatga uchragan kezda darhol xiyonat yo'lini tutib, ajnabiylar bilan til topishib, ular tomoniga o'tib ketganligi ham rostdir. Ammo bunday istisnolardan qat'i nazar, bir necha yillar davom etgan «Oq kiyimlilar» qo'zg'oloni yurtimizning ozodlik kurashi tarixida katta dovrug' taratdi, arab bosqinchilarini larzaga soldi, ularga sezilari zarbalar berdi. Qo'zg'olon Muqannaga katta madadkor, jangovar safardosh bo'lgan Hakim ibn Ahmad, Hashviy, Sarxama, Kay yoki G'uriy, G'aricha kabi xalq qahramonlarini ham yetishtirib chiqardi. Ular oxirgi tomchi qonlari qolgunga qadar bosqinchilarga qarshi mardonavor kurashdilar.
780-783— yilarda qo'zg'olon harakatlari so'nggi hal qiluvchi pallaga kiradi. Bu davrda Muqannaning asosiy kuchlari Qashqadaryoning Kesh vohasida to'plangan edi. Qo'zg'olonning bosh tayanch nuqtasi-Som qal'asi ham shu joyda bo'lgan. Albatta, bu vaqtga kelib xalifalik qo'shinlari katta ustunlikka ega bo'lib, ular mahalliy aholining yuqori tabaqalarini o'z tomoniga jalb etib, qo'zg'olonchilarni tobora siqib borayotgan edi. Muqanna Somda mustahkamlanib, o'z tarafdorlari bilan so'nggi nafasigacha kurashdi. Pirovardida esa dushman qo'lida mag'lub bo'lmay, o'zini yonib turgan olovga otib, qahramonlarcha halok bo'Iadi. Bu voqea Beruniy ma'lurnotiga ko'ra 783— yilda yuz beradi. Garchand Muqanna qo'zg'oloni yengilgan bo'lsa-da, biroq u buyuk xalq qudratini, agar u birlashsa, uyushsa nimalarga qodirligini to'la namoyon etdi. Qo'zg'olon ayni chog'da xalifalikning Movaroun-nahrdagi mustamlakachilik va bosqinchilik ildizlarini ham qaqshatdi. Uning hukmronligining davom etishini shubha ostiga solib qo'ydi. Eng muhimi, u erk va ozodlik uchun talpinayotgan yuitimiz kishilarida vatanparvarlik tuygusini jo'sh urdirdi, ularni ajnabiy zoiimiarga qarshi yanada shiddat bilan kurash olib borishga da'vat etdi. Buning samarasi esa IX asrning boshlariga kelib yurtimiz ustidan xalifalik hukmronligining uzil-kesil ag'darilishi va bir qator mustaqil milliy davlatlarning yuzaga kelishida to'la namoyon bo'ldi.


Arablar istilosi va hukmronligi Vatanimiz hududida qanchalik murakkab ijtimoiy-siyosiy oqibatlarga sabab bo'lmasin, shu bilan birga, yakkaxudolik g'oyasi, ilg'or ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarash-larni o'zida mujassam etgan islom dini va ta'limotining o'lkamizda asta-sekin ildiz otib borishi ulug' ajdodlarimiz hayoti va tafakkurida katta ahamiyatga ega bo'ldi. Butun arab dunyosini birlashtirish, uning ma'naviy qudratini kuchaytirishda yetakchi omil rolini o'ynagan islom dini va uning muqaddas kitobi - «Qur'oni Karim» g'oyalari va oyatlarining mahalliy xalqlarning ongi, shuuriga singib, ularning turmush va fikrlash tarzining ajralmas qismiga aylanib borishi, shubhasiz, ularning ma'naviy olamiga sezilarli hayotbaxsh ta'sir ko'rsatdi hamda yuksak moddiy va ma'naviy madaniyat namunalarini ijod qilib borishlarida yangi ufqlar ochib berdi. Buning asosiy boisi shundaki, Allohning yagonaligiga iymon keltirish, uning muqaddas kitobida ifoda etilgan yuksak insonparvarlik g'oyalariga ishonch va e'tiqod - bular yurt kishilarida bir-birlarini quvvatlash, birlashish, o'zlarini yagona makonda his qilish, o'zaro hamkorlikda, keng sa'y-harakatlarda bo'lish tuyg'usini shakllantirib bordi. Negaki, islom taiimoti, «Qur'oni Karim» g'oyalarining o'lkamizga yoyilishi, o'tmishdoshla-rimizning Alloh buyurgan olijanob' amallarga rioya etib, ruhiy-ma'naviy poklanish sari harakatlanishi, tabiiyki, jamiyat hayoti va uning asosiy tamoyillarining sog'lom negizlarda rivojlanib, takomi!-lashib borishiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Shu ma'noda Yurtboshimiz ham: «Biz ota-bobolarimizning muqaddas dini bo'lgan islom dinini qadrlaymiz, hurmat qilamiz, odamzod ruhiy dunyosida iymon-e'iqodni, insoniy fazilatlarni mustahkamlashda uning o'rni va ta'sirini yuksak baholaymiz»1, deb bejiz ta'kidlamagan. Zero, o'lka xalqlarining ma'naviy yuksalishini ta'minlash, ularning bir-biriga qon-qardoshligi, hamjihatligini jipslashtirishdamuhim omil sanalgan asriy bebaho qadriyatlarimizni o'zida mujassam etgan islomiy ahkomlarning bugunda ham hayotimizda o'z munosib o'rnini topayotganligi islomning jamiyat taraqqiyotidabcqiyos o'rin tutishidan dalolat beradi. Darhaqiqat, islom dini va musulmonchilik tamoyillarining O'rta Osiyo hududjda tarqalishi, chuqur ildiz otishi barobarida o'lkamiz xalqlari keng musufmon olami bilan tutashib, uning boy diniy va dunyoviy madaniyati, ilm-u urfoni bilan yaqindan oshno bo'lib bordi. Ayni chog'da, azaldan ilm-u ma'rifat o'chog'i bo'lib kelgan ko'hna yurtimiz bag'ridanbu davrda jahonga dovrug' solgan, dunyo madaniyati va sivilizatsiyasi xazinasiga salmoqli hissa qo'shgan ko'plab nomdor allomalar, buyuk muhaddis olimu ulamolar yetishib chiqdi.
Download 36,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish