Arab xalifaligi va musulmon huquqi



Download 250 Kb.
bet7/33
Sana14.08.2021
Hajmi250 Kb.
#147580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Bog'liq
MUSULMON HUQUQIDA QIYOS MANBAI

birinchidan, uning musulmon jamoasi tomonidan saylanishi;

ikkinchidan, xalifaning vasiyat tariqasidagi farmoyishi.

Vaqt o`tishi bilan haqiqiy real hokimiyatni qo`lga kiritish usuli odat-dagi usulga aylandi. Xalifa o`z talabini qondirgan har qanday kishini o`zi-ga voris qilib tayinlashi mumkin edi. Xalifalar xalifa oilasining a`zolaridan biri bo`lishi yoki hech bo`lmasa Muhammad (SAV) payg`ambarning uru-g`idan, ya`ni qurayshlar qabilasidan chiqqan bo`lishi, kamolatga yetgan va tanasida kamchiliklar bo`lmasligi lozim edi. Bundan tashqari muayyan axloqiy sifatlarga va ma`lumot darajasiga ham ega bo`lishi talab qilinardi.

Dastlabki to`rt xalifa (al-xulafo ar-roshidin) davlati keyingi asrlarda ham an`anachilar sifatida, ham islohotchilar sifatida, ham musulmonlar-ning ideal davlati sifatida maqtalib, unda davlatning dastlabki musulmon tushunchasi sof ma`noda amalga oshgan edi. Musulmonlar orasida, hatto, ekstremistik qarashlar ham mavjud bo`lib, ularga binoan ushbu xalifalar-dan keyingi davrdagi qonuniy musulmon idora usulining mavjudligi umuman inkor etilardi. Ularning hukmronlik davri Abubakrning 632 yilda birinchi xalifa lavozimiga o`tirishidan to 661 yilda to`rtinchi xalifa Alining o`ldirilishiga qadar bo`lgan qariyb o`ttiz yilni qamrab oldi.

Musulmon ta`limotida dastlabki to`rt xalifa hech vaqt begunoh kishilar deb qaralmagan, lekin ular birmuncha e`tibor va ishonchga sazo-vor bo`lishgan. Taxmin qilishlaricha, ularning sofligi va Muhammad (SAV)ga sadoqati uning farmoyishlariga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar-dan saqlanishlariga yordam bergan. Bordi-yu, ulardan birortasi bu farmo-yishlarni bilmasdan buzgan taqdirda payg`ambarning boshqa muxlislari ularni to`g`rilagan bo`lishardi. Buning oqibati shu bo`ldiki, to`rt xalifaning tajribasi, xuddi Muhammad (SAV)niki kabi tez orada qonun tusini olgan ediki, keyingi musulmon hukmdorlarida odatda bu narsa bo`lmagan.

Muhammad (SAV) va uning to`rt bevosita merosxo`rlari davrida mu-sulmon davlati vujudga kelishi tongotarida hukumatning shakli va vazifa-lari o`ziga xos bir qator xususiyatlarga ega bo`ldiki, ular keyinroq musul-mon davlati huquqiy tizimining yanada rivojlanishini belgilab berdi. Ke-yinchalik tashqi ko`rinishi jihatidan bu davlatga Eron va Vizantiya ta`sir ko`rsatgan bo`lsa ham ular muhim o`zgarishlarga olib kelmadi. Lekin mu-sulmon davlatining aniq ifodasi: monarxiya shakli, hukmdorning shaxsiy obro`si va davlat boshqaruvining teokratik xarakterda bo`lishi namoyon bo`lib qoldi.

Bu yerdagi mutlaq hokimiyat ma`nosidagi monarxiya shakli lavozim egasining mumtozligidan, shuningdek, xalifaning o`z lavozimini umrbod egallaganidan va saylanganidan keyin hech bo`lmaganda nazariy jihatdan davlatdagi birdan-bir obro`li kishi ekanligidan kelib chiqar edi.

Faqat bitta musulmon jamoasi - umma mavjud bo`lib, shunga mo-nand jamoaning yo`lboshchisi ham bitta edi. Aytishlaricha, Abubakrni saylash oldidan davlat boshlig`i qilib muhojir va ansor vakillaridan iborat kengash belgilashga intilish bo`lgan edi. Asosan Umarning bu g`oyaga qarshi keskin norozilik bildirishi tufayli bu intilishni bostirishga muvaffaq bo`lindi. Umar yerdagi mustaqqillikni hech qanday shaxs yoki tashkilot bilan bo`lib o`tirmadi, vali (viloyat hukmdori) lar, harbiylar yoki vaqt o`tishi bilan xalifalik hududida ta`sis etilgan tashkilotlar xalifa obro`si asosida va uning rahbarligida ish olib bordilar. To`g`ri, dastlabki xalifalar ko`pincha o`z atrofidagi kishilardan maslahat so`rashardi, lekin bu uning shaxsiy obro`si cheklanishini anglatmas edi.

Xalifaning nufuzi muayyan hududga egalik qilishga yoki hukmron-likka emas, balki ishonch, umumiy manfaatlar kabi shaxsiy xislatlarga, o`zining yagona va noyob asoschi bilan aloqasiga asoslanardi: xalifa xudo-ning marhamati bilan hukmron bo`lgan edi. U o`sha vaqtda odat tusiga ki-rib qolgan va mavhum davlat obro`siga asoslangan dunyoviy unvonlardan birortasiga ega emasdi. U xalifa, demak, payg`ambarning noibi ediki, bu narsa favqulodda shaxsiy unsurni anglatardi. Xalifa so`ngra tom ma`noda-gi imom, ya`ni diniy marosimlar o`tkazilayotgan vaqtda ummaning yo`l-boshchisi, nihoyat «dindorlarning boshlig`i (amir al-mo`minin)» degan rasmiy unvonga ega bo`ldi, u birinchi navbatda harbiy-siyosiy ishlarga, ikkinchi navbatdagina xalifalikning diniy ishlariga e`tibor qilardi.

Amir unvoni aslida maxsus yoki favqulodda xususiyatga ega emas. «Amara» - buyurmoq so`zining ildizi va «amir» iborasi buyruq berishga, ayniqsa harbiy ishda buyurish huquqiga ega bo`lgan har qanday shaxsni bildiradi. Masalan, har bir harbiy boshliq amir bo`lgan. Musulmon davlati-dagi harbiy boshliq faqat dindorlarga qo`mondonlik qilganligi sababli uni ko`pincha amir al-mo`minin deb atashgan. Tez orada bu unvon, chamasi, ikkinchi xalifa Umar davridan boshlab musulmonlar jamoasi - ummaning oliy rahbariga berilgan. Demak, bu hol yuz bergach, u tezda rasmiy tus ol-gan va bu unvonga faqat xalifa haqli bo`lgan. Xalifa klassik musulmon davlati nazariyasiga ko`ra sof diktatorlik vazifasiga ega deb qabul qilinsa ham, o`z hukmronligini umma nomidan emas, balki bevosita Alloh nomi-dan olib borgan.

Musulmonlar jamoasi - umma oldida o`z asoschisi vafotidan keyin boshqarishni qay tarzda davom ettirish lozimligi haqidagi muammo kelib chiqqan. Arab xalifaligining taqdiri ana shunga bog`liq edi. Qur`on ham, hadislar ham, uning vafoti tafsilotlari ham Muhammad (SAV) hokimiyati kimga meros bo`lib o`tishi haqida hech qanday yo`l-yo`riq bermagan edi. Buning ustiga payg`ambarning erkak merosxo`ri ham yo`q edi.

Sharqdagi odat bo`lib qolgan kattalik huquqi yoki birinchi bo`lib tug`ilgan kishi huquqi bo`yicha meros tariqasida tartibga solishga avval boshdanoq o`rin yo`q edi. Qonuniy merosxo`r sifatidagi shaxs, uning tayinlanish belgilari mutlaqo noaniq bo`lib qolayotgan edi. Shu sababli Muhammad (SAV)ning vafotidan keyin uning safdoshlari orasida hoki-miyatning meros bo`lib o`tishi masalasida o`z-o`zidan bir necha guruhlar paydo bo`ldi. Bir tomonda «muhojirlar» turishardi. Ular Muhammad (SAV) mansub bo`lgan qurayshlar qabilasi orasidan merosxo`rni ilgari su-rish huquqini ko`tarib chiqdilar, bu qabila a`zolari Makkada uning maktu-bini birinchi bo`lib qabul qilgan edilar. Ularga «ansor» lar qarshi turishar-di, ular ham meros ko`rsatish huquqiga da`vo qildilar, chunki payg`ambar-ga Madinada boshpana bergan edilar, busiz islom chuqur ildiz otishi mum-kin emasdi. Nihoyat, shialarning93 fikricha, merosxo`r tanlashda tasodiflar-ga va saylov yig`ilishining qarshilik ko`rsatishiga yo`l qo`yish Allohning va Muhammadning irodasi bo`la olmaydi: bu lavozim shuning uchun alo-hida mo`ljallangan shaxsga, ya`ni Muhammad (SAV)ning amakivachchasi Aliga tegishli bo`lishi lozim.

Mazkur qarshi kurashda muhojirlarlar g`alaba qozonishdi. Ular Abu-bakrni merosxo`rlikka nomzod qilib ko`rsatishga rozilik bildirishdi. Pay-g`ambar muxlislari orasida u ancha nufuzli va hurmatli shaxs bo`lib, Mu-hammad (SAV)ni va uning ta`limotini e`tirof qilgan dastlabki makkaliklar-dan biri edi. Muhammad (SAV) boshqalardan ko`ra unga alohida e`tibor berardi. Abubakr Madinadagi birgalikda o`qilgan ommaviy ibodatlarda va 631 yilda Makkaga qilingan birinchi safarda payg`ambarning o`rinbosari bo`lishi mumkin edi. Bundan tashqari, u Muhammadning qaynotasi (Oyshaning otasi) edi

Hal qiluvchi yig`ilishda g`ayratli Umar o`zini davlat hokimiyatini meros qilib olish uchun eng munosib kishi deb atadi va mutlaqo kutilma-ganda Abubakrni yoqlab chiqdi: u to`s-to`polon avjiga chiqqan bir vaziyat-da Abubakrning qo`lini ko`tardi, uni noib va Allohning yuborgan vakili deb e`lon qildi. Shunday qilib, xalifalik islomning ko`pgina jarayonlari va muassasalari kabi kutilmaganda paydo bo`ldi. Ayni vaqtda Abubakrni saylash vaqtida shunday usulga ruxsat etildiki, bu usul islomgacha bo`lgan davrda qabila yo`lboshchilari bo`lgan sayidlarni94 saylash chog`ida tatbiq etilgan edi. Ikki tomonlama prinsip: xalifaning qurayshlar qabilasidan kelib chiqishi va uning rasmiy ravishda saylanishi sunnalar islomida xalifalik bilan bog`liq bo`lib qoldi.

Musulmon tadqiqotchilarining fikricha, Abubakr og`ir, vazmin, sof vijdonli va xayrihoh kishi bo`lib, o`ziga meros tariqasida topshirilgan dav-lat hokimiyati Mas`uliyatiga hushyorlik bilan qat`iy munosabatda bo`lgan. U o`zi hukmronlik qilgan ikki yil ichida ridda nomli arab qabilasining xavfli qo`zg`oloniga duch keladi. Qo`zg`olon payg`ambar vafotidan keyin ko`tarilgan edi. Aftidan, Abubakrning xalifalikni va islom ta`limotini himoya qilish bilan bir qatorda, davlat ichidagi tartibni mustahkamlash uchun vaqti qolmas edi.

Xalifa Umar musulmon arab davlatini boshqarishni bu davlatning o`rnatilishi hal qiluvchi o`n yilligi davrida egalladi. Amerika olimi F. Xitti uni Muhammaddan (SAV) keyin ikkinchi musulmon diniy davlatining asoschisi deb ataydi. Umar yosh davlatning yirik istilolari davrida oddiy ma`muriy tashkilotlar tuzish tashabbuskori bo`ladi. Garchi bu yerda voqealar va tuzilmalar ancha sekinroq va izchillik bilan sodir bo`lgan bo`lsa-da, musulmonlar tarafdorlari bu aynan xalifa Umarning xizmati deb ko`rsatadilar. Ikkinchi xalifa hukmronlik qilgan davrda islom dinini shun-day darajaga ko`taradiki, bu davr keyingi yillar uchun islomning oltin asri bo`lib qoladi.

Xalifa Umar dastlabki mustaqil sudyalarni tayinlaydi, harbiy nafaqa-lar uchun harbiy-qabila ro`yxatlarini joriy etadi. Harbiylarning bunday ro`yxatini tuzish xalifa tomonidan qaror qabul qilinganidan keyin zarur bo`lib qoldi. Mazkur qarorga binoan bosib olingan barcha yer mulklari harbiylar o`rtasida taqsimlanishi kerak bo`lsa ham, muayyan yer solig`i to`lash yo`li bilan avvalgi egalari mulki bo`lib qoladi. Davlat bu pullarni olib, o`z jangchilariga nafaqa to`laydi. Bu xuddi yer maydonlaridan olina-digan tovon - rentadan iborat edi. Bu arablarda katta yangilik bo`lib, ular boshqarishdagi rasmiyatchilik usullariga unchalik o`rganmagan edilar. So`ngra soliq tizimi hisoblash va hisobot tuzish ishlarini talab qilardi. Shu sababli bosib olingan yerlarda ularni joriy etishda ma`lum darajada Vizan-tiya va Eron tajribalaridan foydalanildi. Davlat yerlari va egalari tashlab ketgan yerlar bundan mustasno bo`lib, ular bevosita davlat mulki bo`lib qolardi.

Harbiy-siyosiy gubernatorlar - valilar bilan bir qatorda (ular lavozim-ga o`tirish vaqtida tegishli viloyatning bosh masjidida o`zlarining tayin etilganligini o`qib berishlari lozim edi) xalifa harbiy viloyatga moliyaviy boshqaruv - aamila uchun yana arab vakilini ham tayinlardi. Barcha daro-madlar jamoat xazinasiga yoki davlat xazinasi (bayt-al-mol) ga tushardi, ularga dastlabki xalifalar patriarxal tarzda boshchilik qilishardi.

Shunday qilib, xalifa Umar o`z hukmronligi davrida yagona musul-mon davlati dushmanlarining qarshiligini uzil-kesil bostirdi va Arabiston-da siyosiy birlik o`rnatdi. Ayniqsa, u yagona davlat apparatini tashkil etishga intildi va mamlakatda davlat boshqaruviga asos soldi. Xalifa Umar sudning vazifalarini ma`muriy vazifalardan ajratdi. Mahalliy hokimiyatlar sudlarning qaroriga aralashish huquqiga ega emas edilar. Oliy sudyalar xalifalarning o`zlari hisoblanar edi, joylarda qozilar sudya hisoblanardi, ular xalifa tomonidan tayinlanib, keng vakolatlarga ega edilar. Ular sud ishlaridan tashqari vasiylar tayinlashar, merosni taqsimlar va vaqf mulkini boshqarardilar95.

Xalifa Usmon quraysh qabilasining umaviylar shajarasidan kelib chiqqan edi. Arab tarixchilarining ta`kidlashicha, u chinakam olijanob va shaxsan tartib-intizomli kishi edi, qolgan sohalarda esa unga o`z o`tmish-doshining g`ayrat-shijoati yetishmasdi. U ancha zaif bo`lib, o`z urug`i a`zolarining tayziqiga qarshi turolmasdi, shu sababli o`zi hukmronlik qilgan davrda davlatning ancha yuqori lavozimlarini, shu jumladan viloyat boshliqlari lavozimini umaviylar urug`ining a`zolari egallab olishdi.

Shu tariqa, xalifa Umarning harbiy-aristokratik ma`muriyati uning kuchsiz merosxo`ri davrida haddan tashqari sun`iy bir ma`muriyatga ayla-nib qoldi. Umaviylar hukmron tayinlashda eski arab tanlov prinsipini vali-ahdlik (merosxo`rlik) prinsipi bilan almashtirishga erishdilar. Bu qoidani xalifalikning keyingi davrida butunlay bekor qilishning imkoni bo`lmadi. Saylov qoidalariga rioya qilish xalifa hayotligida uning o`zi tayinlagan o`rinbosarga viloyat beklari va davlatning obro`li kishilarini qasamyod qildirish orqali ta`minlanardi.

Merosxo`rlik haqida aniq bir qonunning yo`qligi har xil tortishuv-larga sabab bo`lardi. Hukmdor ota o`zining eng iqtidorli o`g`lini valiahd etib tayinlashga harakat qilardi. Bunda yaqin qarindoshchilik prinsipi yot edi, bu esa yoshi ulug` erkak katta mavqega ega bo`lishiga asoslangan arab qabilaviy prinsiplariga zid kelardi. Shu sababli bo`lsa kerak, 14 ta umaviy xalifalardan faqat to`rttasigina o`z o`g`illarining valiahd (merosxo`r) bo`lishiga erishganlar.

Umaviylar davrida davlat mutlaqlashtirilgan monarxiyaga aylanib ketdi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, arab tilida bizning umumiy siyosiy-huquqiy tushunchamizdagi «davlat» so`zi yo`q. Ibn Xaldun (1333-1406 yillar) kiritgan «daula» atamasi hozirda «davlat» deb tarjima qilinsa ham aslida «sulola» tushunchasiga mos keladi. Bu «qirollik», «qirol hokimiyati» tushunchalarini anglatuvchi «mamlakat» so`zida ham ifoda-langan bo`lib, arablarning o`ziga xos tafakkurini ko`rsatadi.

Davlat tepasida xalifa turgan. Unga butun oliy hokimiyat tegishli bo`lgan. U qonun chiqarish, ijro etish va sud hokimiyatiga ega bo`lgan. U Allohning yerdagi vakili va noibi, Muhammad (SAV)ning merosxo`ri, shuningdek, imom, ya`ni xudoning yerdagi soyasi hisoblangan.

Arab xalifaligining birinchi davrida xalifa saylanib qo`yilardi. Uma-viylar va Abbosiylar davrida xalifa lavozimi nasldan naslga meros bo`lib o`tadigan bo`lgan. Xalifa cheklanmagan hokimiyatga ega bo`lgan despot bo`lib qolgan. Arab xalifaligining birinchi davrida xalifalar xalqdan alohi-da bo`lishga intilmagan hamda kamtarona hayot tarzida yashagan bo`lsa-lar, Umaviylar va Abbosiylar juda boy-badavlat turmush kechirganlar. Umaviylar va Abbosiylar davrida ancha keng va nisbatan markazlashgan byurokratik apparat tashkil etilgan.

Xalifa huzurida kengash (shuura) mavjud bo`lib, muhim ishlarni hal etgan. Xalifaning bevosita maslahatchisi va o`rinbosari, davlatda oliy man-sabdor shaxs buyuk ministr bo`lgan. Ministr so`zi arabcha «og`irliklarni ko`taruvchi» degan ma`noni bildiradi. Buyuk ministr juda katta vakolatlar-ga ega edi. U xalifa nomidan davlatning daromad va xarajatlarini nazorat qilardi, amirlar va sultonlarni tayinlardi. U xalifa devonxonasi boshlig`i hisoblangan.

Saroydagi muhim mansablar: xalifaning shaxsiy qo`riqchilari boshli-g`i; politsiya boshlig`i; boshqa mansabdor shaxslarni nazorat qiluvchi maxsus chinovnik edi.

Davlat boshqaruvining markaziy organlari devonlar deb atalardi. Arab xalifaligida quyidagicha devonlar bo`lgan:


Download 250 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish