2. Ijtimoiy va davlat tuzumi xususiyatlari
Ijtimoiy tuzum
Arab xalifaligi ijtimoiy munosabatlarining o`ziga xos tomoni shunda ediki, unda Yevropa mamlakatlaridagi singari tabaqaviy tuzum o`rnatilmadi. Bu yerda aholi turli guruhlari huquqiy holatidagi o`ziga xos belgi, avvalo, musulmonlar va nomusulmonlar, arablar va boshqa xalqlarning huquqlari noteng va har xil ekanligida edi.
Shariat bo`yicha kishining huquqiy layoqati va muomila layoqati islomga e`tiqod qilishiga qarab belgilanadi. Musulmonlar musulmon bo`lmaganlar oldida imtiyozli hisoblanadilar. Hatto qul musulmonlar erkin nomusulmonlarga nisbatan imtiyozli huquqlaridan foydalanadilar. Shariat bo`yicha faqat musulmonlar to`la huquqiy layoqatga ega. Boshqa dindagi-lar - zimmiylar to`la huquqiy layoqatga ega emas, deb hisoblanganlar. Ular islom davlatida musulmon hukmdorlarga tobe bo`lib yashayotgan hamda o`zlarining jon va mol-mulklarini musulmonlar omon saqlamoqlari uchun har yili juz`ya solig`i (jon solig`i) to`lab turmoqni o`z zimmalariga olgan g`ayridinlar hisoblanadi. Bu haqda Qur`oni karimning 10-pora 9-Tavba surasining 29-oyatida shunday deyiladi: «Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan, Alloh va Rasuli harom qilgan narsalarni harom sanamay-digan, haq din (Islom)ni din qilib olmaydigan ahli kitoblardan iborat kishi-larga qarshi - to ular o`zlarini past tutib, jiz`ya (soliq)ni naqd bermagun-laricha - jang qilingiz!». Juz`ya solig`ini to`lab turgan zimmiylar va musul-mon hukmdorlar o`rtasidagi ahdga qat`iy rioya qilmoqlari haqida Pay-g`ambarimiz hadislarini Imom Al-Buxoriy ham o`z kitobida ta`kidlab o`tgan92. Zimmiylarga nisbatan shariat normalari faqat ular musulmonlar bilan bitimlar tuzganlarida yoki jinoyat sodir etganlarida qo`llanilgan. Boshqa hollarda, ular o`z fuqarolik-huquqiy aloqalariga amal qilganlar va o`z oqsoqollari tomonidan idora etilganlar. Zimmiylarning musulmonlar bilan nikohga kirishi, musulmonlardan qullarga ega bo`lishi taqiqlangan. Ular ot minib yura olmaganlar, faqat xachir va kichkina eshaklarda yurish-lari mumkin edi. Ular uchun yana boshqa bir qancha taqiq va cheklovlar mavjud edi.
Arab xalifaligida ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi qullarning huquqiy holatiga o`z ta`sirini o`tkazdi. Musulmon huquqi bo`yicha qullar huquq subyekti bo`lmagan, lekin ular o`z xo`jayinlarining roziligi asosida erkin kishilar bilan shartnoma tuzishlari va mulkka egalik qilishlari mumkin edi. Musulmon qulni erkinlikka qo`yib yuborish savobli ish hisoblangan.
Erkinlikni qo`lga kiritgan qullar mavalilar deb yuritilgan. Lekin ularning erkinligi to`liq bo`lmagan. Ularning ahvoli xuddi Rim imperiya-sidagi erkinlikka chiqarilgan qullarning ahvoliga o`xshash edi. Mavalining mol-mulki u o`lgandan so`ng merosxo`ri bo`lmasa, xo`jayiniga o`tgan. Arablar tomonidan bosib olingan xalqlarning aholisi ham mavalilar deb atalgan.
A
Do'stlaringiz bilan baham: |