Shialik (arabcha - guruh, tarafdorlar) - islomdagi asosiy yo`nalishlar-dan biri. O`zining tarqalishi va ijtimoiy-siyosiy mohiyati jihatidan sunniy-likdan keyingi o`rinda turadi. Shialik VII asr o`rtalarida xalifa Ali hoki-miyati tarafdorlaridan iborat siyosiy guruh sifatida vujudga kelgan. VII asr oxirlariga kelib Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil diniy yo`nalishga aylangan. Shialik diniy-aqidaviy ta`limotda, marosim va urf-odatlarda ortodoksal sunniylikdan ma`lum darajada farq qiladi. Diniy-siyo-siy harakat sifatida xalifalar hokimiyatiga qarshi kurash olib borgan feodal guruhlarning, hatto xalq qo`zg`olonchilarining mafkurasi sifatida ham maydonga chiqqan. Shialik aslida feodal guruhlar o`rtasidagi hokimiyat uchun kurash oqibatida vujudga kelgan bo`lsa-da, bu ixtiloflar ko`pincha diniy ta`limotdagi tafovut shaklida namoyon bo`lgan. Shialik tarafdorlari (shialar) sunniylar kabi Qur`onni ilohiy deb e`tirof etadilar, lekin xalifalar davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan deb hisoblaydilar. Shialik ilohiyotchilari Qur`onning mazmunini majoziy talqin qilish yo`li bilan o`z ta`limotlarini asoslaydilar. Sunnada esa ular faqat Ali va uning tarafdorlari nomi bilan bog`liq bo`lgan hadislarni tan olganlar va shunday hadislardan iborat mustaqil to`plamlar tuzganlar. Bu to`plamlar Axbor deb atalgan. Sunniylikda e`tirof etilgan diniy aqidalardan farq qilib, shialikda tavhid, adl, nubuvvat, imomat, qiyomatdan iborat 5 ta aqidaga e`tiqod qilinadi. Bulardan to`rt aqida-tavhid (Allohning yagonaligini e`tirof etish), adl (ado-lat, Allohning odilligi, ya`ni taqdir aqidasi), nubuvvat (payg`ambarlik), iyomat yoki ma`od (oxirat kunining kelishi va o`lganlarning tirilishi) asosan sunniylik ta`limoti bilan mos tushadi. 5-aqidaga e`tiqodda imomat (imomlar hokimiyatini e`tirof etish) sunniylikka va sunniy xalifalar hoki-miyatiga zidligi bilan farq qiladi. Shialik Ali va uning avlodlaridan iborat o`n ikki imom hokimiyatini tan oladi. Shu munosabat bilan barcha xalifa-larni xususan dastlabki xalifalardan Abubakr, Umar va Usmonni hoki-miyatni zo`ravonlik bilan egallab olgan shaxslar sifatida qoralaydi. 874-878 yillar orasida 7-9 yoshida bedarak yo`qolgan (tarixiy nuqtai nazardan o`ldirilgan bo`lishi kerak) 12-imom Muhammad Al-Mahdiyni ular «yashi-ringan» hisoblaydilar, zamona oxir bo`lganda uning qaytib kelishini va adolat o`rnatishini kutadilar (imomi mahdiy, imomi oxir zamon). Bu tasav-vur ma`lum darajada sunniylikda ham tarqalgan. Ba`zi urf-odat va maro-simlarda, shariat normalarida ham shialik bilan sunniylik o`rtasida ma`lum tafovutlar bor. Shialar sunniylar kabi Makka va Madinani «muqaddas» hisoblash bilan birga, imom Husaynga motam tutadilar, «shaxsey-vaxsey» deb nom olgan motam yurishlari o`tkazadilar va h.k. O`rta asrlarda shialar ichida ham ixtiloflar yuz bergan, natijada ko`p sektalar vujudga kelgan. Bulardan zaydiylar, ismoiliylar, ibodiylar va boshqalar hozir ham mavjud. Shialik hozirgi vaqtda Eronda hukmron e`tiqod hisoblanadi. Iroq, Afg`on-iston, Hindiston va Pokistonda shialar bor. Shialik MDH hududida Ozar-bayjon va Tojikistonda (Pomirda ismoiliylar) dindorlar orasida saqlanib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |