Asosiy ijtimoiy-siyosiy voqealar. Bag’dod xalifaligining sobiq h’ududida tashkil topgan eng yirik davlatlardan biri Somoniylar davlati (819-999) edi. Unga Nuh’ ibn Asad (819-842 yy.) asos soldi. Bu davlat ayniqsa X asrning birinchi yarmida, İsmoil ibn Ah’mad davridan (892-907-yy.) boshlab kuchaydi. Somoniylar Movarounnah’r, Xuroson, Eron, h’ozirgi Afg’onistonning katta qismi, shuningdek, Toshkent, Turkiston va İspijob (Sayram) ustidan wz h’ukmronligini wrnatdilar. Somoniylar yirik er egalari, nufuzli ruh’oniylar h’amda yirik savdogarlarning kwmagiga tayanib, feodal tarqoqlik va ichki urushlarga barh’am berdilar, İla vodiysida va Sirdarё bwylarida kwchib yurgan qorliqlarning Movarounnah’rning ichki tumanlari ustiga qilib turgan xurujlariga barh’am berdilar(893 y.). Bu h’ol mamlakatning iqtisodiy va madaniy yuksalishiga ywl ochdi. Bu sulola davrida markaziy davlat boshqaruvi birmuncha takomillashdi. Amir davlatni wnta muassasasi (devon): devoni vazir (Bosh mah’kama), devoni mustavfiy (moliya ishlari mah’kamasi), devoni omid ul-mulk (insho va elchilik 47 idorasi), devoni soh’ib shurat (amir gvardiyasi ishlari bilan shug’ullanuvchi idora)16, devoni soh’ib barid (pochta ishlari mah’kamasi), devoni mushrif (wziga xos davlat xavfsizligi idorasi), devon ad-diya (amirning er-mulkini boshqaruvchi idora), devoni muxtasib (shariat ishlari mah’kamasi), devoni vaqf (vaqf ishlarini nazorat qiluvchi idora), devoni quzzot (qozilik mah’kamasi) ёrdamida boshqargan. Lekin, davlatni boshqarishda turk amirlarining roli juda katta bwldi. Somoniylar davrida h’unarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi. Buni Buxoro, Samarqand, Marv, Balx, G’azni, Hirot va Toshkent kabi yirik, taraqqiy etgan shah’arlar misolida kwramiz. Bu davlat Hazar xoqonligi, Bulg’or xonligi, Rus va Xitoy bilan iqtisodiy-madaniy aloqalari birmuncha rivoj topdi. Bu davr ilm-fan va madaniyatning wrta asr sharoitida benih’oyat rivojlangan davri h’isoblanadi. Rudakiy, Daqiqiy, Firdavsiy singari ulkan shoirlar, Farobiy, Beruniy, İbn Sinodek allomalar etishib chiqdi. Katta er egaligi munosabatlarining rivojlanishi, mah’alliy er egalari bilan byurokratik apparat, katta er egalari bilan ijarachi deh’qonlar wrtasidagi ziddiyatlar natijasida wzaro feodal kurash va yirik er egalarining ayirmachilik-ajralib chiqishga bwlgan h’arakati kuchayib ketdi. X asr oxirlariga kelib feodal tarqoqlik yanada kuchaydi, Hamadon, İsfah’on va Rayda Buvah’iylar, Tabariston va Jurjonda Ziёriylar mustaqillikka erishdilar, 962 yilda Somoniylarning G’aznidagi noibi Alptakin h’am mustaqillik elon qildi. Sirdarёning wng soh’ilidagi erlar, shuningdek, Chag’oniёn va Xorazm h’am somoniylarga itoat etishdan bosh tortdilar. Mamlakatda yuz bergan ijtimoiy-siёsiy parokandachilikdan Qoraxoniylar ustalik bilan foydalandilar. Ular 996 yili Zarafshonning shimoliy tarafidagi barcha erlarni, 999 yili esa Buxoroni ishg’ol etib, Somoniylar h’ukmronligiga barh’am berdilar. Qoraxoniylar (X asrning 90-yillarida Sharqiy Turkiston, Ettisuv va Tyanshanning janubiy qismida tashkil topgan feodal davlatga asos solgan sulola) 996-999 yillari Nasr ibn Ali (1012-yili vafot etgan) boshchiligida butun Movarounnah’rni egalladi. Faqat Somoniylar lashkarboshisi Abu İbroh’im İsmoil (Muntasir) 1001 yilgacha Qaroxoniylar bilan kurashdi, lekin ulardan ustun kelolmadi. Nasr ibn Alidan keyin Movarounnah’rni İligxon Ali takin(1034 yilning kuzida vafot etgan) idora qildi. 1025 yili Koshg’ar xoni Qodirxon (Tamg’ochxon) bilan Mah’mud G’aznaviy (998-1030-yy.) birgalikda Movarounnah’r ustiga yurish boshladilar. Ali takin Buxoro va Samarqandni qoldirib chwlga chekinishga majbur bwldi. İttifoqchilar Movarounnah’rda wzlarining h’arbiy-siёsiy mavqelarini mustah’kamlay olmadilar va uni tashlab chiqishga majbur bwldilar. 1032 yili Xorazm h’ukmdori Oltintosh (1017-1032 yy.) h’am urinib kwrdi, lekin uning barcha h’arakatlari zoe ketdi. Tarixiy manbalar, masalan Abulfazl Bayh’aqiy bergan malumotlarga qaraganda, Ali takindan keyin taxminan 1040 yilga qadar uning wg’illari h’ukmronlik qildilar. Ulardan keyin 1060 yilgacha Abu İsh’oq İbroh’im ibn Nasr h’ukm yuritgan. U Qoraxoniylar poytaxtini Wzganddan 16 Амир гвардияси турк ғуломларидан ташкил топган ва давлатни идора қилишда катта роль ўйнаган. 48 (Farg’ona vodiysidan) Samarqandga kwchirib olib keldi. Uning vafotidan keyin wg’illari wrtasida taxt uchun kurash boshlandi. Bu kurashda Abu İsh’oq İbroh’im ibn Nasrning Shams ul-mulk Nasr ismli wg’li g’olib chiqdi. Shams ul-mulk Nasr davrida (1068-1080-yy.) Qoraxoniylar va Saljuqiylar wrtasida Termiz va Balx uchun kurash kuchaydi. Buning ustiga Tomg’ochxon Qodir Yusuf va uning wg’illari unga qarshi kurash boshladilar va Sirdarёning shimoliy soh’ilidagi erlarni h’amda Farg’onani undan tortib oldilar. Abu İsh’oq İbroh’im ibn Nasr va uning avlodi bilan musulmon ruh’oniylari wrtasidagi ziddiyatlar Shams ul-mulkning taxt vorislari Xidir va Ah’mad (1081- 1089 yy.) davrida benih’oyat kuchaydi. Saljuqiy Malikshoh’ I 1089 yili Movarounnah’rga qwshin tortib, Buxoro va Samarqandni zabt etdi. Lekin Saljuqiylar tez orada sulh’ tuzib, Movarounnah’rdan chiqib ketishga majbur bwldilar. Sulton Sanjar davrida (1118-1157 yy.), 1130 yildan boshlab, Qoraxoniylar unga tobe bwlib qoldilar. Mamlakatda siёsiy tarqoqlik kuchaydi – viloyat va wlkalarning kwpchiligi mustaqillik elon qildi. Ana shunday mustaqil viloyatlardan biri Buxoro bwlib, bu erda h’okimiyat Sadrlar (Burh’oniylar) deb ataluvchi ruh’oniylar sulolasi (1130-1207 yy.) qwliga wtdi. Qoraxoniylar inqirozga yuz tutgan va Movarounnah’r tarqoqlik iskanjasiga tushib qolgan paytda uning shimoliy-sharqiy va g’arbiy tarafida ikki yirik h’arbiy siёsiy kuch paydo bwldi. Bulardan biri qoraxitoylar bwlib (etnik tarkibi aniqlanmagan), bazi malumotlarga kwra, ularning asli tungus, ayrim olimlarning fikricha –mwg’ul edi. Ular XII asr boshlarida dastlab Chug’uchak, keyinchalik Bolosog’un shah’ri bilan birga butun Ettisuv voh’asini ishg’ol qildilar. Qoraxitoylarning oliy h’ukmdori shurxon deb atalgan. Yana bir yirik h’arbiy siёsiy kuch Xorazmda shakllandi. İlgari Saljuqiylarga tobe bwlgan Xorazm 1127 yili mkstaqillikka erishdi. XII asrning 30-yillari boshlaridan qoraxitoylarning Movarounnah’rga talonchilik xurujlari boshlandi. Ular Shosh va Farg’ona bilan kifoyalanib qolmay, Zarafshon h’amda Qashqadarё voh’alariga h’am kirib bordilar. Qoraxitoylar 1138 yili Samarqand xoni Qoraxoniy Mah’mudxonni (1132-1141) tor-mor keltirdilar va katta wlpon olib Ettisuvga qaytib ketdilar. 1141 yili ular Samarqandga yaqin Katavon degan joyda Maxmudxon va Sulton Sanjarning birlashgan kuchlarini tormor keltirib, Samarqand, swngra Buxoroni egalladilar. Lekin ular Ettisuvdan Movarounnah’rga kwchib wtmadilar, balki h’ar yili wlpon olib turish bilan kifoyalandilar. Xorazmning mustaqillikka erishuvi Xorazmshoh’ Otsiz (1127-1156 yy.) nomi bilan bog’liq. U qisqa vaqt ichida Sirdarёning quyi oqimida joylashgan Jand shah’rini va Mingqishloqni egalladi. Suton Sanjar Xorazmni yana bwysundirishga h’arakat qildi, lekin bunga erisha olmadi. El Asrlon (1156-1172-yy.) va Sulton Takash (1172-1200 yy.) vaqtida Xorazmshoh’lar davlati birmuncha mustah’kamlandi. Xorazmshoh’lar 1156-1192- yillar orasida Hind darёsidan İroqqacha bwlgan erlarni bwysundirishga muvaffaq bwldilar. Xorazmshoh’ Muh’amad (1200-1220-yy.) davlati h’ududini juda kengaytirdi. 1206 va 1212 yillari Buxoro va Samarqandni bosib oldi, 1210 yili esa Ettisuvda Gurxon qwshinlariga qaqshatqich zarba berdi va bu bilan qoraxitoylarning 49 Movarounnah’rga bwlgan davolariga chek qwydi. Ammo bu ulkan davlat markazlashgan va mustah’kam emas edi. Shuning uchun h’am u mwg’ullarning kuchli zarbasiga dosh berolmadi. Qoraxoniylar davrida davlat tepasida xon (manbalarda Tomg’ochxon) turgan va u rasman oliy h’ukmdor h’isoblangan, aslida esa nomigagina shunday bwlib, ijtimoiy-siёsiy h’aёtda ulus h’okimlarining, manbalarda ular iligxon atalgan, tutgan mavqei kuchli bwlgan. Ulardan ayrimlari mustaqil siёsat yuritganlar. Farg’ona (markazi Wzgand) h’amda Movarounnah’r (markazi Samarqand) iligxonlari shular jumlasidandir. Qoraxoniylar davdat tuzulmasi h’aqida malumot kam. Lekin vazir, soh’ib barid, mustavfiy atalmish lavozimlarning mavjud bwlishiga qaraganda, ular davrida h’am Somoniylar davlati idoralari saqlangan kwrinadi. XI asrdan boshlab Wzbekistonda erga egalik qilishning yangi shakli – iqto, toju taxt oldida kwrsatgan xizmatlari uchun shah’zoda va xonzodalar, amir va mansabdorlarga inom tariqasida beriladigan er-suv, taraqqiy eta boshladi. Qoraxitoylar bosib olingan erlardan wlpon yig’ib olish (h’ar bir xonadondan bir dinor miqdorida) bilan kifoyalandilar. Meh’natkash xalqning ah’voli og’ir edi. U ikki tomonlama, mah’alliy yirik er egalari va xorijlik bosqinchilar zulmi ostida qoldi, muntazam ravishda xiroj h’amda boshqa soliq va jarimalar twlab turishga, davlat, xon va yirik er egalarining shaxsiy qurilishlarida tekinga ishlab berishga majbur edilar. Bu davrda chet el bosqinchilariga qarshi xalq qwzg’olonlari h’am bwldi. Masalan, 1206 yili Buxoroda va 1212 yili Samarqandda bwlib wtgan kosiblar qwzg’olonlari shular jumlasidandir. X-XII asrlarda Wzbekistonda ilm-fan, adabiёt birmuncha rivoj topti, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Termiz, Marv, Gurganj kaba shah’arlar kengaydi, rivojlandi. Bu davrda Abu Rayh’on Beruniy (973-1048 yy.), Abu Ali ibn Sino (980-1037-yy.), Abubakr Muh’ammad ibn Jafar Narshaxiy (X asr), Maxmud Koshg’ariy (taxminan 1029-1038- yillar orasida tug’ilgan) kabi zabardast olimlar, Unsuriy, Amoq Buxoriy, Swzaniy Samarqandiy, Nishomiy Aruziy Samarqandiy, Yusuf Xos Xojib Bolosog’uniy kabi ajoyib shoirlar va adiblar etishib chiqdi. Mamlakatimizda kwplab masjid, madrasa, karvonsaroylar, baland minoralar va boshqa monumental bino va inshootlar barpo etildi. Hazora tumanidagi (Buxoro) Deggaron masjidi, wsha atrofdagi Raboti malik karvonsaroyi (XI asr), Buxorodagi masjidi kalon (1127 yili qurilib bitkazilgan), Vobkentdagi minora (1198-1199- yillari qurilgan, Shoh’i zinda va Afrosiёbdagi (Samarqand) ayrim binolar, Xorazmdagi Bwron qala, Noib qala va Faxriddin Roziy maqbarasi (XII asr) shuningdek, h’ozirgi Qirg’iziston va Turkmaniston wramida qurilgan bino va inshootlar shular jumdasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |