Arab tilidagi manbalar


Islom manbashunosligi asoslari



Download 70,07 Kb.
bet2/10
Sana09.07.2022
Hajmi70,07 Kb.
#760261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Berdaq nomidagi QDU Tarix fakulteti Tarix yo

Islom manbashunosligi asoslari. Malumki, qadim arab tilidagi yozma yodgorliklar Arabiston va Suriyaning janubidagi qoyatoshlarga eramizning I asrlari atrofida bitilgan bitik toshlardan iboratdir. Joxiliya davri V-VII asrlar sheriyati ­ham og’zaki tarzda rivojloana borib, VIII-X asrlarga kelibgina xatga tushurildi. yozma adabiyot arablarda VIII asrdan yuzaga keldi. Quron 114 ta suradan iborat b´lib, dastlabki – Surai fotihani hisobga olmaganda eng uzun suralardan boshlanib, u yog’iga qisqara boradi va kam oyatli suralar bilan yakunlanadi. Quron kitob holiga kelgach, u ko´plab k´chirila boshladi. Shu bilan birga xalq manaviy ehtiyoji bilan bog’liq bo´lgan boshqa ilmlar yuzasidan yoziladigan kitoblarga ham yo´l ochildi. Masjid va madrasalarda, saroylarda kitob xazinalari yuzaga keldi. İslomgacha bo´lgan davr adabiy, tarixiy va ilmiy manbalari bir ko´rib chiqildi va h.k. Malumki, xadislar islom olamida qurondan keyin ikkinchi muqaddas manba h’isoblanib, ijtimoiy h’ayotning barcha jih’atlariga o’z tasirini ko’rsatgan. muh’addislik (Hadis yig’ish ananalari), Rasululloh’ h’ayot vaqtlaridayoq yuzaga kelgan. imom ibn Munnabbixning (vft. 101 y.) «Sah’iyfa» asari eng qadimiy h’adis 45 hisoblanadi. U 138 ta h’adisdan iborat bo´lgan. Bu asarning VI asr h’ijriyda k´chirilgan nusxasi saqlanib qolgan. İslomshunos olim U.Uvatovning xabar berishicha, kitob shaklida, rasmiy ravishda yozilgan birinchi h’adis kitobi xijozlik olim İbn Shih’ob az-Zaxriy (vft. 124 h’.) qalamiga mansub. Bu twplam xalifa Umar ko’rsatmasi bilan yuzaga kelgan. Umuman xalifa Umar madinaliklarga xam xuddi shunday topshiriqlar bergan. hijriyning ikkinchi asrida yaratilgan xadis to’plamlari ichida Molik ibn Anasning «Muvatta» nomli kitobi (Uvatov, 9-b.) aloh’ida qadrlanadi. Shuni h’am aytish kerakki, bu asardan ko’plab nuqsonli h’adislar ular qatorida h’atto sohta h’adislar h’am tarqab ketdi. . İslom dini turli tillarda so´zlashuvchi xalqlar o´rtasida keng yoyilgan bo´lsa-da, Quronning tarjima qilish taqiqlangan, faqat tafsir qilish (aynan izohlash) ananaga aylangan edi. Malumki, biror matnning manosini yechish, sharh­lash, izoh­lash tafsir deyiladi. Diniy manoda Quron oyatlarini izoh­lash va shu to´g’risida yozilgan kitob tafsir deyilgan. Tafsirda odatda ­har bir sura yoki oyatning qayerda nozil bo´lgani, surada nechta oyat borligi va nimalar xususida gap ketishi, nozir bo´lish sabablari batafsil yoritiladi. İslom dini tarida va qo´lyozma fonlarimizda fors, turk, urdu va boshqa tillarda bunday tafsirlar juda k´p. ammo ulardan to´qqiztasi – Tafsiri Tabariy, Tafsiri Saolibiy, Tafsiri Zamaxshariy, Tafsiri Bayzoviy, Tafsiri Faxriddin Roziy, Tafsiri Jalolayn (ikki Jalol) – sunniylikda; Tafsiri Tabariy, Tafsiri Hilliy, Tafsiri Husayniy – shialikda tan olingan va keng tarqalgan. Markaziy Osiyo mintaqasida ko´proq Quronning tatar tilida qilingan tafsirlari tarqalgan edi. so´nggi paytlarda o´zbek tilida yaratilgan tafsirlardan sobiq muftiy Mu­hammad Sodiqning «Tafsiri h­ilol» (T., «Movarounna­r», 1991) ini misol tariqasida keltirish mumkin. VII asrda paydo bo’lgan islom dini tez orada ulkan xududga tarqaldi. Arab xalifaligi tashkil bo’lgach bu davlat tarkibiga kiruvchi mamlakatlar, xalqlar tarixi, madaniyatiga juda katta tasir o’tkazdi. Bizning maqsadimiz islom manbashunosligi asoslari Quron, Hadis va tavsirlar tarix ilmi, manbashunoslik nuqtai-nazaridan o’rganishdir. Chunki xalqimiz h’ayotida XX asr boshlarigacha, xatto bugungi kunda h’am etiqod masalalari musulmonchilik qonun qoidalari amal qilib kelmoqda. Bundan tashqari aksariyat yozma manbalar islom manbashunosligi qonun qoidalariga binoan yaratilgan. Mana shuning uchun h’am tarixchi pedagoglar islomiy manba asarlarini yaxshi bilishi va o’z pedagogik faoliyatlarida foydalanishi lozim. Manbashunoslik fanida talaba dinshunoslik fanida olgan bilimlarini yanada chuqurlashtirish nazarda tutiladi.Bizning yurtimiz hududidan ham buyuk allomlar o’sha davrda yetishib chiqqan deb faxrlanib aytsak bo’ladi. Ular buyuk muhaddis olimlar Imom al-Buxoriy va at-Termiziy hisoblanadi.

Download 70,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish