Tarjiʼband
Tarjiʼband (arab. — qaytarish, takrorlash;
band) — mumtoz adabiyotda lirika
janrlaridan. T. gʻazal kabi qofiyalanib, 5
baytdan 12 baytgacha boʻladi, har bandi
bir vaznda yozilib, bandlar oxirida boshqa
bir bayt takrorlanib keladi. Bandlar
takrorlanuvchi bayt — tarjiʼ vositasida
oʻzaro bogʻlanishi tufayli T. deb yuritiladi.
Barcha bandlarning oxiri oʻsha
takrorlanadigan bayt bilan mazmun
jixatidan uzviy boitanib keladi. T.da
takrorlanadigan ushbu bayt bayt boshi
deb aytiladi.
Shayx Axmad ibn Xudoydod Taroziy
"Funun ulbalogʻa" asarida T.ni 5 turga
ajratadi: 1) har bandning qofiyasi
boshqacha boʻladi, lekin bayt takrori
saqlanadi; 2) barcha bandlar bir qofiyada
aytilib, tarjiʼ bayti takrorlanmaydi, balki
har bandning oxirida boshqa bir bayt
keladi; 3) barcha bandlar, jumladan tarjiʼ
baytlar ham bir qofiyada yoziladi; 4) har
bir band alohida, shuningdek, tarjiʼ
baytlar ham gʻazal kabi qofiyalanadi
(1misrasida qofiya boʻlmaydi) va ularni
jam etsa, yaxlit gʻazal koʻrinishini oladi;
5) har bir bandning ham, tarjiʼ baytning
ham qofiyasi alohidaalohida boʻladi.
T. da shoirlar koʻpincha falsafiy
qarashlari, fikrmuloqazalarini
ifodalashgan. Bu jihatdan Saʼdiy, Hofiz,
Navoiy va Furqatlarning tasavvufiy
mazmundagi T.lari mashhur. Mas.,
Navoiy:Xarobot aro kirdim
oshuftaholMay istarga — ilgimda singan
safol.—bayti takrorlanib keladigan
mashhur T.ida oʻzining olam va odam
toʻgʻrisidagi falsafiy qarashlarini tasavvuf
taʼlimoti bilan bogʻlab aks ettiradi. Oʻzbek
adabiyotida T. janrining dastlabki
mukammal namunalarini Navoiy
yaratgan. "Xazoyin ulmaoniy"da 4 ta T.
mavjud boʻlib, ularning ikkitasi 10 band
(biri 10, ikkinchisi 11 baytdan), uchinchisi
8[11 (ikki band 12) baytdan], toʻrtinchisi 7
(8 baytdan) ni tashkil etadi. Ularning
barchasi falsafiy mazmunda.
Oʻzbek adabiyotida, shuningdek, Yusuf
Amiriy, Nodira, Ogahiy, Avaz, Uvaysiy,
Ravnaq, Furqat, Miriy va boshqalar T. lar
yozishgan. Zamonaviy shoirlardan
Habibiy, V. Saʼdulla, Chustiylar T.
yaratishgan. Lekin bu T. larda mehnat
nashidasi, vatanga va yorga muhabbat
tuygulari tarannum etilgan.
Ad.:Ayniy S, Asarlar, 8j., T., 1967; Adabiy
turlar va janrlar, 2j., 1992.
Ergash Ochilov.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Soʻnggi tahrir 3 yillar avval Olaf Studt tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Tarjiʼband&oldid=1990468
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |