Johiliya
Johiliya (arab.—
bilimsizlik holati, jaholat) — arablar tarixining islomdan ilgarigi davriga
berilgan nom. Asosan, odamlar hayotida Iso (as) bilan Muhammad (as) oraligʻidagi
paygʻambarsiz oʻtgan davr tushuniladi. J. tushunchasi Qurʼonning bir necha suralarida
uchraydi. "J-h-l" oʻzakli "johiluna", "yajhaluna" shaklidagi soʻzlar ham yana bir qancha
suralarda keladi. Ularning barchasi Malina suralaridan ekanligi, J. soʻzi 622-yil (hijra)dan
oldingi zamon uchun ishlatilganiga dalildir. J. atamasining paydo boʻlishiga obʼyektiv
sabablar bor edi. Zero islomdan oldingi arablarning koʻpchiligiga "jahl" tuygʻusi xos edi. Bu
boshqalarga nisbatan beshafqat va vahshiyona munosabatda boʻlishda oʻz ifodasini topardi
(qasos olish zarurati, goʻdak qizlarni tiriklayin koʻmish, oʻzga qabila vakiliga dushman sifatida
qarash va b.). Islomdan ilgari Arabistonda qonunsizlik, axloqsizlik, zoʻravonlik hukm surgani
uchun ham keyingi avlod oʻsha davrni haqli ravishda J. deb atagan. Bundan tashqari J. davri
arablarining diniy tasavvurlari ham kam taraqqiy qilgan, sodda holda boʻlgani maʼlum. Ular
asosan "vasaniya"da, yaʼni koʻpxudolikda boʻlganlar. Qadim zamonlardan beri barcha arablar
uchun Makka sh.dagi Kaʼba ibodatxonasi muqaddas hisoblangan. xudolar panteoniga
aylangan bu maskanda 300 dan ortiq sanam qoʻyilgan edi. Xubal hamda "Alloh qizlari" nomini
olgan alLot, Manot va al-Uz za shu sanamlarning eng mashhurlari edi. Baʼzilar "Alloh"
sanamiga sigʻinardilar. Ammo u islomdagi Allohdan farq qilar, maqomi jihatidan Yaxve, Zevs,
Yupiter kabi bosh xudolarga teng qoʻyilgan boʻlsada, mavhum va koʻz ilgʻamas balandlikda
deb tasavvur qilingani uchun uning ismi bilan bogʻliq ibodat muntazam ado etilmas edi. J.
arablarining koʻpchiligi narigi dunyoga ishonmasdilar: faqat bu dunyo bor, yashaymizu —
oʻlamiz. Bizning takdirimizni dahr (vaqt) hal qiladi, deb fikr yuritardilar (Josiya surasi, 24).
Islom gʻalabasidan soʻng "daxriy" soʻzining "moʻmin"ga nisbatan antonim sifatida
ishlatilganini shu bilan izohlash mumkin. Alloh toʻgʻrisida muayyan tushunchaga ega boʻlgan
holda unga boshqa xudolarni sherik qilganlari sababli J. arablari "mushrik"lar degan nomni
oldilar.
[1]
Manbalar
Soʻnggi tahrir 9 kunlar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Johiliya
&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Johiliya&oldid=2286866
"
dan olindi