OʻZBEKISTONRESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTONDAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI
ARAB TILI TARJIMA NAZARIYASI VA AMALIYOTI KAFEDRASI
ARAB TILI YO’NALISHI
“ ARAB ADABIYOTI ” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: Arab adabiyoti va uning rivoji
Guruh: TARB-1914
Bajardi: Abdujalilov Bekzod
Ilmiy rahbar: Ahmedova Shahlo
Toshkent-2022
MUNDARIJA
KIRISH.....................................................................................................................3
I BOB. ARAB ADABIYOTIDA HIKOYA JANRINING MUHIM BO‘G’IN SIFATIDA SHAKLLANISHI……………………………………...…………….7
1.1. Arab adabiyoti taraqqiyoti bosqichlari va o‘ziga xos xusisiyatlari ...................7
1.2. Fors ko‘rfazi arab mamlakatlari adabiyoti taraqqiyoti ....................................11
II BOB. FORS KO‘RFAZI ARAB MAMLAKATLARI ZAMONAVIY HIKOYAVISLIGINING TARAQQIYOT TAMOYILLARI...........................19
2.1. Fors ko‘rfazidagi arab mamlakatlari adabiyotida hikoyanavislikning rivojlanishi...............................................................................................................19
2.2. Bahrayn yozuvchilari ijodida hikoyalar uslubi ................................................25
XULOSA................................................................................................................32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI........................................35
KIRISH
Fors koʻrfazi hududidagi arab mamlakatlarida ayollar ijodining paydo boʻlishi, eng avvalo, ayollarning taʼlim olishi va umuman, bu mamlakatlarda taʼlim tizimining kengayishi bilan bogʻliq. Agar Misr, Suriya, Livan, Iroq, Falastin kabi arab mamlakatlarida ayollar adabiyoti yetarli darajada rivojlangan va XX asrning boshidayoq Mey Ziyade, Oysha Teymur, Bint ash Shotiy (Oysha Abdurrahman), Fadva Tukan, Nozik al Malaika kabi adabiyotchi ayollar siymosida koʻplab oʻzining yirik vakilalariga ega boʻlgan boʻlsa, Fors koʻrfazidagi arab mamlakatlarida bu hodisa XX asrning birinchi yarmida kamdan-kam uchraydigan hol edi. Ammo vaziyat mazkur hududda ayollar orasida ijod bilan mashgʻul boʻlgan ziyolilar mutlaqo boʻlmagan ekan, degan maʼnoni anglatmaydi, ularning aksariyati oʻsha paytda halq ogʻzaki ijodi yoʻllarida ijod qilgan.
Shuni taʼkidlash joizki, Quvaytda qizlarning jamoaviy taʼlim olishi Bahrayndan oʻn yil keyinroq – 1937-yil, Qatarda – 1954-yil, Arab Amirliklarida – 1955-yil, Saudiya Arabistonida – 1960-yil, Ummonda – 1970-yilda joriy qilingan. Taʼlim tizimini joriy qilishdagi farqlarga qaramay, ayollarning ilk ijod namunalari oʻtgan asrning 50-yillari oʻrtalarida paydo boʻlsa ham, Xadaya Sulton as Salimning Falastin fojealari haqidagi ilk publitsistik maqolalari, shuningdek, Ibtisom Abdulloh Abdullatifning “Qizchaning xotiralari” deb nomlangan memuarlari 1948-yil Qohiraning “Quvayt” nashriyotida chop etiladigan “Al Baasa” oynomasida nashr etilgan.
“Arab adibalari qomusi” maʼlumotlari boʻyicha, nashrlar soniga koʻra Quvayt ayol ijodkorlar nashrlari boshqa mamlakatlarga nisbatan koʻproq boʻlgan. 60-yillarning boshlarida nashr ishlari va publitsistikaning avj olishi munosabati bilan Fors koʻrfazi mamlakatlari roʻznomalari ayollar muammolari uchun maxsus sahifa ajratdi, vaqti-vaqti bilan u yerda ayol yozuvchilarning qisqa hikoya, sheʼr va adabiy maqola koʻrinishidagi ijod namunalari berilib turardi. Fors koʻrfazi mamlakatlarida – Quvayt, Bahrayn, Saudiya Arabistoni davlatlarida ayollar ijodi namunalari alohida devonlar koʻrinishidagi nashrlar sifatida 50-yillarning oxiri - 60-yillarning boshida chiqarila boshladi, 70–80-yillarda esa bular qatoriga Qatar, Arab Amirligi va Ummonning adibalari qoʻshildilar.
Adabiy janrlar masalasida ayollar koʻproq sheʼrlar va hikoyalar mashq qilishni afzal koʻrardilar. XX asrning oxiriga kelib, arab mamlakatlarida 113 ta sheʼriy devon, 115 ta novellalar toʻplami, 64 ta roman nashr etildi.
“Arab adibalari qomusi”dagi “Quvayt” boʻlimida yozuvchi ayollar ijodida hikoyanavislik 80-yillarning ikkinchi yarmida eng yuqori choʻqqiga koʻtarilganligi qayd etiladi. Bu gullab-yashnashning yorqin misolini Laylo Usmonning 8 ta hikoyalar toʻplami, Fotima Ali, Surayyo al Baqsamiy, Laylo Muhammad Solih, Muna Ash Shofeʼiy va Amina Shoib asarlari toʻplamlari hamda Bizza al Botiniyning ilk toʻplamlari timsolida koʻramiz.
Yangi davr arab adabiyoti tadqiqodchilari arab Sharqi mamlakatlarining tarixiy taqdiri va madaniyati bilan bog‘liq qator muammolarga duch keladilar. Qadimgi va o‘rta asrlarda gullab yashnagan arab adabiyoti yangi davr bo‘sag‘asida qoloq, susaygan taraqqiyot bosqichini boshdan kechirib, ilgarilab ketgan Yevropa adabiyotining ketidan quvishga majbur bo‘ldi. O‘rta asrlarda vujudga kelgan madaniy, adabiy umumiylikning parchalanishi va milliy adabiyotlarning shakllantirish jarayoni arab Sharqida, bir tomondan, qudratli, barqaror o‘rta asr madaniy an’analarining mavjudligi, boshqa tomondan esa, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning tezlashuvi va jahon madaniyati bilan bo‘lgan aloqalarning kengayishi singari omillar ta’siri ostida sodir bo‘ldi.
Bu omillarning o‘zaro nisbati, ularning badiiy adabiyotga ta’siri darajasi va xarakteri bir xil emasdi, goh u, goh bu omil ustun kelar edi. Yangi davr arab adabiyoti an’analarning tuganmas xazinasi, voqelik va jahon madaniyatidan o‘z taraqqiyotining turli bosqichlarida har xil unsurlarni o‘zlashtirdi. Yangi arab adabiyoti bir xalqning ijod mahsuli emas, uni Misr, Suriya, Livan, Iroq, Iordaniya, Jazoir, Tunis, Marokash va Arabiston yarim oroli mamlakatlari xalqlari yaratmoqdalar. Tabiiyki, arab Sharqi mamlakatlari bu adabiyot taraqqiyotiga qo‘shgan ulush bir xil emas.
Aksariyat arab tadqiqodchilari bugungi arab mamlakatlari adabiyotini Misr, Suriya, Tunis va boshqalarga bo‘lmasdan, yagona adabiyot sifatida qaraydilar. Mahalliy o‘ziga xosliklar va farqlarni nazarda tutgan holda arab adabiyotshunoslari «Misrdagi (Suriyadagi, Iroqdagi va h.k.) arab adabiyoti» atamasini qo‘llaydilar, lekin «Misr adabiyoti», «Iroq adabiyoti» kabi atamalarni inkor etadilar. Misr, Suriya so‘zlarini esa, odatda, janr bilan bog‘liq holda “Misr romani”, “Suriya novellasi” kabi ishlatadilar.
Darhaqiqat, bir tomondan ular orasida etnik yaqinlik, umumiy arab adabiy tili, ko‘pgina mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan islom dini, arab birdamligi g‘oyasi mavjud. Bular arab adabiyotini birlashtiruvchi omillar bo‘lib, ularga iqtisodiy va siyosiy sabablar bilan yuzaga keladigan arab ichki sharoit va ijtimoiy-siyosiy o‘ziga xosligi bilan ajralib turuvchi mustaqil, milliy davlatlarning paydo bo‘lishi, shevalar mavjudligi singari omillar milliy adabiyotlar tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan hozirgi zamon arab adabiyotini o‘zanidan chetga tortadi. Tarixiy sharoitlardagi tafovut va XIX asrda arab mamlaktlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining notekis kechgani arab dunyosining turli regionlari adabiyotning bir vaqtda o‘rta asrdan zamonaviy shakllarga o‘tishiga xalaqit berdi. Aksariyat arab mamlakatlari uchun XX asr Misr adabiyoti Yevropa tajribalarini yoyishda vositachi vazifasini o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |