Aqshda fuqarolik urushi mundarija: Kirish


II BOB. MUSTAQIL AQSH DAVLATI TASHKIL TOPGANDAN KEYING SIYOSIY, IJTIMOIY-IQTISODIY JARAYONLAR



Download 79,27 Kb.
bet5/7
Sana06.07.2022
Hajmi79,27 Kb.
#751515
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AQSHDA FUQAROLIK URUSHI

II BOB. MUSTAQIL AQSH DAVLATI TASHKIL TOPGANDAN KEYING SIYOSIY, IJTIMOIY-IQTISODIY JARAYONLAR
II.1. AQShda fuqarolar urushining boshlanishi va kelib chiqish sabablari.


Shimoliy Amerikadagi fuqarolar urushining urug‘i ancha oldin, xali XVIII asrda milliy mustaqillik uchun boshlangan kurash davrida yetilgan edi. Uning natijasida kapitalistik bilan bir qatorda qulchilik ham rivojlanib, u "kapitalizm ustidagi yovvoyi o‘t" edi. Qulchilikning rivojlanishi shunga olib keldikim, XIX asrning 30-yillarida Amerika demokratiya respublikasi janubdagi quldor-plantatorlar qulida edi. Quldorlarning manfaati "Qo‘shma shtatlar tashqi siyosatining "yo‘lchi yulduzi" bo‘lib qoldi.
Tashqi siyosat janubliklarning qo‘lida bo‘lgach, ular o‘zlarining xohicha ish tutib, bosqinchilik, zo‘ravonlik siyosatini qo‘llab, o‘zgalarning yerini istilo qilishga bel bog‘ladilar. Paxtakor-yerdorlarning talabiga ko‘ra Qo‘shma Shtatlar bosqinchilik harakatini boshlab, 1810-1812-yillarda G‘arbiy Floridani bosib oldi. 1818-yili Sharqiy Floridani olish uchun urush boshladilar. 1845-yili Meksikadan Texasni tortib oldilar va 1846-1848-yillar Meksika bilan urushib, uning eng serxosil yerlarini tortib oldi, hududini ancha kengaytirgach, 1854-yilga kelib ular Kubaga bo‘lgan talablarini qo‘ydi. Zamonlar o‘tishi bilan qulchilik va kapitalistlar birga yonma-yon yashadi. Vaqti kelib bu «ikki ijtimoiy tuzum»ning to‘qnashuviga olib keldi, 1860-yilga kelib Qo‘shma Shtatlar parchalanib ketdi endi ularni «ajralgan shtatlar»-deb atadilar. Ana shunday ijtimoiy kelishmovchilik davrida Qo‘shma Shtatlarning Janub va Shimol diplomatlari asosiy omil bo‘lishlari kerak edi1.
Shimol va Janub o‘rtasidagi kuchlar nisbati teng emasdi Janubning kuchi bir muncha kam edi. Shimolda 23 ta shtat bo‘lib, uning 22 mln axolisi bor edi, Janubda esa 11 shtat bor edi, unda 9 mln axoli yashardi. Bulardan 4 mln negr qullar edi. Janubning maqsadi qulchilikni saqlab qolish edi. A.Linkolinni AQShning prezidenti qilib saylanishi Janub quldorplantatorlarning qo‘zg‘olon ko‘tarishiga sabab bo‘ldi. 1860-yilning 20-dekabrida Janubi Karolina Ittifoq tarkibidan chiqdi. 1861-yil yanvari davomida yana beshta qulchilik shtati: Messisipi. Florida, Alabama, Georgiya va Luiziana.
1-fevralda esa Texas chiqdi.
4-fevralda quldorlik shtatlarinnng vakillari Montgomer (Alabama.sht.)
shaxrida Kongressga to‘planib. "Amerika shtatlarining Konfederatsiyasi" degan nom bilan alohida davlat tuzdilar. Kongress muvaqqat konstitutsiya qabul qildi. Unda shunday deyiladi: Ittifoq Shtatlari yangi "hududlar" orttirishi mumkin. Kongress qonunlar qabul qilishi, yangi xukumat tuzishi mumkin va x.k.
Hududlarni to‘xtovsiz kengaytirish, eski chegaradan tashqari bo‘lgan
joylarda qulchilikni to‘xtovsiz ko‘paytirish Ittifoq quldorlik shtatlarining hayot qonuni edi. Janubdagi chiqariladigan mahsulotlar - paxta, tamaki, shakar va shu kabilarni qullar ishlab chiqarardi, bu mahsulotlarni ko‘proq tayyorlash uchun katta guruh qullar, ommaviy ravishda keng ko‘lamdagi serhosil yerlarda qul mehnatiga asoslangan holda ter to‘kib ishlashi kerak bo‘lardi.
XIX asrning birinchi yarmida plantatsiya xo‘jaligi zo‘r berib rivojlandi,
qullar soni ko‘paydi, asr boshida Janub shtatlarida 1 mln qul bo‘lgan bo‘lsa,
1860-yillarga kelib, ularning soni 3,5 mlnga yetdi. Plantatsiyalar borgan sari
yangi yerlarga yoyilib bordi. Asosiy maxsulot paxta, o‘nga talab juda katta edi, haridorlar Yevropa va Shimol shtatlarining korxonalari paxtaga ko‘z tikib turardilar. 1860-yilda 20 mln. 1840-yilda 100 mln va 1860-yilda 1.5 mlr. Funt paxta xorijga chiqarilgan edi1.
Janub bilan Shimol o‘rtasidagi kurash, bu ikki ijtimoiy tuzum -qulchilik
tizimi va erkin mehnat tizimidir. Bu ikki tuzum bir-biri bilan yonma-yon turib, yashab olmasdi, urush kelib chiqishi muqarrar edi. Shimol rivojlangan sanoatga ega edi. Janubda esa bu narsa umuman boshqa edi. Shimolda keng rivojlangan temir yo‘l izlari, kemalar suzadigan kanallarining borligi, bu katta kuch edi. Agarda urush uzoq chuzilsa. Janubning g‘alaba qilishi uchun biror-bir ishonchi yo‘q edi2.
Janubliklar urushni boshlar ekan, g‘alaba qilishga ishonar edilar, ularning xisob-kitobi kuyidagicha: birinchidan uncha katta bo‘lmagan Federal qo‘shinlarning qumondonligi plantator-quldorlarning qo‘lida ekanligi, ularning taxminicha qurolli muntazam kuchlarni olg‘a surib, ularga otliq militsiya to‘dalarini qushib, yashin tezligida xujum bilan Ittifoqning poytaxtini egallash edi, xamla Angliya Fransiya qurolli kuchlarining hukumini kutayotgan edilar, ularning taxminicha bu intervensiya yoki qurolli hujum muqarrar edi. Ingliz burjuaziyasi Amerikadagi xavfli raqibi bo‘lgan sanoatchi shimoliysharq va g‘arbiy shtatlarni yo‘qotishga harakat kilardi. Agarda Janub Qo‘shma Shtatlarning shimoli ustidan g‘alaba qozonsa, shtatlarning xammasi yana Angliyaning mustamlakasiga aylanar edi. Fransiya ham o‘ziga Amerika hududidan mustamlaka orttirishga intilayotgan edi.
Shunday qilib, janubchilarning xisobi o‘z kuchlari bilan g‘alaba qilish emas, balki Angliya va Fransiyaning qurolli bosqinchilik harakati va ularning
yordamiga tayanar edi.
1858-yilning 4-martida Janubning siyosiy arboblaridan biri, janubni Karolinalik senator Djon Gammond shunday degandi: «Zambarakdan bitta ham o‘q uzmasdan, qilichimizni qinidan sug‘irmasdan jahonni tiz chuktirishimiz mumkin, bizga qarshi hech kim urush boshlay olmadi. Agar biz uch yil paxta bermasak, nimalar bo‘lishi mumkin? Angliya albatta Janubni himoya qilish uchun butun jahonni safarbar qilishi mumkin, paxta bilan xech kim urusha va o‘ynasha olmaydi. Yer yuzida paxta bilan urushadigan xokim yo‘q. Paxta jahonni boshqaradi1».
Ana shunday fikr-mulohazalar bilan janubliklar urushning strategik rejasi bilan qizikmasdan, balki, Angliya va Fransiyaning Janubni tan olishi va
ularning harbiy yordami va qullab-quvvatlashi bilan qiziqar edilar.
Fuqarolar urushi bir davlatning ikki qismi o‘rtasida bo‘lganligi uchun
ham u boshqa urushlardan rasman farq qiladi, urush e’lon qilish ham umuman qoidaga to‘g‘ri kelmaydi.Janubliklar Semter fortini olgandan so‘ng Lin’kolin hamma shtatlardan 75 ming volontyorni militsiyaga chaqirib, 1861-yilning 15-aprelida janubliklarning g‘alayonini bostirishga buyruq berdi. Ittifoqqa qarshi fitna uyushtirgan shaxslarga 20 kun muxlat berib, ularning tarqalishi va tinch hayotga qaytishlarini talab qildi1.
1861-yilning 17-aprelida yirik quldor, Konfederasiya Prezidenti
Djefferson Devis Qo‘shma Shtatlarning savdo va harbiy dengiz flotiga qarshi
kurash uchun murojaatnoma e’lon qilib, buning "uchun kerakli xujjat talab" qildi. Ikki kundan so‘ng Linkoln janubni qamal deb e’lon qildi va janubliklar harakatini qaroqchilik deb qoraladi. Shunday qilib urush haqiqatda boshlangan edi, endilikda Shimol janubga qarshi, Janub esa shimolga qarshi urush e’lon qilishdi.
Harbiy harakatlarning boshlanishidan ikki hafta o‘tgach, 1861-yilning 28-fevralida Yevropa davlatlarining intervensiya (qurolli hujum) boshlashi haqida xabar keldi. Birinchi bo‘lib Ispaniya yurish qilgan edi. Ispaniyaning tayanchi Kuba edi. Avval ispanlarning mustamlakasi bo‘lgan San-Domingo-orolning sharqiy qismini tortib olmoqchi bo‘ldilar.
Qo‘shma-Shtatlarning negrlar respublikasi San-Domingo bilan rasmiy aloqasi bo‘lmasada AQShning shtat-sekretari (tashki ishlar vaziri) Syuard Ispaniyaning Vashingtondagi elchisiga 1861-yilning 2-aprelida xat bilan murojaat qilib. Ispaniyasning zo‘rovonlik bilan kirganiga qarshilik ko‘rsatdi. 1861-yilning 1-iyunida ispan elchisi Syuardga Neflar respublikasini bosib olish haqidagi xabarni yetkazdi. O‘sha davrda Qo‘shma Shtatlarning ahvoli ancha og‘ir bo‘lganligi uchun bu masalada qulay payt kelishini kutishga to‘g‘ri keldi2.
Yevropa davlatlari intervensiyasining navbatdagi bosqichi, bu Angliyaning Janubiy urushuvchi davlat sifatida tan olishidir. 1861-yilning 3-mayida janub qo‘zg‘olonchilarning emissarlari (bir davlatning ikknichi bir
davlatga norasmiy yuboradigan vakili) Yansi va Rost Angliya tashqi ishlar
vaziri Rossel tomonidan Bosh vazir Palmerston kabinetida qabul qilindilar.
Qo‘shma Shtatlarning Londondagi elchisi Dallasning talabiga ko‘ra, ular
norasmiy xolatda qabul qilingan. Fuqarolar urushi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma masalalar Qo‘shma Shtatlarning yangi elchisi Charlz-Frensis Adame kelgandan so‘ng hal qilamiz deb Rossel Dallasga va’da berdi.
Adame Londonga kelgunga qadar, 6-may kuni Rossel Angliyaning
Vashingtondagi elchisi Layonsga instruksiya (yo‘riq) yuborib, Hukumatning
janubni urushuvchi davlat deb tan olganligini ma’lum qiladi. Adams 13-may
kuni Londonga yetib keladi va u qabul qilinguncha inglizlar deklaraitsiya qabul qilib, o‘zlarini betaraf deb e’lon qilishdilir. Bu deklaratsiyaga muvofiq Janub qo‘zgolonchi shtat emas, balki urushuvchi davlat deb ataldi. 13-maydagi deklaratsiya Konfederasiyani tan olishda birinchi qadam bo‘lib. Angliyaning Ittifoqqa qarshi urushga kirishi uchun tayyorgarlik edi. Deklaratsiya e’lon qilingandan so‘ng Angliya hukumati Amerika suvlariga o‘zining harbiy flotini yuboradi.
Yevropa davlatlarining Amerkada bosqinchilik zo‘rovonlik harakatining yangi bosqichi 1861-yil 31-oktyabrda Londonda imzolangan Buyuk Britaniya Fransiya va Ispaniyaning Meksikaga qarshi intervensiya uyushtirish haqidagi kelishuv bilan boshlanadi.
Dekabrga kelib, ispan qo‘shinlari Vera-Krusga kelib tushdi. 1862-yilning yanvarida bularga Angliya va Fransiya qo‘shinlari birlashdi. Qo‘shma shtatlar intervensiyaga qarshi turdilar. Ammo intervensiya qo‘shinlari shu yerda edi, ularni hududdan chiqarish, fuqarolar urushi tamom bo‘lgandan keyingina mumkin edi. Ingliz va ispan qo‘shinlari ancha oldin chaqirib olingan edi. Meksikaga uch davlat qurolli hujumi boshlangandan so‘ng, tezda Bosh vazir Palmerston tashabbusi bilan Qo‘shma Shtatlarga qarshi Angliyaning qurolli hujum xavfi tug‘ildi. Ittifoq tomonidan Konfederatsiyani qo‘rshov deb e’lon qilinganligi uchun amerika paxtasini chetga chiqarish iloji bo‘lmadi, bu esa Yevropada katta shovshuvga olib keldi. 1861-yil 26-martda inglizlarning Amerikadagi elchisi lord Dayons Styuard bilan bo‘lgan uchrashuvda shunday degandi: "Qo‘shma Shtatlar zo‘rlik bilan shtatlarda yetishtirilgan, Buyuk Britaniya uchun muhim bo‘lgan paxta savdosini to‘xtatsa, nima bo‘lishini aytolmayman va men unga javobgar emasman".
1861-yil 8-noyabr kuni quldorlarning emissarlari (Lazon va Slaydel
inglizlarning savdo kemasi "Trent"dan Qo‘shma Shtatlarning "San-djasinto"
harbiy kemasining kapitani Uilks tomonidan tushurib olingan edi1. Asirlar
Boston portiga olib kelingan edi. Angliya va Fransiyaning o‘ta millatchi
matbuoti bu voqeadan foydalanib, katta shov-shuv ko‘tardilar va Ittifoq bilan
jang qilish talabini qo‘ydilar. Kapitan Uilksga qilingan yagona ta’na, bu elchilarni olib kelgani, nima uchun kemaning o‘zini olib kelmaganligidir. Lord Rossel Mezon va Slarshelnn 7 kun muxlat ichida qaytarib berishni talab kildi. Angliya qo‘shinlari Kanadaga yuborilgan edi. Ingliz kemasozlari kechayu-kunduz ter to‘kib ishlayotgan edilar, bu zo‘r berib qurollanish edi.
"Palmerston urushni xoxlayapti. Ingliz xalqi undan (urushdan) bezor,
Bo‘lajak voqea kimning bu kurashda yuqori ekanligini, Palmerstonmi yoki
xalqmi ko‘rsating. Voqealar shuni ko‘rsatadiki, xalq ko‘tarildi, birgina Angliyada emas, balki butun Yevropa va Amerikada xam xalq qo‘zg‘aldi, agar Angliya qurolli xujumini to‘xtatmasa, Angliyaning o‘zida ham fuqarolar urushi kelib chiqishi muqarrar bo‘lib qoldi2.
Xalqaro ahvolning ana shunday murakkab davrida Shimolning hukumati yon
berish mavqeini qo‘llab, janubning emissarlarini ozod qildi, bu bilan Yevropadan bo‘ladigan qurolli xujumga tusiq qo‘ydi. Quldorlarning ingliz burjuaziyasi qurolli xujum boshlaydi, degan umidlari chippakka chiqdi, ular xato qildilar. Janubning yana bir hatosi shu ediki, ular xorijga paxta chiqarishni man qilgan edilar, bu o‘zlariga katta zarar keltirdi, pulga bo‘lgan muxtojligi, ularni paxta sotishga majbur qildi, bu yo‘l bilan ular qo‘rshovni yorib o‘tmoqchi edilar.



Download 79,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish