AQSH IQTISODIYOTI - AQSH iqtisodiy salohiyati va rivojlanish darajasi bo’yicha dunyoning eng yirik mamlakati xisoblanadi. AQSH iqtisodiyotining holati va rivojlanish dinamikasi iqtisodiy rivojlanishning umumjahon tendentsiyalarini belgilab beradi.
- AQSH YAIM hajmi bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni (2010 yilda 14,5 trln. doll.), aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YAIM hajmi bo’yicha 5 o’rinni (2010 yilda 46 774 doll.) egallaydi. AQSH hissasiga jahon 2010 yilda YAIMning 23% i, jahon valyuta zahiralarining 61,4% i, SDR valyuta savatida dollarning ulushi 41,9% ni tashkil etdi.
XXI asr boshida AQSH iqtisodiyoti rivojlanish jihatdan yangi texnologik bosqichga o’tdi. Bu bosqich mikroprotsessorlar, mikroelektronika, bioinjeneriya sohasida yangi avlod texnika hamda texnologiyalarini joriy etish orqali tabaqalashgan va mayda seriyali ishlab chiqarishni shakllantirish bosqichi xisoblanadi. - XXI asr boshida AQSH iqtisodiyoti rivojlanish jihatdan yangi texnologik bosqichga o’tdi. Bu bosqich mikroprotsessorlar, mikroelektronika, bioinjeneriya sohasida yangi avlod texnika hamda texnologiyalarini joriy etish orqali tabaqalashgan va mayda seriyali ishlab chiqarishni shakllantirish bosqichi xisoblanadi.
- Zamonaviy AQSH iqtisodiyoti iqtisodiyotning fan sig’imkorligi darajasining ortishi, "bilimlar iqtisodiyotining" shakllanishi bilan ajralib turadi. 2010 yilda AQSH ITTKIni rivojlantirish xarajatlari uchun 395,8 mlrd. dollar sarfladi. Ushbu ko’rsatkich mamlakat yalpi ichki maxsulotiga nisbatan 2,8% ni, jahon ITTKI xarajatlarining 34,4% ini tashkil etdi.
-
- AQSH iqtisodiyotining tarmoq tarkibi postindustrial ko’rinishga egaligi bilan ajralib turadi. AQSH YAIM hajmi 2010 yilda 14,5 trln. dollarni tashkil etdi va mamlakatda 26,5 mln.ga yaqin firmalar, jumladan, 5,3 mln. korporatsiyalar, 2,3 mln. hamkorlik tashkilotlari va 18,9 mln. xususiy (individual) tadbirkorlar mavjud. Maxsulotlar sotish hajmi (jami sotish hajmining 80% i) bo’yicha korporatsiyalar yetakchi mavqega ega. Jami sotish hajmining 41% i kichik va o’rta biznes hissasiga (500 mln. kishi band), 59% i esa yirik biznes hissasiga to’g’ri keladi. Kichik va o’rta biznes sohasida ishchi kuchining 52% i band bo’lsa, yirik biznesda bu ko’rsatkich 48% ga teng.
AQSH sanoatida qayta ishlash sanoati yetakchi mavqega ega. Ushbu tarmoqda mamlakat YAIMning taxminan 13% i yaratiladi va ishchi kuchining 15% i band. AQSH dunyoda qayta ishlash sanoati maxsulotlari hajmi (jahon ishlab chiqarish hajmining 30% i) bo’yicha birinchi o’rinni egallaydi va uning hissasiga jahon mashinasozlik eksportining 14,0% i, kimyo sanoati maxsulotlarining 14,5% i to’g’ri keladi. AQSH qayta ishlash sanoatida bazaviy (kapital, material, energiya sig’imkorligi yuqori) tarmoqlardan fan sig’imkorligi yuqori tarmoqlarni rivojlantirish yo’liga o’tish jarayoni jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. - AQSH sanoatida qayta ishlash sanoati yetakchi mavqega ega. Ushbu tarmoqda mamlakat YAIMning taxminan 13% i yaratiladi va ishchi kuchining 15% i band. AQSH dunyoda qayta ishlash sanoati maxsulotlari hajmi (jahon ishlab chiqarish hajmining 30% i) bo’yicha birinchi o’rinni egallaydi va uning hissasiga jahon mashinasozlik eksportining 14,0% i, kimyo sanoati maxsulotlarining 14,5% i to’g’ri keladi. AQSH qayta ishlash sanoatida bazaviy (kapital, material, energiya sig’imkorligi yuqori) tarmoqlardan fan sig’imkorligi yuqori tarmoqlarni rivojlantirish yo’liga o’tish jarayoni jadal sur’atlarda rivojlanmoqda.
AQSH halqaro kapitallar migratsiyasining faol ishtirokchisi va dunyodagi eng yirik halqaro investori xisoblanadi. Misol uchun 2009 yilda AQSHda chetga eksport qilingan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmi 248 mlrd. dollarni, jalb etilgan investitsiyalar hajmi esa 130 mlrd. dollarni tashkil etdi. CHetga kapital chiqarish asosan TMK tomonidan amalga oshiriladi va 2010 yilda birinchi 500 ta TMKning 159 tasi AQSHga tegishli bo’ldi. - AQSH halqaro kapitallar migratsiyasining faol ishtirokchisi va dunyodagi eng yirik halqaro investori xisoblanadi. Misol uchun 2009 yilda AQSHda chetga eksport qilingan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmi 248 mlrd. dollarni, jalb etilgan investitsiyalar hajmi esa 130 mlrd. dollarni tashkil etdi. CHetga kapital chiqarish asosan TMK tomonidan amalga oshiriladi va 2010 yilda birinchi 500 ta TMKning 159 tasi AQSHga tegishli bo’ldi.
AQSH jahondagi ishchi kuchini jalb etuvchi yirik markazlardan biri xisoblanadi. Jumladan, 1991-2004 yillarda 12,4 mln. kishi AQSHda yashash uchun ruxsat olgan va bu ko’rsatkich 1970 yillarga nisbatan 70 marta ko’p. Bundan tashqiri, AQSHga har yili 200-300 ming norasmiy migrant asosan Lotin Amerikasidan kirib keladi. Immigrantlar AQSH iqtisodiyotiga jumladan, ilmiy-texnik sohasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Misol uchun kompyuter, muxandislik, matematika, biologiya sohalarida yuqori malakali mutaxassislar migrantlarning umumiy hajmida 30% dan 50% gacha qismini tashkil etadi. - AQSH jahondagi ishchi kuchini jalb etuvchi yirik markazlardan biri xisoblanadi. Jumladan, 1991-2004 yillarda 12,4 mln. kishi AQSHda yashash uchun ruxsat olgan va bu ko’rsatkich 1970 yillarga nisbatan 70 marta ko’p. Bundan tashqiri, AQSHga har yili 200-300 ming norasmiy migrant asosan Lotin Amerikasidan kirib keladi. Immigrantlar AQSH iqtisodiyotiga jumladan, ilmiy-texnik sohasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Misol uchun kompyuter, muxandislik, matematika, biologiya sohalarida yuqori malakali mutaxassislar migrantlarning umumiy hajmida 30% dan 50% gacha qismini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |