1.1918-1929 yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy voqealar,siyosiy voqealarning keskinlashuvi.
2. AQSH da jahon iqtisodiy inqirozining boshlanishi.
3. AQSH ning aralashmaslik siyosati.Vashington konferensiyasining qarorlarini bajarilishi.
4. Ikkinchi jahon urushi arafasida Amerika Qo`shma Shtatlari.
5. Amerika Qo`shma Shtatlarinig Tinch Okean havzasiga nisbatan tutgan siyosati.
6. Ikkinchi jahon urushining AQSH uchun yakunlari.
Ijtimoiy-iqtisodiy
Birinchi jaxon urushi yillarida AQSH imperialistlari qirg`inchilik urushini cho`zish, yanada ko`proq foydani qo`lga kiritish, boshqa mamlakatlarni o`zlariga bo`ysuntirish jaxonda xukmron bo`lib olish maksadlarini kuzda tutdilar. AQSH dastlab «betaraflik» bilan niqoblanib xarakat qildi, 1917 yili aprelida jaxon urushiga kirdi va fakat 1918 yil yozidan boshlab urush xarakatlarida aktiv ishtirok etdi. Amerikaliklardan urushda xalok va yarador bo`lganlarning soni 300 ming kishidan sal oshdi.
AQShning ko`rgan talofati boshqa kapitialistik mamlakatlarnikiga nisbatan juda kamdir. Urush yillarida AKShning ogir sanoati va xarbiy sanoati yanada tez rivojlandi. AQSH imperialistlari uchrashuvi davlatlarga quro-yaroq sotish va qarz berish yo`li bilan ularning ichki ishlariga ko`proq aralashib, jaxon miqyosida o`zlarining iktisodiy moliyaviy va siyosiy rolini oshirdilar. Chet mamlakatlarga tavar va kapital chiqarish tezlashib ketdi. Eksport importdan ancha oshib ketdi. AQSH boshka davlatlardan karz oluvchi mamlakatdan qarz beruvchi mamlakatga aylandi.
AQShning ichki tarakkiyoti
AQShning ichki tarakkiyoti va xalkaro axvolining xususiyatlari, uning boyib ketishi kapitalizm ziddiyatlarini sira bushashtirmadi. Boylikning yirik manopolistlar, milliarderlar qo`lida to`planishi mamlakatda tengsizlikni kuchaytirdi. Sanoat tez rivojlangan bo`lsada, korxonalar to`la ta`minlanmadi.
Urush natijasida burjuaziya bilan mexnatkashlar axvoli urtasidagi fark borgan sari chukurlashdi. Ishchilar sinfining, umuman mexnatkashlarning asosiy kismi yanada kuprok kashshoklandi. 1913-1919 yillarda turmush kechirish kiymati 104 foiz oshgan bo`lsa, shu davr ichida ishchilarning ish xaki urta xisobda 55 foiz oshdi.